Tteeaacchhiinngg anguage and literature scientific-methodological journal of the ministry



Yüklə 3,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/121
tarix14.12.2023
ölçüsü3,01 Mb.
#180566
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121
elektron jurnal 7-son 2023

“to 
write”
ni bajarish bilan band. Bundan tashqari, o‘xshash vaziyatlarda tasvirlanayotgan holatning subyekti vazifasida 
ham namoyon bo‘lishi mumkin. 
Ted is sleeping
(Ted uxlayapti). Bu yerda Ted mana shu holat belgisini ifodalash 
uchun ishlatilgan. Mana shu ruknga tegishli bo‘lgan yana biri subyektning kvalititativ belgisi bo‘lib, bu ifoda ham 
turli diskurslarda juda ko‘p ishlatiladigan belgilar sirasiga kiradi. Masalan: 
Ted’s father is tolerable 
(Tedning otasi 
chidamli). U juda ko‘pni ko‘rgan, pixini yorgan, tegirmonga tushsa, tirik chiqadigan odam. Chidam va bardoshi 
uning uchun oddiy belgiga aylanib qolgan. Bu sifatlovchi belgi ko‘pincha aynan subyektni xarakterlovchi belgi 
sifatida ishlatiladi. 
Subyektni yana bir xarakterlovchi, baholovchi, modifikatsiya qiluvchi belgilardan biri belgining kvalifikativ belgisi 
bo‘lib, u subyektning qanday xususiy belgilari borligini bildirish uchun ishlatiladi. Masalan: 
Nick is a builder
(Nik – 
quruvchi). Subyektni xarakterlashda birinchi belgi sifatida kasb-hunar leksikasi, ya’ni uning kasbi eslatilsa, uning, 
ya’ni Nikning o‘z kasbi, ya’ni quruvchilikni yuqori darajada egallaganligi, ekspert darajasiga ko‘tarilganligidan darak 
beradi. Natijada, Nikni bilgan, yaxshi bilgan kishilar uni quruvchi sifatida biladi, uni boksyor, moliyachi yoki ikki 
o‘g‘ilning otasi sifatida emas, balki uning kasbi vakili sifatida bilganligi ham shuni tasdiqlab turibdi. 
Keyingi modelimizda gapdagi obyekt majhul nisbatdagi kesim tomonidan ifodalangan fe’l anglagan ish-harakat 
subyekti vazifasini bajarib keladi. Bu holat subyektiga misol qilib quyidagi gapni keltirishimiz mumkin: 
The wolf 
was killed by the hunter
(Bo‘ri ovchi tomonidan o‘ldirilgan edi). Bu gapdagi 
“wolf”
so‘zi grammatik ega, ammo ish-
harakat subyekti, bajaruvchisi emas, balki qurboni – o‘ldirmoq ish-harakati obyektidir. Hozir o‘lim holatida. Shu 
bo‘ri holatning ifodachisi, ya’ni subyekti sifatida qaraladi. Shuning uchun holatning subyekti sifatida kategorizatsiya 
qilingan.
Keyingi nutqda holat biroz o‘zgaradi, aniqrog‘i bu yerda idrok subyekti degan tushuncha qo‘llanilgan. Idrok 
subyekti deganda odam idrok qilgan narsa yoki idrok jarayoniga mo‘ljal, maqsad kognitiv kategoriyasi xizmat 
qilgan. Masalan: 
The rumors got to my ears
(Shivir-shivirlar mening qulog‘imga yetib keldi). Har qanday jonli tilda 
“eshitmoq” fe’lini boshqarib bo‘lmaydi. Inson beixtiyor uning qulog‘iga mo‘ljallanmagan turli gaplarni eshitib qolishi 
mumkin. Bu o‘rinda mish-mishlar uning qulog‘iga mo‘ljallanmagan edi, ammo u ularni eshitdi. Shuning uchun mish-
mishlar idrok obyekti bo‘lib, ungacha yetib keldi. Shu bois ular idrok subyektlari deb nomlangan.


10
e-mail: til_adabiyot@umail.uz
2023-yil 7-son
Tilshunoslik
Navbatdagi misolda, subyekt potensial belgining tashuvchisi, egasi sifatida xizmat qilgan. Masalan: 
He will 
be an artist
(Undan rassom chiqadi). Bu gapning subyekti 
“he”
(u) bo‘lib, u hali yosh, balog‘at yoshida, hali biror 
kasbni egallamagan. Ammo uning istagi kelajakda rassom bo‘lish. Har qayerda bo‘lganidek, odamlar bunga 
turlicha munosabat bildirmoqda. Kimdir bo‘ladi, desa, boshqasi bo‘lmaydi, deydi. E’tibor bersak, bu fikr, ya’ni 
potensial belgining mavjudligi o‘zbek tilida aniqroq ifodalangan. Bu yerda undan rassom chiqadi, deyilgan, xuddi 
uning ichiga rassom kirib olgandek. Ammo bu fikr kognitiv metafora bo‘lib, ma’nosi “bolada rassomlik layoqati bor, 
shuning uchun ertami-kechmi, bu layoqat namoyon bo‘ladi, yuzaga chiqadi, u zo‘r rassom bo‘ladi”. O‘zbek tilidagi 
“chiqadi” so‘zi mana shu murakkab jarayon niyatning unga nisbatan ijobiy yakunlanishini taxmin qiladi. Konseptual 
model quyi shaklda bo‘ladi: 
shaxs 
(he)
 → maqsad 
(painter).
Notipik (noodatiy) ish-harakat shartli subyekt vazifasini hamda gapda ifoda vositalarini ifodalaydi. Masalan: 
It became unbearable the lambs from wolves
(Bo‘rilar qo‘zilarga kun bermay qo‘ydi). Bu yerda 
“wolves”
gapda 
subyekt vazifasini bajaradi. Oxirgi paytlarda, turli sabablarga ko‘ra, qo‘ralardagi qo‘y-qo‘zilar hayoti jahannamga 
aylandi. Bo‘rilar katta qo‘ylarga qaramaydi, chunki ular qarshilik ko‘rsatadi, ularni bo‘g‘ishga ko‘proq urinish kerak, 
ammo “kichik qurbon”lar – qo‘zilar esa qo‘rqqanidan turgan yerida qotib qolib bo‘riga juda bop nishonga aylanib 
qoladi. Shuni juda yaxshi tushungan bo‘rilar ov obyekti sifatida qo‘zilarni tanlaydi. Bu modelning nomini “noodatiy, 
notipik” harakat deganimizning ma’nosi ham shunda. Bo‘rilar nostandart qaror qilib, tabiatan befahm hisoblangan 
qo‘ylarga hech qiyinchiliksiz katta qirg‘in keltirmoqda. Mana shu holat bo‘rilar uchun emas, aynan cho‘pon-cho‘liqlar 
uchun noodatiy, notipik.
SUBJECT+ACTION (non typical).
Xuddi shu rubrika ostida keluvchi misollarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
They are hoping to get aid from the scientists. The scientists are expected to come to help the cattle-owners
Qo‘yboqarlar soha olimlaridan bu muammoni yechishda najot kutmoqdalar. Haqiqatan ham amaliyotchi olimlarning 
qo‘yboqarlarga bo‘rilar tomonidan yetkazilayotgan million-million dollarlik zararning oldini olish uchun tegishli 
chora-tadbirlarni o‘ylab topishiga va joylarda qo‘llashning yo‘l-yo‘riqlari bilan ta’minlashlariga umid qilmoqda. Najot, 
yordamning aynan olimlar tomonidan kelishiga ular shubhalanmaydilar.
Keyingi modelimiz egalik kelishigi shaklidagi subyekt – ish-harakatning jo‘natuvchisi vazifasini bajaruvchi bo‘lib 
namoyon bo‘lmoqda: 
Being inherited from his father his skill, fighting bears, was highly appreciated in the colony
(Otasidan meros bo‘lib qolgan noyob qobiliyat – ayiqlar bilan talasha olish mahorati koloniyadagilarning faxri edi). 
Ota-onadan meros bo‘lib ko‘p belgilar o‘tishi mumkin, bu belgilar jismoniy, aqliy, intellektual yoki san’at sohasida 
namoyon bo‘lishi mumkin.
Kognitiv grammatika umumiy tilshunoslik va ilmiy grammatikaning bir sohasi sifatida hali o‘z tushunchalar 
apparati va terminologiyasiga ega emas. O‘z kategoriyalariga ega emasligi uchun bu yerda biz falsafa, mantiq, 
psixologiya, an’anaviy tilshunoslik va boshqa fanlarning ko‘p termin va tushunchalaridan foydalanilayotganining 
guvohi bo‘lamiz. Kognitiv grammatika tilshunoslikning bir sohasi sifatida rivojlanish uchun o‘z izlanish obyekti, 
predmeti, tahlil metodlari kabilarni aniq chegaralab olishi kerak.

Yüklə 3,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   121




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin