veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
13
2023-yil 7-son
Tilshunoslik
G‘olibjon OTAMURODOV,
A.Avloniy milliy-tadqiqot institutiti p.f.f.d., (PhD) dotsent.
Sitora ISAEVA,
A.Avloniy milliy-tadqiqot institutiti magistiranti.
PEDAGOGLARNING KASBIY SALOHIYATLARINI RAQAMLI TA’LIM
TEXNOLOGIYALARINI QO‘LLASH ORQALI ULARNING EHTIYOJ VA
MUAMMOLARINI (MALAKA OSHIRISH MISOLIDA) ANIQLASH
Kirish
. Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb
masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Umumiy o‘rta ta’lim xodimlarini malaka oshirish tizimida ham innovatsion ta’lim
muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga to‘liq mosligini ta’minlash va yoshlarga ta’lim-tarbiya berib kelayotgan
pedagoglarimizni bugungi tez o‘zgaruvchan ijtimoiy hayotda o‘zgarishlarni tezkor o‘zlashtirish tizimi yaratish
dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Shunga o‘xshagan muammolar yechimi sifatida pedagoglarning uzluksiz kasbiy malakasini oshirib borishga
qulaylik yaratish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida hukumatimiz tomonidan ko‘plab ishlar
amalga oshirilib kelinmoqda. Farmon, farmoyish va qarorlar qabul qilinib, ijrosida belgilangan vazifalar amaliyotga
joriy etilib kelinmoqda. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-yanvardagi PQ-4963-son qarorida “Xalq ta’limi xodimlarini
uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimida har bir xodimning malaka oshirish jarayonlarini monitoring qilish va shaxsiy
hisobini yuritish imkoniyatini ta’minlovchi “Uzluksiz kasbiy ta’lim” maxsus elektron platformasi faoliyatini yuritish
va takomillashtirib borish” vazifasi belgilangan. Ushbu platforma 2021-yilning 1-martidan boshlab amaliyotga
joriy etildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvarida 25-sonli qarorida esa xalq
ta’limi xodimlarining kasbiy mahorati va faoliyat samaradorligini muntazam oshirib borish uchun zarur shart-
sharoitlarni yaratish, malaka oshirish tizimini “hayoti davomida o‘qish” tamoyili asosida takomillashtirish belgilagan
bo‘lib, xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish uchun ta’limning kredit-modul tizimi joriy
etildi. Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimining tuzilmasi, xalq ta’limi
xodimlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishi to‘g‘risida nizom, xalq ta’limi xodimlarining malakasini oshirish bilan
bog‘liq xarajatlarni Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish va Reestrini yuritish tartibi belgilandi.
Tabiiyki, ushbu tizimning joriy etilishi, malaka oshirish bilan bog‘liq muammolarning yechimi bo‘la oldimi ?
Pedagoglarning uzluksiz kasbiy ko‘nikma va malakalarini oshirib borishi uchun yetarli bo‘ladimi ?
Platformadagi imkoniyatlar foydalanuvchi talabiga to‘liq javob bera oladimi degan savollar paydo bo‘lishiga olib
keladi.
Har bir jamiyatga talqin etilayotgan yangiliklar o‘ziga yarasha foydali jihati bilan birgalikda, bir qator muammolarni
yuzaga kelishi va ushbu tizimni doimiy takomillashtirib borishni talab etadi.
Yuqoridagi savollarga yechim topish maqsadidi A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot instituti “Raqamli ta’lim
texnologiyalarini takomillashtirish” ilmiy-tadqiqot bo‘limi tomonidan uzluksiz kasbiy malaka oshirish tizimini va
“Uzluksiz kasbiy ta’lim” elektron platformasini rivojlantirish hamda takomillashtirish borasida ilmiy izlanishlar olib
borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: