2023-yil 7-son Tadqiqot ruhi muhabbat epkinlaridan halovat topgan ma’naviy hurlik matlabiga vosil bo‘lgan chinakam kamolot egasidir.
Xo‘sh, orif-chi? Avvalo, uni zohid obrazidan ajratuvchi jihatlarga diqqat qaratsak, masala yanada ravshanla-
shadi. “Vujudi bashari his-tuyg‘u, hirs va shahvatlardan tozalanib, zuhd maqomini ishg‘ol qilib, zohid nomini oladi.
Zuhd va zohidlik insonga ashyo va ashyoning hikmati qanday
bo‘lsa, xuddi shu tarzda ko‘rishga imkon bergan, mulk, malakut va jabarutda unga noma’lum bo‘lgan, deyarli,
hech nima qolmagan. O‘zini va Yaratganni tanishga muvaffaq bo‘lgach inson ma’rifat maqomiga ko‘tarilib, orif
deya atalgan. Oriflik esa eng oliymaqom, soliklardan juda oz qismi valilikning chegarasi bo‘lgan mazkur marta-
baga sohib bo‘lishgan”
9
. Ma’rifat orif qo‘lga kiritgan ilm bo‘lib, qalb zavqi va ko‘ngil mushohadasidan tug‘ilgani
uchun botiniy ilm hisoblangan. Zero, oriflik ilmi, uning hikmati, donishmand va
to‘g‘riligi hamma davr va zamonlar uchun ibrat va namunadir. Orifning qanoati, sukuti, sir saqlashi, muroqa-
basisiz komillik darajalarini xayolga keltirish qiyin
10
. Yuqoridagi qit’ada ham ezgulikka, yaxshilikka sohib bo‘lgan,
boshqalarni ham turli yomonliklardan qaytarib, o‘z ortidan faqat yaxshilik bilan ergashtira oluvchi Haq oshig‘i –
orifning go‘zal fazilatlari xususida bahs yuritilgan. Shoir qit’ada “yaxshi” va “yomon” so‘zlarini qarshilantirish, ya’ni
tazod san’ati vositasida badiiy ifodaning jozibali va ta’sirchan chiqishiga erishgan. Umuman, Hofiz Xorazmiy
qit’alarida insonni faqatgina yaxshilikka chorlash, go‘zal axloq sohibi bo‘lishga undash, bu olamning o‘tkinchi
orzu-havaslaridan tiyilishga da’vat qilish mazmunlari ustunlik qiladi. Mana bu qit’a ham fikrimizga bir isbot bo‘ladi
oladi:
Komi jonni tilama, ey oqil,
Chun bu olamning ichra yo‘qdur kom.
Kom agar bo‘lsa erdi olamda,
Topg‘ay erdi tan ichra jon orom.
Besaranjom ko‘rinur ishlar,
Chun ko‘rinmas jahon ishinda nizom.
Oqibat chun jahonda qolmasmiz,
Yaxshi uldurkim, yaxshi qolsa nom
11
.
Mumtoz shoirlarning qanoati bo‘yicha dahr, dunyo, charx, falak, olam, jahondan hech bir yaxshilik kutib bo‘lmay-
di: ular insonni hamisha ranju mashaqqatga soladi, har turfa azob va kulfatlarga giriftor etadi. Chunki “jahon ishida
nizom” – tartib va qoida yo‘q, shu boisdan bu dunyoning barcha ishlari “besaranjom” – tartibsiz “ko‘rina”veradi,
“jon” ham “tan ichra orom top”maydi. Inson bundan noliydi. Hasrat va nadomat chekadi. Norozilik bildiraveradi.
Ammo oqibat aniq va ravshan: “jahonda mangu qol”ib bo‘lmaydi. Bu besabot olam esa o‘tkinchidir. Faqat birgina
umid, ilinj insonni mangulikka daxldor qilishi mumkin, u ham bo‘lsa, yaxshilik. Insonning nomi, qilgan ezgu ish-
lari boshqalar tomonidan yaxshilik bilan eslansagina, uni yaxshi odam deyish mumkin. Qit’ada oqil, ya’ni dono,
aql-farosati yuksak, tiyrak nigohli, nekbin kishiga murojaat ohangi bilan ana shunday ma’nolar ifodalangan. Olam,
jahon so‘zlarinig takrorlanishi va qaytariq san’ati orqali “yaxshi” so‘zining ikki o‘rinda keltirilishi fikr quvvatini qaysi
so‘zlar tashiyotganini ham anglatadi. Shuningdek, tazod san’atini hosil qilib, qit’aning badiiy kuchini orttirishga
xizmat qiladi. Umuman, Hofiz Xorazmiy qit’alari o‘zbek mumtoz adabiyotida qit’aning janr sifatida taraqqiy etishi,
mavzu doirasining kengayishi, obrazlar olamining boyishida muhim o‘rin tutdi.
1. Ҳамид Сулаймон. Ҳофиз Хоразмий // Ҳофиз Хоразмий. Девон. 2 томлик. 1-том. – Тошкент, 1981. – Б. 3 – 19.
2. Ҳофиз Хоразмий. Девон. 2 томлик. 2-том. – Тошкент, 1981. – Б. 290.
3. Ҳаққул И. Навоий шеъриятида эр ва эран образи. – Ўзбек тили ва адабиёти жур., 2019 йил, 1-сон. – Б. 4-8.
4. Uludağ S. Таsavvuf terımlerı sözlüğü. − Istanbul, 1995. – S. 377.
5. Сажжодий Саййид Жаъфар. Фарҳанги мусталиҳоти урафои мутасаввифа ва шуаро. − Теҳрон, 1332 ҳ. – С. 710.
6. Қаранг: Асадов М. Соқийнома: тарих ва поэтика. – Тошкент: Тафаккур, 2020. – Б. 243.
7. Ҳаққул И., Очилов Э.Ишқ ва олам ҳайрати. – Тошкент: Ўзбекистон, 2016. – Б. 63.
8. Ҳофиз Хоразмий. Девон. 2 томлик. 2-том. – Тошкент, 1981. – Б. 291.
9. Насафий А. Инсони комил. – Истанбул, 1990, – Б. 24.
10. Латипов Ҳ. Ўзбек мумтоз адабиётида маърифат талқини ва ориф образи (xiii-xv асрлар: Филол.фан.б.фалс.док.
дис...автореф.- Бухоро, 2021. –Б. 18
11. Ҳофиз Хоразмий. Девон. 2 томлик. 2-том. – Тошкент, 1981. – Б. 295.
veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
41
2023-yil 7-son Tadqiqot