veb-sayt: www.tilvaadabiyot.uz
63
2023-yil 7-son
Tadqiqot
imom og‘iz solgan qiz - Sotqinxonga uylanmoqchi bo‘lgan yigit To‘xtasin uyushtiradi. Voqea shunday tus oladiki,
To‘xtasin imom va boyni to‘qnashtirib, ikkalasidan ham Sotqinxonni qutqarib qoladi.
Boyning xizmatkori Hayitning uni uqalashi sahnasida ham yumor, kulgili holat bor. Uning semirib ketganligidan
tanasi hech nimani his qilmay qo‘yganligi, xizmatkori qancha uqalasa ham ta’siri bo‘lmayotganligi ularning savol
javobi hamda Hayitning harakatlaridan kulgu paydo bo‘ladi. Hayit boyga: «Xo‘jayin, axir siz semiz odamsiz.
Siz, to‘g‘risi, bordonga o‘xshaysiz. Bir necha pud bug‘doy olib kelganlarida, ularni bordonga behuda joylabmiz,
xammasini sizning qorningizga joylash kerak edi» deydi. Bordon - guruch va bug‘doy saqlashga mo‘ljallangan
bochkasimon idishdir. Hayit tomonidan boyga berilgan bunday ta’rif va tashbeh uning tashqi va ichki portretini
yaqqol ochib beradi.
To‘xtasinning tuzgan rejasiga ko‘ra domla uylanayotgan qiz kelinchakning «tutqanog‘i» tutib qoladi. Domla uni
taloq qilib, boyga o‘tkazib yuborayotgan mahalda To‘xtasin ikkisining ham asl basharasini ochib tashlaydi. Ma’lum
bo‘lishicha, To‘xtasin va Sotqinxon bolaligida beshikkerti qilingan ekan. Atrofdagilarning hammasi yoshlar tomon
bo‘lishadi va pesa o‘yin kulgi, raqslar bilan tugaydi.
Cho‘lpon o‘z ijodiy faoliyati davomida dramaturgiya sohasiga murojaat qilishi dramaturgiya jadid adiblarning
yangicha qarashlarini ifodalovchi, xalqqa jadid g‘oyalarini tezroq yetkazish vositasi edi. Behbudiy, Fitrat, Hamza,
Avloniy kabi qator adiblar singari Cho‘lpon ham bir necha pesalar yaratdi. U yaratgan pesalar o‘ndan ortiq bo‘lib
son jihatdan u qadar ko‘pchilikni tashkil qilmasa-da, mavzusining dolzarbligi, mazmun qamrovi, davr masalalarini
aks ettirishi bilan ahamiyatlidir. Uning dramalarida davr ijtimoiy-siyosiy masalalari, millat erki va ravnaqi, xotin-
qizlar huquqi, jaholat va ma’rifat g‘oyasi ilgari surilgan. Shu bois mazkur asarlarning ahamiyati barcha davrlar
uchun muhimdir.
Dostları ilə paylaş: