-lar qo‘shimchasi dialektal
paremalarda o‘z asl ma’nosidan yiroqlashadi, degan fikri juda o‘rinli
2
. Masalan,
xan xangӓ ji lar , xon xoti:ni:γa maqolida ushbu qo‘shimcha vazifaviy jihatdan o‘tgan zamon davom fe’li ma’nosida kelgan. Holbuki, nafaqat
shevalar tarkibidagi maqollarda, umumxalq (adabiy tildagi) maqollarda ham
-lar affiksi sof ko‘plikni ifodalamaydi:
či:čqān si:jmas i:ni:gӓ, γalbi:r baj lar dumi:ga maqolida ham xuddi shunday holat kuzatiladi.
Leksik jihatdan barqaror birikmalarga lakunalar, dialektizmlar bilan, uslubiy jihatdan esa perifraz, disfemizm
va evfemizm kabi bir qancha tasviriy vositalar bilan, sintaktik jihatdan esa xalq tilining bir-birini takrorlamaydigan,
alohida joziba singgan sintaktik qoliplarda kelishi xos. Shunga ko‘ra, maqol, matallarda takror komponentlarining
ikki tipini ajratish kerak bo‘ladi: 1) erkin takror; 2) bog‘li(q) takror.
Erkin takrorda komponentlar o‘zaro ohang orqali sintaktik munosabatga kirishadi. Bunda takror qo‘llangan
komponentlar bog‘lovchisiz qo‘shma gapning predikativ bo‘lagi o‘rnida kelib, o‘zicha alohida-alohida gap bo‘lagi
vazifasini bajaradi:
Mӓrd bir ölӓr, namaӓrd mi:η ölӓr. Takrorlarning ikkinchi turi sodda gapli konstruksiyalar hosil qiladi. Bunday konstruksiyalar xalq og‘zaki ijodi,
ayniqsa, maqol, matal janrining “xos qurilmasi” hisoblanadi. Masalan,
Ish bor yerda osh bor ; Oz so‘z – soz so‘z. X.Abdurahmonov takror komponentlarining 4 xil sintaktik xususiyatlarini ko‘rsatadi
1
:
Predikativ birikmalarning tashkil topishiga xizmat qiladi. Bunda birinchi komponent ega, keyingisi kesim
funksiyasini bajarishga muvofiqlashib qolgan. Bunda predikativ birikma komponentlari o‘zaro qiyoslanadi,
o‘xshatiladi. Masalan,