180 Javob : B ____________________________
4. Oqsilning tarkibi 90 aminokislotadan iborat. Agar nukleotidlar
orasi 0,34 nm bo‘lsa, yuqoridagi oqsilni sintezlovchi DNK
fragmentida nechta nukleotid bor va uning uzunligi qancha?
A) 270; 91,8 nm B) 540; 918 nm
C) 270; 30,6 nm
D) 540; 91,8 nm Ishlanishi: 1 AK=3 N -ya’ni 1 ta aminokislotani 3ta nukleotid kodlaydi
1) 90 AK=270 N bu nukleotidlar i-RNKdagi nukleotidlar soni
va bu DNK ning bitta zanjiriga to’g’ri keladi
2) 1 ta zanjirda – 270 ta
2 ta zanjirda – 270 ta jami nukleotidlar –
540 ta 3) L=N*0,34nm ya’ni, 270*0,34=
91,8 nm Javob: D ____________________________
5. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor.
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 25% tashkil qilsa,
nukleotidlar orasi 0,34 nm bo‘lsa, bu holda DNK uzunligi necha
nanometr?
A) 4250 nm
B) 2125 nm C) 1062,5 nm D) 6250 nm
Ishlanishi: 1) A-3125-25%=25%-3125-T ikkalasi 50% ni tashkil etadi.
Qolgan 50% i G va S ni tashkil etishi kerak va ular ham
G-3125-25%=25%-3125-S ni tashkil qiladi.
2) 3125---25%
x---100% x=(3125*100)/25 x=12500N
3) 1-zanjirda-6250
2-zanjirda-6250 jami: 12500N
L=N*0.34 => L=6250*0.34 L=
2125nm Javob:B ____________________________
6. DNK molekulasi muayyan fragmentining uzunligi 33,32 nm,
DNK molekulasidagi nukleotidlar orasidagi masofa 0,34 nm ga teng.
Ushbu DNK fragmentida nechta nukleotid bor?
A) 196 B) 98 C) 89 D) 133
Ishlanishi: 1) L=N*0,34 => N=L/0,34 => 33,32nm/0,34nm=98N
2) 1 ta zanjirda - 98N;
2 ta zanjirda –
196N Javob: A ____________________________
7. DNK molekulasining tarkibida 3125 adenin nukleotidi bor.
Adenin nukleotidi umumiy nukleotidlarning 20%-ini tashkil qilsa,
bu holda timin nukleotidining soni nechaga teng?