Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Metodologiya tushunchasi
– faoliyatda qo`llaniladigan ma`lum usullar tizimi 
(fanda, siyosatda, san’atda va h.k.) va tizim haqidagi ta`limot yoki metod
nazariyasi. Metodologiya faqat metodlarni emas, balki tadqiqotni ta’minlovchi
boshqa vositalarni ham o`rganadi. 
Ixtiyoriy fanning asosi metodologiyadir. Metodologiya termini orqali 
faoliyatning metodlari, strukturasi, mantiqiy shakllanishi va vositalarini o’rgatuvchi 
ta`limot tushuniladi.
Metodologiya
–o’rganilayotgan masalani xususiyatlarini e`tiborga olgan holda 
tadqiqot metodlarini tanlash va qo’llash imkonini yaratib beruvchi fandir. 
Maxsus-ilmiy va falsafiy metodologiyalar mavjud bo’lib, maxsus –ilmiy 
metodologiya o’z navbatida bir necha pog’onaga bo’linadi: 
• umumiy va ilmiy metodologik kontseptsiyalar;
• alohida maxsus fanlar metodologiyasi; 
• tadqiqotlar metodiqasi. 
Kimki metodologiyani yahshi bilsa, u muammolarni yechish uchun eng maqbul 
tadqiqot metodlarini tanlay oladi, avvalgi tadqiqotlarning` natijalari asosida yangi 
ilmiy nazariyani yaratish imkoniyatiga ega bo’ladi. 
Bilish jarayoni bevosita aniq va konkret metodlarni talab qiladi, ularning 
yig’indisi esa ushbu fanning tadqiqot metodikasini tashkil qilib, maxsus-ilmiy 
metodologiya ning` ma`lum bir pog’onasi hisoblanadi. 
Metod (yunon. metodos – usul
)– keng ma`noda yo`l, ijodiy faoliyatning har 
qanday shakli kabi ma`nolarni anglatadi. Metod u yoki bu shaklda ma`lum qoida, 
tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining yig’indisi hamdir.
Metod-ilmiy tadqiqot metodikasining asosidir. Metod deganda ma`lum 
jarayonni nazariy jihatdan ta`riflab berish va amaliy jihatdan amalga oshirish uchun 
foydalaniladigan usul tushuniladi.
Metodlar umumiylik darajasi va amal qilish doirasiga ko`ra bir necha guruhga 
bo`linadi. Ular: fan metodlari, xususiy ilmiy metodlar, umumilmiy tadqiqot 
metodlari, empirik tadqiqot metodlari, nazariy tadqiqot metodlari, umummantiqiy 
metodlar, fanlararo tadqiqot metodlari, falsafa metodlari, ijtimoiy-gumanitar fanlar 
metodlari kabilardir.
Metod metodikada konkretlashtiradi. Tadqiqodlarni ma`lum bir ketma –
ketlikda va yuqori samarada bajarish uchun qo’llaniladigan metodlarning` tizimi 
metodika
deyiladi.
Metodikalar turlicha bo’lishi mumkin: eksperimental va nazariy tadqiqodlar 
metodikasi, olingan natijalarni qayta ishlash va rasmiylashtirish metodikasi, 
tadqiqotlar samarasini baholash metodiqasi va h.k. 
Ilmiy tadqiqot ishlariga kirishishdan avval, uning metodlarini, shakllarini, 
vositalarini to’g’ri tanlab olish va metodikani ilmiy jihatdan asoslash lozim.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin