Instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Simulink
tarkibida turli bloklar mavjud 
kutubxonani o`z ichiga oladi: qabul qiluvchilar, manbalar, chiziqli va nochiziqli 
komponentlar, ulatgichlar. Bundan tashkari, foydalanuvchi o`zining bloklarini 
yaratishi va sozlashi ham mumkin. 
Modellar ierarxik tuzilmaga ega, shuning uchun modellarni yuqoridan pastga 
tushiradigan va pastdan yuqoriga ko`tariladigan yondashishlarni qo`llab 
shallantirish mumkin. Tizimni yuqori darajada ko`rib chiqish mumkin, keyin model 
detallari ortib borayotgan darajalarini ochish uchun bloklarda sichqoncha tugmasini 
ikki marta bosib darajalar orasida pasayib borish mumkin. Bu yondashish model 
qanday tashkil etilganligini va uning qismlari o`zaro qanday ta`sir etishini 
tushunishni ta`minlaydi. 
Model aniqlangandan keyin, uni bajarish (ya`ni simulyatsiya qilish), ya`ni ishga 
tushirish mumkin. Buning uchun integrallash usullaridan tanlash, yoki SIMULINK 
menyusidan tanlashdan foydalanish, yoki MATLAB
®
ning buyruqlar oynasida 
buyruq kiritish kerak. Menyular interaktiv usulda ishlash uchun ayniqsa qulaydir
buyruqlar satridan ishlash esa paketli modellashtirishni bajarishda juda foydalidir. 
Masalan, Monte–Karlo usulini modellashtirish ketayotgan bo`lsa yoki parametrning 
diapazondagi barcha qiymatlari uchun hisoblashlarni o`tkazish kerak bo`lsa 
buyruqlar satridan foydalanish qulayrok bo`ladi. Maxsus namoyish etuvchi 
bloklardan foydalanib, simulyatsiya jarayoni hali davom etayotgan bo`lsa 
simulyatsiya natijalarini ko`rib borish mumkin. Bundan tashqari, parametrlarni 
o`zgartirish va bu o`zgartirishlar qanday natija berishini darhol ko`rish mumkin 
(«Agar . . . bo`lsachi?» turidagi tekshirishlarni o`tkazib, natijani bir zumda ko`rish 
mumkin). Modellashtirish (simulyatsiyalash) natijalarini keyinchalik qayta ishlash 
uchun MATLAB
®
ning ishchi fazosida joylashtirish mumkin.
Modellarni tahlil qilish asboblari linearizatsiyalashni va moslashish vositalarini 
hamda MATLAB
®
ning ko`pchilik asbob vositalari va uning kutubxonalarini o`z 


70 
ichiga oladi. Moslashish vositalarini MATLAB
®
ning buyruqlar satri orqali yuklash 
mumkin. MATLAB
® 
va Simulink integrallashgani tufayli muhitda uning istalgan 
nuqtasida turib modellashtirish, tahlil qilish va modellarni tuzatish mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin