Instituti


Fizik kattaliklarning o’lchov sistemalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/101
tarix16.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#180742
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

Fizik kattaliklarning o’lchov sistemalari. 
Fizik ob`ektning sifat jihatdan umumiy, lekin miqdor jihatdan har bir 
ob`ekt uchun alohida xususiyati fizik kattalik deb ataladi. 
Ko`p hollarda o`lchash jarayonida o`lchanayotgan kattalikni shunday 
fizik kattalik bilan taqqoslanadiki, unga 1 ga teng bo`lgan qiymat beriladi va u 
fizik kattalik birligi yoki o`lchov birligi deyiladi. 
Har qanday jarayon va qurilmalarni hisoblashda moddalarning fizik 
xususiyatlarini (zichlik, solishtirma og’irlik, qovushoqlik va boshqalar) va modda 
holatining harakatini xarakterlovchi kattaliklar (tezlik, bosim, harorat va 
boshqalar)ni bilish kerak. 
1960-yilga qadar fizik kattaliklar miqdorini ifodalash uchun asosan SGS, 
MKGSS va boshqa o’lchov birliklar sistemalaridan foydalanilar edi. Texnologik 
jarayonlarni o’rganishda turli o’lchov birliklaridan foydalanish hisoblash ishlarini 
qiyinjlashtiradi va qo’pol xatoliklarga olib keladi, chunki bunda kattaliklami bir 
sistemadan boshqasiga o’tkazish ehtiyoji tug’iladi, natijada hisoblarda ham jiddiy 
xatolarga yo’l qo’yilishi mumkin. 
Xalqaro birliklar tizimi – 
igl

Sisteme International
(SI)
27
fan va 
texnikaning barcha sohalari uchun fizik kattaliklarning universal tizimi bo`lib, 1960
yilning oktyabr oyida
O`lchov va tarozilar XI Bosh konferentsiyasida
qabul 
qilingan. 
O’zbekistonda sobiq Sovet Ittifoqining respublikasi sifatida o’lchov 
birligining yagona sistemasi 1963 yildan boshlab qabul qilindi. SI ning joriy etilishi 
bilan shu sistemada nazarda tutilgan va uning tarkibiga kirmaydigan 
27
Международная система единиц, СИ (фр. 
Le Système International d’Unités, SI


система единиц 
физических величин, современный вариант метрической системы. 
https://ru.wikipedia.org/wiki/
Международная
_
система
_
единиц


72 
birliklarning ilmiy tadqiqotlar natijalarini hisoblashda, ishlab chiqarish qurilmalarini 
loyihalashda, shuningdek, o’quv-ta'lim ishida qiyinchilik tug’dirayotgan o’lchov 
birliklaridagi xilma-xillikka barham berildi. 
SI ning avalgi sistemalarga nisbatan muhim afzaliigi shundaki, u universal 
o’lchov birliklari birxillashtirilgan hamda asosiy, qo’shimcha va ko’pchilik 
hosilaviy birliklarni amaliyot uchun qulay o’lchamlarga mujassamlashtirilgan 
sistemadir. SI da yettita asosiy kattalik va shularga mos yettita asosiy (o’lchamlari 
maxsus ta'riflar bilan belgilangan) birlik, shuningdek, ikkita qo’shimcha, anchagina 
hosilaviy kattaliklar va ularga mos qo’shimcha hamda hosilaviy birliklar bor.
Xalqaro birliklar sistemasining asosiy kattalik va birliklari quyidagilar: 
uzunlik birligi - 
metr (m),
massa birligi - 
kilogramm (kg),
vaqt birligi - 
sekund (s),
elektr tok kuchi birligi - 
amper (A),
termodinamik temperatura birligi -
kelvin (K),
yorug’lik kuchi birligi - 
kandela (kd),
modda miqdori birligi - 
mol (mol)
(9.1-
jadvalga qarang).
Har bir fizik kattalik o’lchov birligiga ta’rif berilgan (I-ilovaga 
qarang).
O’lchov va tarozilar XIV Bosh konferensiyasi qarori bilan bosim va 
mexanik kuchlanish birligi uchun mustaqil o’lchov 
Paskal (Pa)
qabul qilingan. 
Paskal - kuchga perpendikular bo’lgan 1 m
2
 yuzaga tekis taqsimlangan 1 N kuchdan 
hosil qilingan bosimga teng. 
Bulardan tashqari, xalqaro birliklar sistemasining karrali va ulushli 
qiymatlaridan ham keng foydalaniladi. Bunda tegishli birlikning son qiymatini 10 
soniga ko’paytirib yoki bo’lib mos holda karrali yoki ulushli birlik hosil qilinadi. 
Karrali va ulushli birlik nomi dastlabki birliklar nomlariga old qo’shimchalar 
qo’shish yo’li bilan olinadi. Birliklarning dastlabki nomiga ikki va undan ortiq old 
qo’shimcha qo’shish mumkin emas. Masalan, 
mikromikrofarad
, ya'ni «faradning 
milliondan bir ulushidan milliondan bir ulushi» iborasi o’rniga 
pikofarad (pF)
ni 
ishlatish lozim. Pikofarad 10
12
F ga, ya'ni faradning trilliondan bir ulushiga teng. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   101




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin