4.4.Testlar
1-mavzu: XO‘JALIK HISOBINING MOHIYATI, BOSHQARUV TIZIMIDAGI AHAMIYATI VA BUXGALTERIYA HISOBINING UMUMIY TAVSIFI
1. Xo’jalik operatsiyalari deb nimaga aytiladi?
*A) insonlar tomonidan amalga oshiriladigan jarayonlarga
B) xo’jalik jarayonini son jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsifnoma berishga
C) xo’jalik operatsiyalarining yig’indisiga
D) xo’jalik jarayonini hisob registrlarida aks ettirish
2. Xo’jalik jarayonlari deb nimaga aytiladi?
*A) xo’jalik operatsiyalarining yig’indisiga
B) insonlar tomonidan amalga oshiriladigan jarayonlarga
C) xo’jalik jarayonini son jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsifnoma berishga
D) xo’jalik jarayonini hisob registrlarida aks ettirish
3. Xo’jalik jarayonini son jihatdan aks ettirib, sifat jihatdan tavsifnoma berishga nima deyiladi?
*A) xo’jalik hisobi
B) xo’jalik jarayoni
C) xo’jalik operatsiyalari
D) xo’jalik mablag’lari
4. Xo’jalik hisobi necha turga bo’linadi?
*A) 3
B) 4
C) 5
D) 2
5. Xo’jalik hisobi turlarini belgilang.
*A) operativ, statistika va buxgalteriya hisobi
B) mehnat va pul hisobi
C) operativ-texnika hisobi
D) moliyaviy va boshqaruv hisobi
6. Xo’jalik hisobida qo’llaniladigan o’lchov birliklari.
*A) natura, mehnat, pul
B) so’m, tiyin
C) kishi-soat, kishi-kuni
D) natura va pul
7. Natura (fizik ) o’lchov birliklari qaysi o’lchov birliklari kiradi?
*A) kg, gr, s, t, m, m2, m3, kvt/soat, t/km, s/ga
B) kvt/soat, t/km, s/ga, so’m, tiyin
C) kishi-soat, kishi-kuni
D) so’m, tiyin
8. Mehnat o’lchov birliklari qaysi o’lchov birliklari kiradi?
*A) kishi-soat, kishi-kuni
B) kvt/soat, t/km, s/ga, so’m, tiyin
C) kg, gr, s, t, m, m2, m3, kvt/soat, t/km, s/ga
D) kishi-soat, kishi-kuni, so’m, tiyin
Dostları ilə paylaş: |