Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti stansiya va podstansiyalarning elektr qismi


Avtomatik qayta ulash qurilmasi (AQU)



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/30
tarix16.12.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#180804
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30
СПЭҚ Laboratoriya mashg\'ulotlari

 
Avtomatik qayta ulash qurilmasi (AQU) 
 
AQU uzgichning boshqaruv sxemasi bilan birlashtirilgan va qayta ulovchi 
RPV-58 turidagi rele asosida tayyorlangan.
AQU ning ikki xil vaziyatda ishlashini ko„rib chiqamiz.
1. Birlashmani AQU orqali qo„shish. 
Liniyani birinchi marta ishga tushirishdan oldin biror bir shartlar bajarilishi 
lozim (misol uchun, ikki tomonlama ta‟minlanuvchi liniya sinxronizm sharti 
asosida ishga tushiriladi), ushbu jarayon AQU orqali boshqaruv kaliti (BK) 
yordamida amalga oshiriladi. 
Buning uchun kontakt nakladkani (4N) 2-3 holatga qo„yilib, 1N, 2N, 3N 
nakladkalar zanjirini ajratish lozim. SHundan so„ng boshqaruv kalitining 6-8 
kontaktlari ulangandan so„ng uzishga bo„yruq relesi (UBR) ishga tushadi. Uzishga 
bo„yruq relesining (UBR) 3-4 kontaktlaridan, uzilgan holatdagi relening (UXR) 7-
8 kontaktlaridan, kuchlanish relelarining (1KR) va (KR) 5-7 kontaktlaridan va 
sinxronizmni nazorat relesining (SNR) 9-11 kontaktlaridan tok oqishi natijasida 
vaqt relesi (1RV) ishga tushadi (AQU ning ishga tushishi). Vaqt relesi (1RV) 
o„rnatilgan sabr vaqtini sanab o„zinig kontaktlarini ulab oraliq relesining (1RP) 
cho„lg„amini qisqa tutashtirishi natijasida kondersatorni (S) razryadsizlanadi. 
Oraliq relesi (1RP) o„zining kontaktlarnini ulashi natijasida o„zini –o„zi ta‟minlash 
(samouderjanie) holatiga tushib qoladi. Uzishga bo„yruq relesining (UBR) 5-6 
kontaktlari ulanganligi sababli uzgichni AQU dan avtomatik ulanishini 


ko„rsatuvchi ko„rsatkich relesi ishga tushmaydi. Natijada kontaktor ishga tushadi 
va uzgich tarmoqdan uziladi. 
Uzgichning blok-kontakti BKV-1 kontaktorning katta tokini uzishi natijasida 
1RP oraliq relesining cho„lg„ami manbasiz qoladi va kontaklari ajraladi. SHu 
vaqtning o„zida uzilgan holatidagi rele (UXR) ham manbasiz qolishi natijasida 9-
10 kontaktlarini ajratadi va uzishga bo„yruq relening (UBR) cho„lg„amini 
manbasiz qoldiradi. Uzishga bo„yruq relesining 7-8 kontaktlari AQU ni 
boshlang„ich holatga keltiradi. Uzishga bo„yruq relesining (UBR) 9-10 kontaktlari 
ko„rsatkich relesini qisqa tutashtiradi. Natijada navbatchi xodimga faqatgina qisqa 
muddatli impuls berishga imkon beradi. Qolgan jarayonlar sinxronizm sharti 
bajarilganda avtomatik tarzda amalga oshiriladi. 
2. Avariya natijasida birlashma releli himoyadan uzilganda so„ng uzgichni 
AQU tomonidan tarmoqqa ulash. 
Buning uchun 1N va 3N nakladkalar 1-2 holatga keltiriladi. Ushbu holatda 
AQU ishga tushishi boshqaruv kalita orqali bajarilgan so„ngri amallar («qo„shish») 
uzgichning xolati (uzgich uzilgan) bilan mos kelmasligi natijasida yuzaga keladi. 
Agarda boshqaruv kaliti orqali «uzish» bo„yrug„i berilmagan bo„lsa qayd etish 
relesining (QR) kontaktlari va uzilgan holatidagi relening (UXR) 7-8 kontaktlari 
yopiq holatda bo„ladi. Ushbu kontaktlar orqali vaqt relesining (1RV) cho„lg„ami 
manba bilan ta‟minlanadi va AQU ishga tushadi.

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin