PEDAGOGS international research journal www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-2, January–2022 264 maqsadi reja va darslikdan tashqari o’quvchilarga qo’shimcha bilim, ko’nikma va
malakalar berish, ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttirish, olingan bilimlarni
hayotga tadbiq qila bilishga yordam berishdan iborat.
Boshlang’ich sinflarda matematikadan sinfdan tashqari ish turi matematika
to’garagini tashkil etishda o’quvchilarning matematikaga bo’lgan qiziqishlariga
qarab tanlab olinar ekan. Matematikadan to’garaklarni tashkil etishda qiziqarli misol
va masalalardan, mantiqiy masalalardan foydalanish lozim. Sinfdan tashqari amaliy
mashg’ulotlar davomida o’quvchilar bilan (bolalar bilan joylarda) maqsadni
ko’zlovchi, barqaror amaliy natijaga olib keladigan ularni havaslarini orttiradigan
amalda bajariladigan ishlarni olib borishi kerak. Sinfdan va maktabdan tashqari
ishlar quyidagi yo’nalishlarda olib borilishi mumkin.
a) ommaviy ishlar; (musobaqalar, ko’rik tanlovlar, kechalar, ertakliklar,
ekskursiyalar va hokazolar);
b) to’garak ishlar (yosh matematiklar);
d) o’qituvchilarning mustaqil mashg’ulotlarini yo’lga qo’yish (bunda
o’quvchilar fan va texnikaning biron soxasini o’rganish uchun mustaqil ishlaydilar
va hokazo).
e) Maktabdagi o’zlashtirmovchi o’quvchilar bilan ishlashni tashkil etish
usullari.
Matematika to’garagi sinfdan tashqari ishlarning eng ommalashgan turi.
To’garak ixtiyoriy ravishda tuziladi. Har qaysi matematika to’garagida
qatnashadigan o’quvchilar soni 15-20 dan oshmasligi kerak, aks holda o’qituvchiga
qiyinchilik tug’diradi va o’quvchilar to’garakda aktiv ishtirok eta olmaydilar.
Matematik viktorinalar ma’lum mavzu, bo’lim yoki umuman matematikaga
doir masalalar bo’yicha savol – javob o’yini bo’lib, ko’p vaqt va katta tayyorgarlik
talab qilmaydi. Boshlang’ich sinflarda viktorinalar 10 – 20 minut davom etadi.
Bunda oldindan tayyorlangan 5 – 6 savolga og’zaki yoki yozma javob olinadi.
Matematik musobaqa Yuqorida aytib o’tilgan sinfdan tashqari ishlarda (10 minutlik,
viktorina va h.k.), asosan, butun sinf o’quvchilari ishtirok etsa, matematik