PEDAGOGS
international research journal
www.pedagoglar.uz
Volume-2, Issue-2, January–2022
263
BOSHLANG`ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN SINFDAN
TASHQARI ISHLARNI TASHKIL ETISHNING NAZARIY ASOSLARI
Qarshiyeva Zuhra Xursandovna
Surxondaryo viloyati Sherobod tumani
27-umumiy ta`lim maktabi boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Annotatsiya:
Matematikadan sinfdan tashqari mashg’ulotlar
deganda
o’quvchilarning matematik bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish maqsadida
tashkil qilingan mashg’ulotlatlarni tushunamiz. Matematikadan o’tkaziladigan
sinfdan tashqari ishlarning mazmuni dars mashg’ulotlarida egallangan bilimlarni
kengaytirish va chuqurlashtirishda qaratilgan bo’lishi kerak.
Kalit so`zlar:
Boshlang`ich sinf,
matematika, mashg`ulot, misol, sinf, bilim,
o`quvchi, natija.
Sinfdan tashqari mashg’ulotlar deganda ko’pincha yuqori sinflar nazarda
tutiladi. Lekin ilg’or
tajribalarning tasdiqlashicha, boshlang’ich sinflarda ham
sinfdan tashqari turli – tuman formalarda mashg’ulotlar
olib borishning potensial
imkoniyatlari mavjud. Bu imkoniyatlardan foydalanish o’qitishda boshlang’ich va
yuqori sinflar uzviyligini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinflarda sinfdan tashqari
ishlarni olib borishda o’quvchilarning nutq madaniyatini va matematik tafakkurini
shakllantirishga kompleks holda yondashish talab qilinadi.
Yosh avlodni hozirgi zamon fani bilan qurollantirish
orqali ularning aqliy
jihatdan maksimal darajada rivojlanishlariga erishish umumta’lim – tayanch
maktablar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir.
Bu vazifani hal etishda
sinfdan tashqari ishlarning o’rni benihoya katta. Sinfdan tashqari ishning asosiy
maqsadi o’quvchilardagi fanga bo’lgan qiziqishni rivojlantirish, ularni darsda olgan
bilimlarini to’ldiruvchi
matematik bilim, malaka va ko’nikmalar bilan
qurollantirishdan foydalanish mumkin. Darsdan tashqari qilinadigan ishlar o’quv
reja asosida ya’ni darslik talablarini bajarishga qaratilgan bo’lib,
bunga sinfdagi
barcha talabalar bevosita ishtirok etiladi. Sinfdan tashqari mashg’ulotlardan asosiy