Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


Infraqizil (IQ) nurlarda ko‘zdan kechirish



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

Infraqizil (IQ) nurlarda ko‘zdan kechirish. 
Infraqizil nurlarda 
ko‘zdan kechirish va fotosuratga olish o‘q otilishining qo‘shimcha 
omillari izlarini, masalan, to‘q rangli, qon tekkan va ifloslangan 
matolarda aniqlash imkonini beradi. Chunki infraqizil nurlanishlar qurib 
qolgan qon yoki boshqa bir qancha bo‘yovchi qatlamlaridan o‘tib borib, 
to‘qima matolarda qaytadi, ammo shu bilan birga turli metallar va 
uglerod tomonidan yutiladi.
Qaytuvchi infraqizil nurlardagi ko‘zdan kechirish elektron–optik 
o‘zgartirgichlar yordamida, obyektni mos holdagi yorug‘lik filtrlari 
orqali turli lampalar bilan yoritib amalga oshiriladi. O‘q otilishidan hosil 
bo‘lgan qurum, porox zarrachalari, metall zarrachalari, ishqalanish 
halqalari infraqizil nurlarni yutadi va matoning yorqin fonida to‘q–kul 
rang ko‘rinishda kuzatiladi. Infraqizil nurlarda fotosuratga olish uchun 
spektrning infraqizil sohasida mo‘ljallangan maqsadini yo‘qotmaydigan 
maxsus fotomateriallar (fototasmalar, fotoqog‘ozlar va hokazolar) 
ishlatiladi. 
Ultrabinafsha (UB) nurlarda ko‘zdan kechirish. 
Obyektni ultra-
binafsha nurlar bilan nurlantirish bu obyektni to‘lqin uzunligi 
materialning xossalariga bog‘liq bo‘lgan lyuminessensiyasini keltirib 
chiqarish imkoniga ega. Ultrabinafsha nurlarning manbalari sifatida 
simobli kvars chiroqlari xizmat qiladi. 
Miltiq moyining tarkibiga kiruvchi mineral moylar ultrabinafsha 
nurlarning ta’siri ostida nurlanadi va yorqin moviy oqish rangda 
ko‘rinadi, o‘qning yoki pijning sirtiga surtiladigan yog‘lovchi moyning 
zarrachalari esa sarg‘ish jigar rangda nurlanadi. 


 392 
Tutunsiz poroxning zarrachalari, shuningdek, chala yongan 
zarrachalari ham ultrabinafsha nurlari ta’sirida o‘zidan yorug‘lik 
chiqaradi, ya’ni lyuminessensiyalanadi. Ularning nurlanish darajasi 
tutunsiz poroxning rusumiga bog‘liq bo‘ladi. Tutunli porox ultrabinafsha 
nurlar ta’sirida nurlanmaydi.
O‘q otilishining qurumi ultrabinafsha nurlar ta’sirida yaltiroq qora 
rangda, to‘qimachilik matolarining kuygan sohalari esa — umumiy qora 
fonda qo‘ng‘ir pushti rangda tovlanadi. 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin