101
6-BOB.
QO‘L O‘QOTAR QUROLINING HOLATINI ANIQLASH
1-§. O‘qotar qurolning texnik sozligi, o‘q otishga yaroqliligi yoki
alohida o‘q otishlarni amalga oshirishga yaroqliligi
Kriminalistikada o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni
ishlatish
imkoniyatlari deyilganda, muayyan rusumdagi o‘qotar quroldan o‘q
otish
imkoniyati hamda o‘q otilishining turli sharoitlarida, quroldan otilgan
ma’lum bir turdagi jangovar o‘q-dorilarning zarar yetkazuvchi kuchi
tushuniladi. O‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni ishlatishga aloqasi
bo‘lgan xususiy ekspertiza vazifalariga quyidagi imkoniyat va
sharoitlarni aniqlash kiradi:
— berilgan o‘qotar quroldan o‘q otilishi yoki alohida turdagi o‘q
otilishi imkoniyatlari;
— berilgan o‘qotar quroldan qo‘yib yuboruvchi ilmoqni bosmasdan
o‘q
otilishi imkoniyatlari
— berilgan o‘qotar quroldan nishonga olib o‘q otilishi imkoniyatlari
— muayyan turdagi quroldan berilgan patronlar bilan o‘q otilishi
imkoniyatlari;
— berilgan o‘qotar quroldan o‘q otib, o‘qotar quroldan berilgan
patronlarni otib, muayyan bir turdagi to‘siqqa o‘q otib va berilgan
masofadan o‘q otib shikast yetkazish imkoniyatlari.
«Berilgan o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni ishlatish
imkoniyati» tushunchasi «o‘qotar qurollarning zarar yetkazuvchi kuchi»
tushunchasidan ancha kengdir. Chunki, «o‘qotar qurollarning zarar
yetkazuvchi kuchi» tushunchasi o‘qotar quroldan qo‘yib yuboruvchi
ilmoqni bosmasdan o‘q otish va quroldan berilgan patronlar bilan otish
imkoniyatlarini o‘z ichiga olmaydi.
Berilgan o‘qotar qurollar va jangovar o‘q-dorilarni ishlatish
imkoniyatlari, o‘qotar qurollarni zarar yetkazuvchi
xususiyatlari kabi bu
qurollarning sozligi va ballistik sifatlariga bog‘liqdir.
Shikast yetkazish imkoniyatlari tekshirilayotgan o‘qotar qurollar va
jangovar o‘q-dorilarning ishlatish samaradorligiga ham bog‘liq bo‘ladi.
Shunday qilib, yuqorida sanab o‘tilgan ekspertiza vazifalari o‘qotar
qurollar va jangovar o‘q-dorilarning texnik sozligini va ulardan amaliy
o‘q otilishini aniqlash bo‘yicha usul va metodlar asosida hal etiladi.
O‘qotar qurollar o‘zi harakatlanuvchi
mexanizm sifatida, uning
tuzilishini ifodalovchi parametrlar — morfologik (statik) belgilar,
102
shuningdek, uning harakatlari va ta’sirlarining parametrlari — funksional
(dinamik) belgilar bilan tavsiflanadi. O‘qotar qurolning texnik sozligini
baholashda asosan uning statik va ayrim dinamik belgilari, bu quroldan
o‘q otilishi imkoniyatlarini aniqlashda esa asosan dinamik belgilar
hisobga olinadi.
Dostları ilə paylaş: