Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik


-§. Obyektlar (qurolga o‘xshash buyumlar, otuvchi moslama



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

2-§. Obyektlar (qurolga o‘xshash buyumlar, otuvchi moslama 
 va mahsulotlar)ni o‘qotar qurollarning aniq bir turi va
rusumiga tegishli ekanligini aniqlash
Ekspertizaga taqdim etilgan obyektlar (qurolga o‘xshash buyumlar, 
otuvchi moslama va mahsulotlar)ning turi, rusumi va kalibrini aniqlash 
kriminalistik ahamiyatga ega turlicha mustaqil vazifalardan iborat 
bo‘lishi mumkin. Qurolning turi va uning kalibri standart qurollarni ham, 
qo‘lbola usulda yasalgan qurollarni ham tadqiq qilishda aniqlanadi, 


 95 
qurolning rusumi va nomerlari esa, faqatgina standart yoki standart 
qurolni o‘zgartirib yasalgan qurollarni tadqiq qilishda aniqlanadi. 
Obyektlar (qurolga o‘xshash buyumlar, otuvchi moslama va 
mahsulotlar)ning turini aniqlash
. Tekshirilayotgan obyektni o‘qotar 
qurollar turkumiga taalluqliligini aniqlashda, uning tuzilishiga ko‘ra 
birorta o‘qotar qurolga o‘xshash yoki o‘xshamasligidan qat’i nazar, 
ushbu obyektda, umuman o‘qotar qurollarga xos bo‘lgan belgilar 
mavjudligini aniqlash zarur. Haqiqatan ham, ba’zida o‘qotar qurollarning 
tashqi tuzilishiga ko‘ra o‘qotar qurollarga taalluqliligi shartli bo‘ladi, 
masalan, avtoruchka, hassa yoki juda kichik hajmli zambarak shaklidagi 
to‘pponchalar. Bundan tashqari, o‘z ichiga birinchidan, qurollar, 
ikkinchidan, asbob-anjomlar (qurilish-montaj to‘pponchalari va 
hokazolar), uchinchidan, signal beruvchi moslamalar va to‘rtinchidan, 
maketlar va o‘yinchoqlarni oladigan to‘pponchalar tashqi tuzilishiga 
ko‘ra bir turga guruhlanadi. 
Ayrim hollarda qurolning turini aniqlash mustaqil kriminalistik 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Jumladan, bu kabi savolga javob berilishi 
muayyan subyektlarga nisbatan o‘qotar qurolni qonunga xilof ravishda 
taqib yurish, saqlash, tayyorlash va o‘tkazish uchun jinoiy javobgarlik 
belgilanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Birorta qurolning turini aniqlash uchun birinchi navbatda, o‘qotar 
qurollar tasniflanishi kerak. Ekspertizaga keltirilgan qurolni eng avvalo 
stvolining uzunligiga ko‘ra qanday turga tegishliligi aniqlanadi. Ular: 
— uzun stvolli qurollar (miltiqlar, vintovka va karabinlar); 
— o‘rta stvolli qurollar (avtomat yoki to‘pponcha–pulemyotlar, 
stvolining uzunlig 300 
mm 
dan 500 
mm 
gacha bo‘lgan qirqma miltiqlar); 
— kalta stvolli qurollar (to‘pponchalar, revolverlar, stvolining 
uzunligi 300 
mm 
gacha bo‘lgan qirqma miltiqlar)dan iborat bo‘ladi. 
Buning uchun qurolning umumiy uzunligi va stvolining umumiy 
uzunligi o‘lchanadi. Olingan kattaliklar yuqorida sanab o‘tilgan uch 
guruhga tegishli bo‘lgan qurollar uchun mos bo‘lgan ma’lumotlar bilan 
solishtiriladi. 
Qurollar ayrim turlarining bir necha rusumga tegishli bo‘lganlari 
ushbu tasnifiy turlar doirasidan chetga chiqib ketadi. Xususan, stvolining 
uzunligi 300 
mm 
bo‘lgan kichik kalibrli sport to‘pponchalar, kalta stvolli 
qurollar guruhi uchun mos bo‘lgan stvol uzunligi doirasidan chetda 
hisoblanadi. Tekshirilayotgan qurolning o‘lchamlari va tuzilishiga oid 
belgilarining bu kabi mos kelmasligi aniqlanganida, qurol stvolining 
uzunligidan tashqari, yana qurolning umumiy o‘lchamlari va turiga oid 
keltirilgan jadval ma’lumotlari bilan solishtiriladi. 


 96 
Uzun stvolli narezli qurolni tadqiqot qilishda, ushbu qurolning turiga 
tegishli bo‘lgan markirovka belgilarini aniqlashtirib olish kerak. 
Masalan, chet ellarda ishlab chiqarilgan karabinlarning nomlanishiga 
«K» harfini ham qo‘shilgan bo‘ladi yoki shtutserlar uchun katta kalibr va 
kichik sig‘imli magazin yoki ularning umuman bo‘lmasligi, shuningdek
kalta dastali ajraluvchi loja xos bo‘ladi. 
Silliq stvolining oldingi qismida narezlari bo‘lgan uzun stvolli 
qurollar («Paradoks» miltig‘i), stvollaridan biri narezli va boshqalari 
silliq bo‘lgan ko‘p stvolli qurollar (bokbyuksflint, byuksflint) — 
murakkablashtirilgan qurollar hisoblanadi. Ushbu guruhga silliq kanalli 
doimiy (asosiy) stvolining ichiga narezli qo‘shimcha stvol o‘rnatiladigan 
miltiqlarni ham kiritish kerak. Bu kabi qo‘shimcha stvollar 
murakkablashtirilgan qurollarda asosiy stvollariga qaraganda kaltaroq 
bo‘ladi. 
Tekshirilayotgan qurolni o‘rta stvolli qurollarga tegishliligini 
aniqlashda, ushbu qurolning magazinining mavjudligi, hajmi va 
mahkamlanish usuli kabi tuzilishga oid belgilarini tadqiq qilib
avtomatlar, to‘pponcha–pulemyotlar va turlicha uzunlikdagi stvolli 
qurollarning qirqmalari o‘zaro ajratiladi. 
Tekshirilayotgan qurolni kalta stvolli qurollarga tegishliligini 
aniqlashda ham, bunday qurollarning tuzilishiga oid belgilarini, asosan, 
patronga mo‘ljallangan barabanining mavjudligi bo‘yicha to‘pponchalar 
va revolverlar ajratiladi. Turli buyumlarga o‘rnatilgan yoki birorta 
buyumga o‘xshatib niqoblangan maxsus jangovar to‘pponcha va 
revolverlar ham kalta stvolli qurol hisoblanadi. Tashqi tuzilishiga ko‘ra 
avtoruchkaga o‘xshash bo‘lgan bir stvolli to‘pponchalar, agar ular 
murakablashtirilgan, ya’ni, ham qurol ham ruchka vazifasini bajaradigan 
bo‘lsa va avtoruchkaga o‘xshatib niqoblangan qurol bo‘lmasa, 
«avtoruchka shaklidagi to‘pponcha» yoki «to‘pponcha–avtoruchka» deb 
atalishi kerak. 
Qurolning turini aniqlash, ularni silliq stvolli ov qurolga 
tegishliligini ta’kidlash unchalik murakkab vazifa hisoblanmaydi. 
Ammo, qirqma miltiqlarni tadqiq qilishda to‘g‘ri xulosalarni 
shakllantirish ancha qiyinroq kechadi. 
Kirqma — xuddi to‘pponchalarga o‘xshab yasalgan muayyan tarixiy 
sharoitda vujudga kelgan nostandart qurolning nomi. S.N. Matveyev 
o‘zining «K identifikatsii voyenn
ы
x vintovok i «obrezov» deb 


 97 
nomlangan ilmiy asarida ushbu nomni tarjimasiz qo‘llagan
1
. «Qirqma» 
atamasining tushunchasi ensiklopedik lug‘atlarda, so‘zlashuvda, badiiy 
adabiyot va yuridik sohada keng qo‘llaniladi va stvollari qirqib 
tashlangan qurol ma’nosini anglatadi. Qirqma miltiq o‘zi tayyorlangan 
miltiqdan, xuddi karabin vintovkadan farq qilganidek, stvolining uzunligi 
hamda stvolning uzunligiga bog‘liq bo‘lgan ballistik xususiyatlari bilan 
farq qiladi. 
Stvollari ancha kalta qilib qirqilgan qirqma miltiqlar, ko‘plab 
snaryadlar (sochma o‘q, kartech) bilan otishda standart ov miltiqlari kabi 
jangovar sifatga ega emas. Qirqma miltiqlar, sochma o‘q yoki kartech 
otishda silliq stvolli ov miltiqlariga qo‘yiladigan talablarga javob 
bermaydi va shuning uchun ov hamda sport musobaqalarida miltiq 
sifatida qo‘llanilishi mumkin emas. 
Qirqma miltiqlar ov miltig‘i sifatida tan olinmaydi, chunki, stvoli 
qisqarishi bilan bunday qirqmalar sochma o‘qlar bilan otishning uzoqligi 
va g‘ujligi kabi ballistik xususiyatlarini yo‘qotadi. Ov miltiqlaridan 
tayyorlangan qirqma miltiqlarni jangovar qurol deb hisoblash mumkin, 
chunki, ov miltiqlarining stvoli uzunligi kamayishi va nishonga olish 
moslamalarining o‘zgarishi oqibatida ular yaqin masofdan snaryad bilan 
otishda odamni shikastlash kabi ballistik xususiyatini yo‘qotmaydi. Ov 
miltiqlaridan tayyorlangan qirqmalardan yaqin masofada otilgan 
snaryadlarning kinetik energiyasi jangovar qurollar uchun belgilangan 
eng kam kinetik energiya miqdoridan ancha katta bo‘ladi. 
Shunday qilib, ekspertiza jarayonida qirqma miltiqlar yoki boshqa 
o‘zgartirilgan qurollarning bu qirqmalar tayyorlangan qurolarning 
dastlabki holati emas, balki, ularning hozirgi holati baholanishi lozim. 
Natijada to‘g‘ri xulosa shakllanadi, masalan, tadqiqotga taqdim etilgan 
otuvchi qurilma ov miltig‘i emas, balki qirqma miltiq hisoblanadi va 
shuning uchun ov miltiqlari turkumiga tegishli emas. 
Qirqma miltiqlar — mo‘ljallangan maqsadiga ko‘ra jangovar qurol, 
ammo ular, standart harbiy qurollar — vintovka va karabinlardan 
tayyorlangan bo‘lsa ham harbiy qurol hisoblanmaydi. Ko‘p hollarda 
bunday qirqma miltiqlar maxsus niqoblangan qurollar turkumiga tegishli 
deb topilishi mumkin. Haqiqatan ham, qirqmalarning o‘lchamlari ularni 
yashirin taqib yurish uchun qulay qilib tayyorlanadi. 
1
Qarang: 

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin