Turabbayev X. A., Xusanov A. D. Ballistik ekspertiza: Darslik



Yüklə 39,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/194
tarix16.12.2023
ölçüsü39,61 Mb.
#181176
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194
Ballistik ekspertiza. Xasanov Sh.X., Turabbayev X.A., Xusanov A.D. ... (1)

TAALLUQLILIGINI ANIQLASH 
1-§. Guruhiy taalluqlilikni aniqlash asoslari 
Sud-ballistik ekspertizalariga tadqiqot uchun taqdim etiladigan 
o‘qotar qurollar va ularga o‘xshash boshqa qurilma hamda 
moslamalarning guruhiy taalluqliligi deyilganda, quyidagilar tushuniladi: 
— qo‘lbola va zavodda yasalgan standart qurilma va moslama-
larning o‘qotar qurollar turkumiga tegishliligi;
— o‘zgartirilgan, ba’zida, standart otuvchi qurilmalarni o‘qotar 
qurollarning muayyan turlariga tegishliligi; 
— standart yoki o‘zgartirilgan o‘qotar qurollarning aniq rusumdagi 
o‘qotar qurollar turkumiga tegishliligi. 
Tadqiq etilayotgan obyektlar (qurolga o‘xshash buyumlar, otuvchi 
moslama va mahsulotlar)ni guruhiy taalluqliligini aniqlashning asosi 
bo‘lib, o‘qotar qurolning tushunchasi va uning tasniflanishi, shuningdek
qurolning sifatga oid tavsiflari tizimi xizmat qiladi. 
Standart o‘qotar qurolning sifatga oid tavsiflari
. Qurolsoz – 
mutaxassislar standart jangovar o‘qotar qurollar (bunday qurollar sirasiga 
artilleriya qurollari ham, qo‘l o‘qotar qurollari ham kiradi) ega bo‘lishi 
lozim bo‘lgan uchta sifatga oid tavsiflarni – ballistik, manyovr qilish va 
ishlashining ishonchliligini ta’minlovchi xususiyatini alohida ajratib 
ko‘rsatadilar: 
Ballistik xarakteristikalar: 
— o‘q otishning aniqligi va g‘ujligi; 
— snaryad uchishining boshlang‘ich tezligi va kinetik energiyasi; 
— turli maqsad uchun mo‘ljallangan snaryadlarning nishonga 
nisbatan kerakli ta’siri — teshib o‘tuvchi va to‘xtatuvchi ta’siri, shikast 
yetkazuvchi ta’siri. 
Manyovr qilishga oid tavsiflari:
— qurolning og‘irligi, uning o‘lchami va shakli; 
— qurol bilan ishlashning qulayligi; 
— qurolni olib yurish (safda yurganda, marsh davomida va jangda 
ko‘tarib yurish yoki tashish) uchun qulayligi; 
— birorta joy hududida ishlatish va niqoblash (yashirish)ning 
qulayligi; 
— o‘t ochishning qulayligi — tez o‘q otish va bir nishondan, o‘qotar 
qurolga nisbatan turlicha joylashgan boshqa nishonga tez yo‘naltirish. 


 88 
O‘qotar qurolning ishlashiga doir ishonchliligini ta’minlovchi 
tavsiflari: 
— tarkibiy qismlarining yetarlicha mustahkamligi; 
— o‘q otish jarayonida nisbiy xavfsizligi; 
— hech qanday buzilish va ushlanishlarsiz ishlashi; 
— qurol bilan ishlashning oddiyligi
— qurol bilan ishlash va ishlashga o‘rganishning osonligi. 
Harbiy qurollarning sanab o‘tilgan ushbu tavsiflari va xususiyatlari, 
tekshirilayotgan otuvchi qurilma va moslamalarning guruhiy taalluq-
liligini aniqlash bo‘yicha ekspertiza vazifalarini hal etishda katta 
ahamiyat kasb etadi. 
Tekshirilayotgan obyektlarning o‘qotar qurollar turkumiga 
tegishliligi mezonlari
. Qurolsoz–ixtirochilar standart o‘qotar qurollarning 
juda ko‘plab rusum va namunalarini yaratadilar. Ekspert–kriminalistlar 
ham juda ko‘plab turdagi otuvchi moslamalar, shuningdek, qo‘lbola 
usulda yasalgan moslamalarning tadqiqotlarini o‘tkazadilar. Shuning 
uchun qurolsoz–ixtirochilar hamda ekspert–kriminalistlar tomonidan 
otuvchi moslamalarning sifatiga qo‘yiladigan talablar har doim ham 
o‘zaro mos kelavermaydi. 
Tadqiq etilayotgan obyektlar (qurolga o‘xshash buyumlar, otuvchi 
moslama va mahsulotlar)ning o‘qotar qurolga tegishliligini aniqlashda, 
ekspert, o‘qotar qurol tushunchasi hamda qurolning mo‘ljallangan 
maqsadi va undan otilgan snaryadlarning shikast yetkazuvchi ta’sirining 
energiyasi, shuningdek, qurolning tuzilishidagi asosiy belgilari 
belgilanadigan mezonlarga asoslanishi lozim. 
Qurolning morfologik (statik) va funksional (dinamik) belgilari 
o‘zaro uzviy bog‘liqdir. Xususan, birorta obyektning o‘qotar qurolga 
tegishliligini aniqlashda, ushbu qurol qismlarining mustahkamlik 
darajasini hamda ushbu quroldan otilgan snaryadning, kerakli zarar 
yetkazishi uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich tezligini ham aniqlash 
mumkin. 
Tadqiq etilayotgan obyektlar (qurolga o‘xshash buyumlar, otuvchi 
moslama va mahsulotlar)ning o‘qotar qurollar turkumiga (o‘qotar 
qurolga) taalluqliligini aniqlashda quyidagi mezonlar hisobga olinadi: 
1. Qurol — o‘zining uchish yo‘nalishida turgan (duch kelgan) 
to‘siqlar (nishonlar, obyektlar)ga, ushbu yo‘nalishdagi harakat tezligi 
kattaligiga ko‘paytirilgan og‘irligi bilan ta’sir qiluvchi snaryadlar, ya’ni 
nisbatan unchalik katta bo‘lmagan qattiq jismlarni otish uchun 


 89 
mo‘ljallangan mexanizm. Binobarin, qurol o‘zidan otilgan snaryadga 
yo‘nalish berish uchun xizmat qiladigan maxsus tarkibiy qismi — to‘g‘ri 
shaklli otuvchi stvolining mavjudligi bilan tavsiflanadi. 
2. Qurol — snaryadlarni, portlovchi moddalarning yonishidan hosil 
bo‘lgan gazlarning kengayishi yordamida otish (uloqtirish) mexa-
nizmidir. Demak, qurol uchun quyidagilar xosdir: 
— o‘q otilish vaqtida, o‘qning uchib chiqish yo‘nalishiga qarama–
qarshi tomoni maxsus moslama (zatvor, stvol kanalining orqa qismi, 
kolodkaning qalqonchasi) bilan mahkam berkitilgan, portlovchi moddani 
saqlash va yonish kamerasi — stvol kanali yoki stvoldan alohida bo‘lgan 
maxsus qism;
— orqaga «tepmaydigan» qurollar va unga o‘xshash moslamalarning 
yo‘naltiruvchi stvollaridagi ikki tomoni ochiq kanal yoki reaktiv 
snaryadlardagi zarad joylashadigan maxsus qism — zarad bo‘limi.
3. Qurol — snaryadlarni portlovchi moddalarning detonatsiyalanishi 
(ko‘zg‘alishi) va yonishi natijasida otish (uloqtirish) mexanizmi. Shuning 
uchun, qurolning yo‘naltiruvchi tarkibiy qismidagi zarad kamerasida, 
portlovchi moddalarning detonatsiyalanishi uchun mo‘ljallangan 
quyidagi moslama bo‘lishi zarur:
— og‘zidan o‘qlanuvchi qurol stvolining orqa qismida yondiruvchi 
tuynuk (ayrim qurollarda maxsus moslamali); 
— uruvchi boyokli yoki urgichli maxsus mexanik qurilma yoki 
moslama. 
4. Qurol — nishonni shikastlash uchun mo‘ljallangan mexanizm, 
ya’ni, portlovchi moddalarning yonishi natijasida yetarlicha boshlang‘ich 
tezlik beriladigan snaryadlar bilan turli jarohatlar yetkazuvchi mexanizm. 
Demak, qurol mos holda tur va kalibrga ega bo‘lgan standart otuvchi 
qurilma uchun mo‘ljallangan, minimal quvvatga ega bo‘lgan patronning 
snaryadi va jangovar zarad (portlovchi modda — porox)ni joylashtirish 
uchun zarad kamerasi hamda stvol kanalining o‘lchamlari bilan 
tavsiflanadi. 
5. Qurol — yetarlicha mustahkamlik darajasiga va xavfsizlik hamda 
hech qanday buzilish va ushlanishlarsiz ishlash qobiliyatiga ega bo‘lgan 
ko‘p marta ishlatishga mo‘ljallangan mexanizm. Shuning uchun, qurol 
stvol kanali va zarad kamerasi devorlarining parametrlari, shuningdek, 
yopish mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi.

Yüklə 39,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin