Qonunchilikka muvofiq ekspertlar komissiyasi ekspertiza
tayinlagan organ (shaxs) ruxsati bilan sud ekspertizasini o ‘tkazish
uchun ahamiyatli bo‘lgan jinoiy, fuqarolik ishi materiallari bilan
tanishish huquqiga ega. Ekspertlar komissiyasi shuningdek,
ekspertiza tayinlagan organdan (shaxsdan) sodir etgan kasb
huquqbuzarliklari uchun javobgarlikka tortilgan tibbiy xodimni
tushuntirish berishi uchun ekspertlar komissiyasi ishtirokida so‘roq
qilishni talab qilish huquqiga ega.
Amaldagi qoidalarga muvofiq, barcha tibbiy muassasalar
ekspertlar komissiyasining ishiga har tomonlama yordam (tibbiy
muassasa mutaxassislarini ekspertlar komissiyasi tarkibida ishtirok
etishi, maslahatlar olish, turli xil laboratoriya tekshiruvlarini
o‘tkazish va sh. k. ) berishlari shart. Ayrim holatlarda shaxsni
statsionar sharoitda tekshiruvdan o‘tkazish zaruriyati vujudga
keladi. Bu kabi holatlarda ekspertlar komissiyasining tavsiyasi
va ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)ning yo‘llanmasiga asosan
shaxs tegishli statsionargayotqizilishi mumkin. Statsionar tekshiruv
natijalari qo‘shimcha tarzda ekspertiza tayinlagan organ (shaxs)
tomonidan ekspertlar komissiyasiga taqdim etiladi.
Komission sud-tibbiy ekspertiza natijalari tasdiqlangan
shaklda ekspertlar xulosasi ko‘rinishida rasmiylashtiriladi va uch
qismdan tashkil topadi.
Xulosaning
Dostları ilə paylaş: