davlat byudjeti, maqsadli fondlar, yuridik va jismoniy shaxslaming
ixtiyoriy badallari, boshqa moliyaviy manbalar hisobidan
moliyalashtiriladi (5-modda). Ushbu Qonunda OIV-infektsiyasi/
OITS kasalligi bilan og‘riganlar, ularning oila a’zolarini huquqlari
va ijtimoiy ta’minoti (9-modda), OIV-infektsiyasi yuqtirganlar va
OITS bilan kasallanganlar huquqlarining kafolatlanishi (10-modda)
masalalari alohida keltirilgan
Qonunning alohida bir-moddasi (11-modda) o ‘z kasb
vazifalarini bajarish davrida odam immuntanqisligi virusi bilan
zararlanish xavfi mavjud bo‘lgan tibbiy xodimlami ijtimoiy
himoyalash masalasiga bag‘ishlangan. Jumladan, ushbu toifaga
mansub bo‘lgan tibbiy xodimlarga alohida imtiyozlami berish
ко‘zda tutilgan.
Qonunga
muvofiq
OIV
yuqtirgan
0 ‘zbekiston
Respublikasining fuqarolari qon, biologik suyuqliklar, a’zo,
to'qimalarini berish uchun donor bo‘lishi mumkin emas va tibbiy
nazoratda bo‘lishi talab etiladi. OIV-infektsiyasi chet el fuqarosida
aniqlangan holatlarda, ular qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda
deportatsiya qilinishlari mumkin (6-modda).
Dostları ilə paylaş: