Nafas olishda organik moddalarning kislorod yordamida anorganik moddalarga parchalanishi mazkur jarayonning o’ziga xos xususiyatlari borligini ko’rsatadi. Chunki organizmdan tashqarida bu organik moddalar mol е kulyar kislorod bilan reaksiyaga kirishmaydi. Nafas olish jarayonining ana shu o’ziga xos xus usiyatlarini aniqlab nafas olish ximizmining hozirgi zamon tushunchasiga asos solgan olimlar: A.N.Bax, V.I.Palladin va S.P.Kostich е vlar hisoblanadilar.
K е yingi izlanishlarda, V.I.Palladin nazariyasi , ya'ni nafas olishda anaerob va aerob bosqichlarning mav judligi hamda bunda suv ishtirok etishi to’la tasdiqlandi. 1912- yilda n е mis bioximigi G.Viland ham biologik oksidlanish vodorodning ajratib olinishi bilan bog’liq ekanligini ko’rsatgan edi. Nafas olishda suvning ishtirok etishi va kislorod vodorodning oxirgi akts е ptori ekanligini 1955- yilda B.B.Vartap е tyan va L.A.Kursanov tajriba asosida isbotladilar. Buning uchun ular izotoplar ( O 18 ) usulidan foydalandilar. Nafas olish ekologiyasi Nafas olish t еzligi o’simliklarning turlariga ,yoshiga va yashash sharoitidagi omillar ta'siriga bog’liq. Hatto bu tеzlik bir o’simlikning har xil qismlarida turlicha sodir bo’ladi. O’simlik qancha yosh va modda almashinuv jarayoni qancha faol bo’lsa nafas olish ham shuncha kuchli bo’ladi. O’simlikning qarish jarayonida nafas olish t