2-3 marta oshib boradi. Lekin 20 0 C dan yuqori xaroratda reaksiya tezligi kamroq oshib boradi. O`simlik turlari va a`zolarining xarorat chegaralari bo`ladi (minimal, optimal va maksimal). Nafas olishning minimal (pastki) chegarasi ko`pchilik o`simliklar uchun juda past. Masalan, qarag’ay va archalar uchun – 25 0 C Albatta issiqsevar o`simliklar uchun bu ko`rsatgich ancha yuqori, ayrimlari uchun 0 0 C atrofida bo`ladi. Xarorat oshganda nafas olish kuchi ham oshadi va u 40 0 C etguncha Vant-Goff qoidasiga bo`ysunadi. Ko`pchilik madaniy o`simliklarda, 40 0 C dan oshgach, nafas olish ham darxol yuqoriga ko`tariladi, 50 0 C atrofida keskin pasayib qoladi va o`simlik qattiq zararlanadi. Shuning uchun ham nafas olish dastlab kuchayib so`ngra pasayadigan xarorat emas, balki bu jarayon doim yuqori darajada bo`ladigan xarorat optimal deyiladi. Ko`pchilik o`simliklar uchun 30 0 -40 0 C atrofida bo`ladi. Bu fotosintezning optimum darajasidan 5-10 0 C yuqori. Maksimal xarorat esa 45-55 0 C atrofida bo`lib, har bir o`simlik oqsilining xususiyatlariga bog’liq. Nafas olishning optimal xarorat darajasi tanadagi modda almashinuv jarayonidagi barcha bioximik reaksiyalar va fermentlarning faolligi uchun ham ancha qulaydir. Nafas olish protsessi fotosintezga teskari, ya’ni moddalar yo‘qolishi to‘xtamaydigan protsessdir. U kechayu -kunduz davom etadi. Nafas olishning temperaturaga bog‘liqlik egri chizigi prinsip jihatidan