Massivlar Bir o`lchovli massivlar Boshlang`ich bosqich Toshiriq



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix16.12.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#181572
1   2   3   4   5
O`rta bosqich 
Topshiriq: masalaga mos ravishda blok sxema tuzing va dastur yozing. 
№ 
Masala 
1.
Har biri 10 ta elementdan iborat butun sonli massiv kiriting. Yangi 
massivga juft indekslariga 1-massivning toq indeksli elementini, toq 
indeksga 2-massivni juft indeksli elementini chop eting. 
2.
Butun sonli 8 ta (ikki xonali sonlar) elementdan iborat massiv kiriting. 
Massivning sonlarini kichik xonasidagi raqamlarni yangi massivda 
chop eting. 
3.
Butun sonli 17 ta (ikki xonali sonlar) elementdan iborat massiv 
kiriting. Shu massiv raqamlari yig`indisini toping. 
4.
Ikki ta haqiqiy sonlardan iborat 9 ta va 7 ta elementli massiv kiriting. 
Ikkila massiv sonlarini o`sish tartibida uchinchi massivga chiqaring. 
5.
10 ta elementlari butun tipli bo`lgan X va Y massivlarini kiriting. 
Ikkila massivni bir xil elementlaridan iborat S massivni hosil qiling. 


6.
Y massivni 12 ta elementini y
i
=i
2
+2i+19,3 cos i formula bo`yicha 
qiymatini hisoblang. Ekranga shu massivni va birinchi bo`lib qiymati 
o`rta arifmetigidan kichiklarini,qolganlarni o`rnini o`zgartirmay yangi 
massivga yozib chop eting. 
7.
Haqiqiy tipli Z(16) massivi berilgan. juft indeksdagi sonlar yig`indisi 
va indeksi 3 ga karrali sonlar yig`indisi ayirmasini toping. 
8.
Berilgan butun sonli R(9) massivida musbat toq sonlarning eng katta 
indeksini toping. 
9.
Klaviaturadan butun tipli 15 ta elementdan iborat massiv X ni kiriting. 
Massiv Y ni elementlarini y
i
= cos x
i

+ 2,97 lg

i
2
formula bo`yicha 
xisoblang. Ikkala massivlarini elementlarini kamayish tartibda 
uchinchi massivni hosil qiling. 
10.
Klaviaturadan butun tipli 17 ta elementdan iborat massiv X ni kiriting. 
Massiv Y ni elementlarini formula bo`yicha xisoblang: 
Y massivni o`sish tartibida, X ni kamayish tartibida saralang, X va Y 
massivni juft indekslaridagi elementdan yangi R massivni hosil qiling. 
11.
Butun tipli 9 ta (ikki xonali sonlar) elementdan iborat massiv kiriting. 
Shu massiv raqamlari yig`indilaridan yangi massiv hosil qiling. 
12.
12 ta elementdan iborat, haqiqiy tipli massiv kiriting. Elementlarini 
kamayish tartibida joylashtiring. Joylashtirilayotgandagi qadamlar 
sonini aniqlang. 
13.
Butun sonli 11 ta elementdan iborat massiv kiriting. Ishorasi manfiy 
bo`lgan toq sonlar yig`indisini hisoblang va uchga karrali sonlarini shu 
yig`indi qiymatiga o`zgartiring. 
14.
Haqiqiy tipli 14 ta elementdan iborat massiv kiriting. Birinchi 
yarmidagi sonlarni ikkinchi yarmi bilan o`rnini almashtiring. Bundagi 
qadamlar sonini aniqlang. 
15.
Haqiqiy sonlar massivi berilgan. Berilgan S haqiqiy sondan eng 
uzoqda joylashgan massiv elementini qiymatini va indeksini aniqlang. 


16.
10 ta elementdan tashkil topgan, butun sonli massiv berilgan. Birinchi 
manfiy songacha bo`lgan elementlari soni nechtaligini va ularni 
yig`indisini aniqlang. 
17.
Berilgan massivdagi lokal minimumlar sonini aniqlang. (Lokal 
minimumlar – bu yonma-yon turgan 3 ta sonlarni, o`rasidagisi o`ng va 
chapdagidan kichik bo`lgani). 
18.
Berilgan sonli massivdagi lokalni maksimumlarni sonini toping. 
(Lokal maksimumlar – bu yonma-yon turgan 3 ta sonlarni, o`rasidagisi 
o`ng va chapdagidan katta bo`lgani). 
19.
Butun sonli berilgan Z(15) massividan musbat, manfiy va nol sonlarini 
barchasini yig`indisini toping va birinchi manfiy son va nol soni 
oralig`ida joylashgan elementlar ketma-ketligini chiqaring. 
20.
Berilgan sonli massivdan monoton kamayadigan(har bir keyingi son 
o`zidan oldingidan kichik) sonlar ketma-ketliginidagi sonlar indeksini 
chiqaring. 
21.
Berilgan sonlar massividan ikki marttadan ko`p takrorlanadigan 
sonlarni o`chirib tashlang. 
22.
Butun tipli 10 ta elementdan tashkil topgan massiv kiriting. Yangi 
massivni avval manfiy sonlarni keyin nollarni keyin musbat sonlarni 
ularni ketma-ketligini saqlagan holda kiritib hosil qiling. 
23.
Butun tipli 10 ta elementdan iborat massiv X ni kiriting. Massiv Y ni 
elementlarini y
i
= x
i
2
+0.3 formula bo`yicha xisoblang va P ni toping. 
Bo`linishdan qolgan qoldiqni hisoblang. 
24.
Butun tipli 10 ta (ikki xonali sonlar) elementdan iborat massiv kiriting. 
Kiritilgan massiv sonlari raqamlarini ayirmasidan yangi massiv hosil 
qiling. 
25.
Butun tipli 15 ta elementdan iborat massiv kiriting. Shunday saralangki 
massivni manfiy sonlari boshida o`sish tartibida, musbat sonlari 
oxirida kamayish tartibida bo`lsin. 


26.
Har biri haqiqiy tipli 12 ta elementdan iborat 2 ta massiv berilgan. 
Birinch massivni ikkinchi massivda ham bor elementlarini nollar bilan 
almashtiring. 
27.
Butun sonli massiv berilgan. Elementlari monotonno ortadigan (har bir 
keyingi son oldingisidan katta) masssiv uchastkasi sonini aniqlang.
28.
Butun sonli massiv berilgan. Juft indeksli elementlari yig`indisini toq 
indeksli elementlari yig`indisiga bo`lishdan qolgan qoldiqni aniqlang. 
29.
Butun sonli massiv berilgan. Barcha elementlarining o`rta 
arifmetigidan ortuvchi sonlar qanchanigini foizini aniqlang. 
30.
Ikkita massiv kiriting. Har bir massivni maksimal elementini aniqlang 
va ularni o`rnini almashtirib qo`ying. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin