51
2. Tor radiusi kiritiladi, (150 mm).
3. YAsovchi aylananing radiusi kiritiladi, (80 mm) va tor ekranda yasaladi, 15- rasm.
7- «Пирамида» - Piramida yasash
Piramida buyrug‘iga kiriladi va uning ekranda yasash algoritmi quyidagicha bo‘ladi:
1. Buyruq yuklangach kompyuter to‘rt yoqli-asosi to‘rtburchak bo‘lgan piramidani chizishni
taklif etadi va asos markazini ko‘rsatish so‘raladi.Agar bunday piramidani chizish lozim bo‘lsa,
asosining markazi ko‘rsatiladi.
2. Asos radiusi kiritiladi.
3. So‘ralgan piramida balandligi kiritiladi va ekranda piramida chizila-di, 16- rasm.
5, 6 yoki n yoqli piramida ekranda quyidagi algoritm asosida chiziladi:
1. Buyruq yuklangach kompyuter to‘rt yoqli-asosi to‘rtburchak bo‘lgan
piramida chizishni
taklif etadi va asos markazini ko‘rsatish so‘raladi. Bu buyruqda qo‘shimcha [Kromka/Storonы]
buyruqlari ham taklif qilinadi. Undan «s»
harfi terilib, «Enter»
bilan qayd etilib,
tomonlar soni
masalan, 5 kiritiladi va piramida asosining markazi ko‘rsati-ladi.
2. Asos radiusi kiritiladi.
3. So‘ralgan piramida balandligi kiritiladi va ekranda
besh yoqli piramida chiziladi, 17-
rasm.
16- расм
15- расм