146
mablag‘lar summasiga qancha aylanma mablag‘lardagi o‘z mablag‘lari
summasi
to‘g‘ri kelishini ifodalaydi. Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu ko‘rsatkich o‘zi
alohida biror moliyaviy barqarorlik to‘g‘risida to‘liq xulosa berishi qiyin. Ammo u
ko‘rsatkichlar tizimida bo‘lishi shart, chunki aylanma mablag‘larning harakatdagi
aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanish darajasini aniqlaganda bu ko‘rsatkichlar
bir-birini to‘ldirib turadi.
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlardan yana biri aylanma mablag‘larning (Aym) butun mulkdagi (B)
hissasidir (Kamh). Ushbu ko‘rsatkich barcha mulkda aylanma mablag‘larning
hissasi qancha ekanligidan dalolat beradi.
Shu bilan birga, mazkur ko‘rsatkichlar guruhiga aylanma mablag‘ning
chetdan jalb qilingan mablag‘larga qaramlik koeffitsiyenti (Kaq) ham kiradi. Bu
ko‘rsatkichni topish uchun chetdan jalb qilingan barcha mablag‘lar
summasini
(Chjk) aylanma mablag‘larning umumiy summasiga (Aym) bo‘lish lozim. Bu
ko‘rsatkich aylanma mablag‘larda chetdan jalb qilingan mablag‘larning hissasi
qancha ekanligidan dalolat beradi. Uning hajmi qancha
kamaysa korxona uchun
ijobiy holat hisoblanadi.
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq
bo‘lgan muhim ko‘rsatkichlardan yana biri aylanma mablag‘larning qisqa muddatli
bank kreditiga qaramlik koeffitsiyentidir (Kqbk). Bu ko‘rsatkich qisqa muddatli
bank kreditining umumiy aylanma mablag‘lardagi hissasini ifodalaydi.
Ushbu
ko‘rsatkichni aniqlash uchun qisqa muddatli bank krediti summasini (Qbk)
aylanma mablag‘larning umumiy summasiga (Aym) bo‘lish kerak.
Mazkur ko‘rsatkichlar guruhiga kiruvchi so‘nggi ko‘rsatkich bu aylanma
mablag‘larning tez harakatdagi aylanma mablag‘lar bilan ta’minlanish
koeffitsiyentidir (Khmt). Buni aniqlash uchun aylanma mablag‘lardagi o‘z
mablag‘lari (harakatdagi mablag‘lar) summasini (O‘hm) aylanma mablag‘lar
hajmiga (Aym) bo‘lish kerak.
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi aylanma mablag‘lar bilan bog‘liq
147
ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligi moliyaviy hisoboti ma’lumotlari asosida
tahlil qilib o‘rganganimizda qo‘yidagi natijalarga ega bo‘lindi (6.12-jadval).
Dostları ilə paylaş: