6.7-jadval Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi harakatdagi o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi Harakatdagi o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlar
Umumiy
harakatchanlik
koeffitsiyenti
(Kuh)
Harakatdagi
mablag‘larning
harakatchanlik
koeffitsiyenti
(Khh)
Sof harakatchanlik
koeffitsiyenti
(Ksh)
Sof harakatdagi
mablag‘larning faollik
koeffitsiyenti
(Kf)
Kuh = O‘hm / O‘m
bunda:
O‘hm
-
umumiy harakatdagi
o‘z mablag‘lari
Khh = O‘hm / B
Ksh = Shm / B
bunda: Shm - sof
harakatagi
o‘z
mablag‘lari
Kf = Shm / O‘xm
6.7-jadvalda keltirilgan harakatdagi o‘z mablag‘lari bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlarning birinchi ko‘rsatkichi, ya’ni umumiy harakatchanlik
koeffitsiyentini (Kuh) aniqlash uchun umumiy harakatdagi o‘z mablag‘lari
summasi (O‘hm)ni jami o‘z mablag‘lari summasiga (O‘m) bo‘lish lozim. Bu
hisob-kitobni amalga oshirishdan oldin umumiy harakatdagi o‘z mablag‘lari
summasini aniqlab olish kerak. Bu ko‘rsatkich buxgalteriya balansi ma’lumotlariga
asosan quyidagicha aniqlanadi:
O‘hm = O‘m + Umchjm – Avot
Bunda: O‘m - korxonaning o‘z mablag‘i, Umchjm - uzoq muddatli chetdan jalb qilingan
mablag‘lar summasi, Avot - asosiy vositalar va oborotdan tashqari aktivlar.
Mazkur ko‘rsatkich o‘z mablag‘larining qancha qismi harakatdagi
mablag‘dan iborat ekanligini ifodalaydi. Ushbu ko‘rsatkichning hajmi qanchalik
oshib borsa, korxonaning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yaxshilanishiga ta’sir
ko‘rsatadi.
Harakatdagi mablag‘larning harakatchanlik koeffitsiyenti (Khh) esa
harakatdagi o‘z mablag‘larining umumiy mablag‘lardagi hissasini ifodalaydi. Bu
ko‘rsatkich harakatdagi o‘z mablag‘lari summasini (O‘hm) umumiy mablag‘lar
summasiga (B) bo‘lish orqali aniqlanadi. Uning miqdori qancha oshib borsa
140
korxona uchun shunchalik muhim hisoblanadi, chunki bu korxonaning harakatdagi
o‘z mablag‘i umumiy mablag‘i tarkibida ko‘payib borayotganligidan dalolat
beradi.
Korxona moliyaviy barqarorligini ifodalovchi harakatdagi o‘z mablag‘lari
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlardan yana biri bu sof harakatchanlik koeffitsiyentidir. Bu
ko‘rsatkichni aniqlash uchun sof harakatdagi o‘z mablag‘lari summasini (Shm)
umumiy mablag‘lar summasiga (B) bo‘lish kerak. Buning uchun birinchi navbatda
sof harakatdagi o‘z mablag‘lari summasi aniqlab olinadi. Bu ko‘rsatkich umumiy
harakatdagi mablag‘lardan joriy majburiyatlar va muddati o‘tgan debitorlik
qarzlari miqdorini ayirish orqali aniqlanadi.
Sof harakatchanlik koeffitsiyenti umumiy aylanma mablag‘larning qancha
qismi tez harakat qiladigan aylanma mablag‘larga to‘g‘ri kelishini ko‘rsatadi.
Ushbu ko‘rsatkichlarning miqdori ham qancha yuqori bo‘lsa korxona moliyaviy-
xo‘jalik faoliyatining yaxshilanayotganligidan, uning moliyaviy barqarorligi
ta’minlanayotganligidan dalolat beradi.
Moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi harakatdagi mablag‘lar bilan bog‘liq
ko‘rsatkichlar tizimining so‘nggi ko‘rsatkichi bu sof harakatdagi mablag‘larning
faollik koeffitsiyentidir (Kf). Ushbu ko‘rsatkich sof harakatdagi o‘z mablag‘lar
summasini (Shm) umumiy harakatdagi o‘z mablag‘lari summasiga (O‘hm) bo‘lish
yo‘li bilan aniqlanadi.
Bu ko‘rsatkichning hajmi tovar zaxiralari va pul mablag‘larida ishtirok
etayotgan o‘z mablag‘ining umumiy harakatdagi mablag‘laridagi hissasini
ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichning maksimal hajmi birga teng. Agar uning miqdori
birga teng bo‘lsa korxonaning harakatdagi barcha mablag‘lari o‘z mablag‘idan
ekanligidan dalolat beradi.
Yuqoridagi moliyaviy barqarorlikni ifodalovchi harakatdagi o‘z mablag‘lari
bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligining moliyaviy hisobot
ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega
bo‘lindi (6.8-jadval).