R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

Likvidlik
 
deganda xo‘jalik yurituvchi subyektning 
to‘lov muddati kelgan majburiyatlarni to‘lash uchun mablag‘lar mavjudligi 
tushuniladi. 
Likvidlikni baholashda balans aktiv va passiv qismi moddalari odatda to‘lov 
muddatlari bo‘yicha quyidagicha tarkiblanadi (6.14-jadval). 
6.14-jadval 
Balans moddalarining to‘lov muddatlari bo‘yicha tarkiblanishi 
Ko‘rsatkichlar Aktiv moddalari 
Muddati 
Ko‘rsatkichlar 
Passiv 
moddalari 
Muddati 
Eng likvid 
aktivlar (A1) 
Pul mablag‘lari 
va qisqa 
muddatli 
investisiyalar 
2 oygacha 
To‘lov muddati 
kelgan 
majburiyatlar 
(P1) 
Joriy 
kreditorlik 
qarzlari 
2 oygacha 
Tez likvid 
bo‘ladigan 
aktivlar (A2) 
Debitorlik 
qarzlari 
2 oydan
6 oygacha 
Qisqa muddatli 
majburiyatlar 
(P2) 
Qisqa 
muddatli 
kreditlar va 
qarzlar 
2 oydan
6 oygacha 
Sekin likvid 
bo‘ladigan 
aktivlar (A3) 
Tovar moddiy 
zaxiralar 
6 oydan
1 yilgacha 
Uzoq muddatli 
majburiyatlar 
(P3) 
Uzoq 
muddatli 
kredit va 
qarzlar 
6 oydan
1 yilgacha 
Qiyin likvid 
bo‘ladigan 
aktivlar (A4) 
Uzoq muddatli 
aktivlar 
1 yildan 
ortiq 
Doimiy 
passivlar (P4) 
O‘z 
mablag‘lari 
manbalari 
1 yildan 
ortiq 
Buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismi moddalarini to‘lov muddatlari 


151 
bo‘yicha tarkiblangandan so‘ng, ularni o‘zaro taqqoslash asosida balans likvidligi 
holatiga baho berish mumkin. Balans likvidligini baholash tartibi iqtisodchi olimlar 
A.V.Vahobov, 
A.T.Ibrohimov 
va 
N.F.Ishonqulov
45

M.Q.Pardaev
46
va 
M.Yu.Raximovlar
47
asarlarida atroflicha yoritilgan. Ularning tavsiyalariga ko‘ra 
balans likvidligi quyidagi farqlanishlarni tahlil qilib o‘rgangan holda, uning 
holatiga baho beriladi (6.15-jadval). 
6.15-jadval 
Buxgalteriya balansi likvidlik holati bo‘yicha tarkiblanishi 
Likvidlik holati 
Farqlanishdagi o‘zgarishlar 
Mutloq likvid balans 
A1>=P1 
A2>=P2 
A3>=P3 
A4<=P4 
Likvid balans 
A1
A2>=P2 
A3>=P3 
A4<=P4 
Nolikvid balans 
A1
A2
A3>=P3 
A4<=P4 
Nochorlik holatidagi balans 
A1
A2
A3
A4<=P4 
Korxonaning moliyaviy ahvolini tahlil qilib o‘rganganda, birinchi navbatda, 
buxgalteriya balansining likvidlik holati yuqoridagi kabi tarkiblangan holatda 
o‘rganilishi va shundan so‘ng uning to‘lov qobiliyati darajasi tahlil qilinishi lozim. 
Chunki, yuqorida ta’kidlab o‘tkanimizdek, to‘lov qobiliyati bilan likvidlik bir-
biridan farqlanadi. Ya’ni, to‘lov qobiliyati muddati kelgan qarzlarni to‘lash 
imkoniyati borligini ko‘rsasa, likvidlik ularni to‘lash uchun mablag‘lar 
mavjudligini ko‘rsatadi. 
Nazariy hisob-kitoblarimizning amaliy isbotini quyidagi “Sharq” fermer 
xo‘jaligi buxgalteriya balansi ma’lumotlaridan foydalangan holda keltirib o‘tamiz. 
Birinchi navbatda, fermer xo‘jaligi mablag‘larining likvidligini tahlil qilgan holda 
qarzlarni qaytarishga yetarli yoki yetishmasligini o‘rganganimizda quyidagi 
ma’lumotlarga ega bo‘lindi (6.16-jadval). 
6.16-jadvalda buxgalteriya balansi aktiv va passiv qismi moddalari 
tarkiblangan bo‘lib, ularni o‘zaro taqqoslash asosida fermer xo‘jaligi 
mablag‘larining likvidligiga baho berish mumkin. 
 
45
Vahobov A.V., Ibrohimov A.T., Ishonqulov N.F. Moliyaviy va boshqaruv tahlili: –T.: “Sharq”, 2005. – 224 b 
46
Pardaev M.Q. Moliyaviy tahlil. Sam ISI – 2007. -50 b. www/ziyonet/uz 
47
Raximov M.Yu. Iqtisodiyot subyektlari moliyaviy holatining tahlili. – T.: “Iqtisod - moliya”, 2013. -302 b. 


152 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin