R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.16-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligi buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlari 
(ming so‘m) 
Ko‘rsatkich-
lar 
Balans 
aktiv 
modda-
lari 
Hisobot 
davri 
boshiga 
Hisobot 
davri 
oxiriga 
Ko‘rsatkich-
lar 
Balans 
passiv 
modda-
lari 
Hisobot 
davri 
boshiga 
Hisobot 
davri 
oxiriga 
Eng likvid 
aktivlar 
(A1) 
Pul 
mablag‘lari 
va qisqa 
muddatli 
investi-
siyalar 
1131 
4201 
To‘lov muddati 
kelgan 
majburiyatlar 
(P1) 
Joriy 
kreditorlik 
qarzlari 
107519 
74097 
Tez likvid 
aktivlar
(A2) 
Debitor-lik 
qarzlari 
484735 559923 
Qisqa muddatli 
majburiyatlar 
(P2) 
Qisqa 
muddatli 
kredit va 
qarzlar 


Sekin likvid 
bo‘ladigan 
aktivlar
(A3) 
Tovar-
moddiy 
zaxiralar 
802711 463285 
Uzoq muddatli 
majburiyatlar 
(P3) 
Uzoq 
muddatli 
kredit va 
qarzlar 
692848 363820 
Qiyin likvid 
bo‘ladigan 
aktivlar
(A4) 
Uzoq 
muddatli 
aktivlar 
1605340 2107582 
Doimiy 
passivlar 
(P4) 
O‘z 
mablag‘-lari 
manba-lari 
2093550 2697074 
Fermer xo‘jaligi mablag‘larining likvidlik holatini 6.16-jadval ma’lumotlari 
asosida 6.15-jadvalda ko‘rsatilgan farqlanish shartlarini bajarilishini tekshirib 
o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotga ega bo‘lindi (6.17-jadval). 
6.17-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligi mablag‘lari likvidlik holati tahlili 
Likvidlik holati 
Farqlanish sharti 
Hisobot davri boshiga Hisobot davri oxiriga 
Likvid balans 
A1 < P1 
1131 < 107519 
4201 < 74097 
A2 > = P2 
484735 > 0 
559923 > 0 
A3 > = P3 
802711 > 692848 
463285 > 363820 
A4 < = P4 
1605340 < 2093550 
2107582 < 2697074 
6.17-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligi hisobot 
davri boshida ham hisobot davri oxirida ham buxgalteriya balansi ko‘rsatkichlari 
bo‘yicha likvid xo‘jalik hisoblanadi. Ya’ni, fermer xo‘jaligi qarz majburiyatlarini 
to‘lash uchun mablag‘lari yetarli ekanligini bildiradi. Bu esa, uning moliyaviy 
ahvolini ijobiy deb baholash imkonini beradi. Biroq, fermer xo‘jaligining 
mablag‘lari yetarli bo‘lganligi bilan qarz majburiyatlarini to‘lashga yo‘naltira 
olmasligi mumkin. Chunki, ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni sotish 


153 
jarayonining qiyinligi, debitorlarning to‘lovga qobiliyatli emasligi, muddati o‘tgan 
debitorlik qarzlari summasining kattaligi sababli fermer xo‘jaligi to‘lov 
qobiliyatiga ega bo‘lmasligi mumkin. 
Demak, korxonaning moliyaviy holati tahlil qilib o‘rganilganda, birinchi 
navbatda uning balans likvidligi holati o‘rganilishi va shundan so‘ng to‘lov 
qobiliyati darajasiga baho berilishi kerak. Chunki, fermer xo‘jaligining balans 
likvidligini hamda moliyaviy holatini ijobiy baholagan holda boshqaruv 
qarorlarining qabul qilinishi, uning to‘lov qobiliyatiga ega emasligi natijasida o‘z 
samarasini bermasligi mumkin. Shu bois, keyingi paragrafda to‘lov qobiliyati 
tushunchasi, uni ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi hamda 
tahliliga kengroq to‘xtalib o‘tamiz. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin