R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Aylanma mablag‘lar aylanishining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

6.6. Aylanma mablag‘lar aylanishining tahlili 
Korxona moliyaviy holatini tahlil qilib o‘rganishda moliyaviy tahlilning 
asosiy vazifalaridan biri bu aylanma mablag‘lar va ulardan foydalanish 
samaradorligini o‘rganish hisoblanadi. Bunda aylanma mablag‘lar ayniqsa, ishlab 
chiqarish zaxiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish, tayyor mahsulot, debitorlik 


160 
qarzlari, pul va valyuta mablag‘lari, qimmatli qog‘ozlar harakatini tahlil qilib 
o‘rganish lozim. Shu boisdan, korxonaning aylanma mablag‘lari aylanishi va uning 
o‘zgarishining korxona moliyaviy holatiga ta’sirini tahlil qilib o‘rganish korxona 
moliyaviy holati tahlilida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Aylanma mablag‘lar aylanuvchanligi deganda ularning pulga aylanish tezligi 
tushuniladi. Agarda korxonada aylanma mablag‘lar aylanishi tezlashgan bo‘lsa, bu 
uning ma’lum bir qismi tejalganini va qo‘shimcha foyda olinganligini anglatadi. 
Aksincha, aylanma mablag‘lar aylanishi sekinlashgan bo‘lsa, bu aylanma 
mablag‘lar yetishmasligini va xo‘jalik faoliyatni davom ettirish uchun tashqi 
manbalardan foydalanib, aylanma mablag‘larini to‘ldirish lozimligini bildiradi.
Odatda 
aylanma 
mablag‘lar 
aylanishining 
tahlilida 
quyidagi 
ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: 
-
aylanma mablag‘lar aylanish koeffitsiyenti; 
-
aylanma mablag‘lar aylanish davri; 
-
aylanma mablag‘lar aylanish salmog‘i koeffitsiyenti. 
Mazkur ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibini quyidagi jadvalda keltirib 
o‘tamiz (6.22-jadval). 
6.22-jadval 
Aylanma mablag‘lar aylanishining tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar 
va ularni aniqlash tartibi 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Aniqlash tartibi 
Izoh 

Aylanma mablag‘lar 
aylanish koeffitsiyenti 
K
a
= SST / UAM 
Bunda: SST – mahsulot (ish, xizmat)lar 
sotishdan sof tushum, UAM – aylanma 
mablag‘lar o‘rtacha yillik qiymati 

Aylanma mablag‘lar 
aylanish davri 
K
d
= UAM × D / SST 
Bunda: D – hisobot davridagi kunlar 
soni 

Aylanma mablag‘lar 
aylanish salmog‘i 
koeffitsiyenti 
K
s
= UAM / SST 

6.22-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, aylanma mablag‘lar aylanishini 
ifodalovchi barcha ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatar 
ekan: 
-
mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan sof tushum summasining o‘zgarishi; 


161 
-
aylanma mablag‘lar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi. 
“Sharq” fermer xo‘jaligi moliyaviy hisobot ma’lumotlaridan foydalangan 
holda fermer xo‘jaligi aylanma mablag‘lari aylanishining tahlili yuqoridagi 
ko‘rsatkichlar orqali tahlil qilib o‘rganilganda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi 
(6.23-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin