R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-rasm. Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə124/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

7.1-rasm. Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 
 
Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimining birinchi guruhiga, 
ya’ni asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar guruhiga asosiy 
Asosiy vositalarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi 
Asosiy vositalar holatini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
Asosiy vositalar bilan 
ta’minlanish darajasini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
Asosiy vositalar 
samaradorligini 
ifodalovchi ko‘rsatkichlar 


172 
vositalarning umumiy mablag‘lardagi hissasi, asosiy vositalarning eskirish 
koeffitsiyenti, asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsiyenti, asosiy vositalarni 
yangilanish koeffitsiyenti va asosiy vositalarni chiqib ketish koeffitsiyenti kabi 
ko‘rsatkichlar kiradi. Mazkur ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi quyidagi 
jadvalda keltirilgan (7.3-jadval). 
7.3-jadval 
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Aniqlash tartibi 
Izoh 

Asosiy vositalarning 
umumiy 
mablag‘lardagi hissasi 
(Ka) 
Ka = AV / B 
Bu yerda: AV – asosiy vositalarning 
o‘rtacha yillik qiymati, B – balans 
aktivi jami 
Bu asosiy vositalar qiymati 
umumiy mablag‘larning qancha 
qismini 
tashkil 
etishini 
ko‘rsatadi 

Asosiy vositalarning 
eskirish koeffitsiyenti 
(Ke) 
Ke = AVe / AVb 
Bu yerda: AVe – asosiy vositalarning 
eskirish qiymati, AVb – asosiy 
vositalarning boshlan-g‘ich qiymati 
Bu asosiy vositalar boshlang‘ich 
qiymatining 
qancha 
qismi 
eskirib, 
xarajatlarga 
o‘tkazilganligini bildiradi 

Asosiy vositalarning 
yaroqlilik 
koeffitsiyenti (Kyak) 
Kyak = AVq / AVb 
Bu 
yerda: 
AVq 
– 
asosiy 
vositalarning qoldiq qiymati, AVb – 
asosiy vositalarning boshlang‘ich 
qiymati 
Bu ko‘rsatkich asosiy vositalar 
boshlang‘ich 
qiymatining 
qancha 
qismi 
xarajatlarga 
o‘tkazilgan-ligini, ya’ni qoldiq 
qiymatini ifodalaydi 

Asosiy vositalarning 
yangilanish 
koeffitsiyenti (Kya) 
Kya = AVya / AVb
yo 
Bu yerda: AVya – yangidan qabul 
qilingan asosiy vositalar qiymati, 
AVb
yo
– asosiy vosita-larning yil 
oxiridagi boshlang‘ich qiymati 
Bu ko‘rsatkich hisobot davrida 
yangidan qabul qilingan asosiy 
vositalarning 
yil 
oxiridagi 
umumiy 
asosiy 
vositalar 
qiymatidagi hissasini ifodalaydi 

Asosiy vositalarning 
chiqib ketish 
koeffitsiyenti (Kch) 
Kch = AVch / AVb
yb 
Bu yerda: AVch – hisobot davrida 
chiqib 
ketgan 
asosiy 
vositalar 
qiymati, 
AVb
yb
– 
asosiy 
vositalarning 
yil 
boshidagi 
boshlang‘ich qiymati 
Bu asosiy vositalarning hisobot 
davrida qancha qismi hisobdan 
chiqarilganligini ifodalaydi. 
Mazkur ko‘rsatkichlar barcha asosiy vositalar hamda ularning alohida turlari 
va guruhlari bo‘yicha tahlil qilib o‘rganiladi va o‘zgarish sabablari ko‘rib chiqilib, 
tegishli xulosalar shakllantiriladi. 
Asosiy vositalar holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlil qilib o‘rganilar 
ekan, birinchi navbatda ularning texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni 
o‘rgangan holda baho berib borish lozim. Chunki, asosiy vositalar tarkibida yil 
davomida o‘zgarishlar ro‘y beradi. Ya’ni yangi asosiy vositalarni qabul qilinishi 
tufayli asosiy vositalar turi va qiymati ortib boradi hamda eskirgan asosiy 


173 
vositalarni hisobdan chiqarish tufayli asosiy vositalar kamayishi mumkin. Bu esa, 
asosiy vositalar texnik holatini tahlil etishimizni taqozo etadi. 
Asosiy vositalar texnik holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar quyidagi 
ko‘rsatkichlar hisoblanadi: 
-
asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti; 
-
asosiy vositalarning yaroqlilik koeffitsiyenti. 
Bu ko‘rsatkichlarni aniqlash tartibi yuqoridagi 7.3-jadvalda keltirilgan. 
Mazkur ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligi ma’lumotlari asosida tahlil 
qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (7.4-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin