R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

7.4. Asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasining tahlili 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mahsulot (ish, xizmat)lar ko‘lamining 
oshishi ko‘p jihatdan uning asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasiga bog‘liq 
bo‘ladi. Chunki, ishlab chiqarish jarayonining asosiy vositalar bilan yetarli 
darajada ta’minlanishi mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish hajmini oshishiga 
bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Shu sababli, xo‘jalik yurituvchi subyektlarda asosiy 
vositalar holatini o‘rganish bilan birga ular bilan ta’minlanish darajasi ham tahlil 
qilib o‘rganiladi. 
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
bo‘lib, asosiy vositalar bilan ta’minlanish koeffitsiyenti va asosiy vositalar bilan 
qurollanish koeffitsiyenti ko‘rsatkichlari hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkichlar va 
ularni aniqlash tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan (7.6-jadval). 


176 
7.6-jadval 
Asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar 
va ularni aniqlash tartibi 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Aniqlash tartibi 
Izoh 

Asosiy vositalarning 
bilan ta’minlanish 
koeffitsiyenti (Kt) 
Kt = AV / TB 
Bu yerda: AV – asosiy vositalarning 
o‘rtacha yillik qiymati, TB – 
taqsimlash bazasi 
Bu 
ko‘rsatkich taqsimlash 
bazasi birligiga nisbatan to‘g‘ri 
keladigan 
asosiy 
vositalar 
hajmini ifodalaydi 

Asosiy vositalar bilan 
qurollanish 
koeffitsiyenti (Kq) 
Kq = AV / X 
Bu yerda: AV – asosiy vositalarning 
o‘rtacha yillik qiymati, X – 
xodimlarning o‘rtacha yillik soni
Bu ko‘rsatkich bir xodim 
hisobiga 
to‘g‘ri keladigan 
asosiy 
vositalar 
hajmini 
ifodalaydi 
Asosiy 
vositalar 
bilan 
ta’minlanganlik 
darajasini 
ifodalovchi 
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishini tahlil qilish uchun hisobot yilidagi ko‘rsatkichlarni 
o‘tgan (reja) ko‘rsatkichlari bilan solishtirilib, o‘zgarishi aniqlanadi va ularning 
o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar aniqlanib, hisob-kitob qilinadi hamda 
ta’minlanish darajasini oshirish imkoniyatlari ko‘rsatib beriladi. 
Mazkur ko‘rsatkichlar tahlilini “Sharq” fermer xo‘jaligi ma’lumotlari 
asosida tahlil qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi
(7.7-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin