R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


 Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligining tahlili



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

7.5. Asosiy vositalardan foydalanish samaradorligining tahlili 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning asosiy vositalar bilan ta’minlanganlik 
darajasi ularni samaradorlik ko‘rsatkichlarini o‘rganish asosida to‘ldiriladi. Bu 
xo‘jalik faoliyati mavjud asosiy vositalarga faqat miqdor ko‘rsatkichlar bilan emas, 
balki uning sifat ko‘rsatkichlarini ham o‘rganish asosida baho beriladi. Chunki, 
xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy vositalar bilan yetarli darajada ta’minlangan 
bo‘lsada, biroq ulardan samarali foydalanilmasa, albatta uning xo‘jalik faoliyati 
samaradorligi pasayishiga olib keladi. Shu bois, asosiy vositalardan foydalanish 


179 
samaradorligi darajasini o‘rganish asosida mavjud imkoniyatlarni aniqlash 
moliyaviy tahlilda muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. 
Asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar sifatida asosiy 
vositalar rentabelligi, fond qaytimi, fond sig‘imi kabi ko‘rsatkichlar o‘rganiladi. 
Mazkur ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi quyidagi jadvalda keltirilgan
(7.8-jadval). 
7.8-jadval 
Asosiy vositalar samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni aniqlash 
tartibi 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Aniqlash tartibi 
Izoh 

Fond qaytimi 
(FQ) 
FQ = YaM / AV 
Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot, AV – 
asosiy vositalarning o‘rtacha yillik 
qiymati 
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik asosiy 
vositalar hisobiga ishlab chiqarilgan 
mahsulot hajmini bildiradi 

Fond sig‘imi 
(FS) 
FS = AV / YaM 
Bu yerda: YaM – yalpi mahsulot, AV – 
asosiy vositalarning o‘rtacha yillik 
qiymati 
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik yalpi 
mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan 
asosiy 
vositalar 
qiymatini 
ifodalaydi 

Asosiy vositalar 
daromadliligi 
(AD) 
AD = SST / AV 
Bu yerda: SST – mahsulot (ish, xizmat) 
sotishdan olingan sof tushum, AV – 
asosiy vositalarning o‘rtacha yillik 
qiymati
 
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik asosiy 
vositalar hisobiga olingan sof 
tushum summasini bildiradi 

Asosiy vositalar 
rentabelligi 
(AR) 
AR = SF / AV 
Bu yerda: SF – sof foyda, AV – asosiy 
vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
 
Bu ko‘rsatkich bir so‘mlik asosiy 
vositalar hisobiga olingan foyda 
summasini bildiradi 
Moliyaviy tahlilda asosiy vositalardan foydalanish samaradorligi ifodalovchi 
ko‘rsatkichlar tahlili ularning har bir turi bo‘yicha hisobot yilidagi ko‘rsatkichini 
o‘tgan yildagi ko‘rsatkichiga solishtirib o‘zgarishini aniqlab o‘rganishdan 
boshlanadi.
Xususan, mazkur ko‘rsatkichlarni “Sharq” fermer xo‘jaligi misolida tahlil 
qilib o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (7.9-jadval). 
7.9-jadvalda “Sharq” fermer xo‘jaligida asosiy vositalardan foydalanish 
samaradorligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlili keltirilgan. Unga ko‘ra fermer 
xo‘jaligida fond qaytimi o‘tgan yili 9,4 ming so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich hisobot yilida 8,1 ming so‘mga teng bo‘lgan. Demak, hisobot yilida 
o‘tgan yilga nisbatan fond qaytimi darajasi, ya’ni 1000 so‘mlik asosiy vosita 
hisobiga yetishtirilgan yalpi mahsulot hajmi 1,3 ming so‘mga yoki 14 foizga 


180 
kamaygan. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin