R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə137/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

2279 
BALANS
62588 
BALANS
62588 
8.2-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida 
o‘rganilayotgan davrda jami debitorlik qarzlari 24685 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, 
jami kreditorlik qarzlar esa 22406 ming so‘mni tashkil etgan. Ya’ni, debitorlik 
qarzlari kreditorlik qarzlaridan 2279 ming so‘mga ko‘p bo‘lgan. Shu bilan birga, 
ushbu qarzlar tarkibida muddati o‘tgan qarzlar o‘rganilayotgan davrda mavjud 
emas. Bunday natijalarni nisbatan ijobiy holat sifatida baholash mumkin.


191 
Fermer xo‘jaligining debitorlik qarzlarini asosiy qismi “Xaridorlar va 
buyurtmachilarning qarzi” 11401 ming so‘mni, “Mol yetkazib beruvchi va 
pudratchilarga berilgan bo‘naklar” 6891 ming so‘mni va “Boshqa debitorlik 
qarzlari” 3938 ming so‘mni tashkil etmoqda. Shuningdek, kreditorlik qarzlari 
tarkibiga ham e’tibor beradigan bo‘lsak, uning asosiy qismini “Mol yetkazib 
beruvchilar va pudratchilardan qarzlar” 4657 ming so‘mni, “Olingan bo‘naklar” 
4945 ming so‘mni, “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz” 4614 ming so‘mni, 
“Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarz” 3890 ming so‘mni va 
“Mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarz” 3395 ming so‘mni tashkil qilmoqda.
Bu shundan dalolat beradiki, fermer xo‘jaligida to‘lov imtizomi yaxshi 
yo‘lga qo‘yilmagan. Ayniqsa, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar oldidagi 
qarzlar, davlat byudjeti oldida soliq va yig‘imlar, maqsadli davlat fondlariga 
to‘lovlar va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha qarzlar yetarli darajada amalga 
oshirilmagan. Buning oqibatida fermer xo‘jaligiga nisbatan kelgusida iqtisodiy 
jarima va moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishi mumkin. Bu esa, fermer xo‘jaligining 
moliyaviy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
 
Umuman olganda, “Sharq” fermer xo‘jaligi rahbariyati debitorlik qarzlarni 
kamaytirish, ya’ni undirish, ularni nazorat qilish choralarini va kreditorlik 
majburiyatlarni qisqartirish, ya’ni to‘lash choralarini ko‘rishi lozim. Aks holda, bu 
fermer xo‘jaligining moliyaviy holati yomonlashishiga olib kelishi mumkin. 
Shu o‘rinda bir savol tug‘iladi. Xo‘sh debitorlik va kreditorlik qarzlari 
qanday yuzaga keladi. Ularning kelib chiqish sabablari nima? 
To‘g‘ri yuqorida debitorlik va kreditorlik qarzlari bevosita xo‘jalik 
yurituvchi subyekt bilan boshqa xo‘jalik subyekti o‘rtasidagi o‘zaro hisob-
kitoblardan kelib chiqadi deb ta’kidlab o‘tdik. Endi, ushbu o‘zaro hisob-kitob 
muomalalariga kengroq to‘xtalib o‘tmoqchimiz. Ya’ni, debitorlik va kreditorlik 
qarzlarining qanday yuzaga kelishini bayon qilamiz. 
Debitorlik qarzlari xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan xaridor va 
buyurtmachilar o‘rtasida mahsulot (ishlar, xizmatlar)lar yetkazib berish yoki 


192 
xizmat ko‘rsatish munosabatlarida, alohida bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik 
jamiyatlari bilan o‘zaro hisob-kitob munosabatlarida, xodimlar bilan berilgan 
mehnat haqi ko‘rinishidagi, xizmat safari, umumxo‘jalik xarajatlari uchun hisobdor 
shaxslarga va xodimlarga berilgan boshqa bo‘naklar ko‘rinishidagi o‘zaro hisob-
kitob munosabatlarida, mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga tovar-moddiy 
zaxiralar, uzoq muddatli aktivlar uchun berilgan bo‘nak to‘lovlari ko‘rinishida, 
byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari hamda 
maqsadli davlat jamg‘armalariga va sug‘urtalar bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari 
ko‘rinishida, ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi 
ko‘rinishidagi, xodimlarning kreditga sotilgan tovarlar, berilgan qarzlar, moddiy 
zararni qoplash va boshqa xodimlarning qarzlari ko‘rinishida hamda boshqa turli 
debitorlar bilan bo‘ladigan munosabatlarda yuzaga keladi. 
Kreditorlik qarzlari esa, xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan mol yetkazib 
beruvchi va pudratchilar o‘rtasida yetkazib berilgan mahsulotlar, bajarilgan ish va 
ko‘rsatilgan xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha hisob-kitob munosabatlarida, 
sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari bilan o‘zaro hisob-kitob munosabatlarida, 
byudjetga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, davlatning maqsadli 
jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitob munosabatlari, xodimlar bilan 
mehnatga haq to‘lash bo‘yicha o‘zaro munosabatlarda va turli kreditorlar bilan 
hisob-kitob munosabatlari orqali vujudga keladi. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlarining kelib chiqish bo‘yicha quyidagi asosiy 
sabablarni keltirish mumkin: 
-
 
o‘zaro hisob-kitoblarda tomonlarning to‘lov qobiliyatiga ega emasligi; 
-
 
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda mulk va unga egalik qilish hissining 
pastligi; 
-
 
o‘zaro hisob-kitoblarda shartnomaviy munosabatlarning yaxshi yo‘lga 
qo‘yilmaganligi; 
-
 
hisob-kitob muomalalari o‘z vaqtida hisobga olinmaganligi; 
-
 
tomonlardan birining amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan 


193 
qoidalarni to‘g‘ri talqin qilolmasligi; 
-
 
hisob-kitoblar zamonaviy shakllari cheklanganligi. 
Shuningdek, moliyaviy tahlilda muddati uzaytirilgan debitorlik va 
kreditorlik qarzlarining yuzaga kelishiga ham alohida ahamiyat beriladi. Chunki, 
muddati o‘tkazib yuborilgan qarzlar xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy 
barqarorligining buzilishiga, moliyaviy holatining yomonlashuviga olib kelishi 
mumkin. 
Ma’lumki, amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga ko‘ra debitorlik va 
kreditorlik qarzlarini undirib olish muddati 3 oy yoki 90 kalendar kun qilib 
belgilangan. Ushbu belgilangan muddatdan keyin debitorlik va kreditorlik qarzlari 
nazoratga olinishi hamda ularning holati bo‘yicha qonunchilikda ko‘zda tutilgan 
javobgarlik shartlari (ma’muriy va moliyaviy) belgilanishi zarur. 
Debitorlik va kreditorlik qarzlarini hisobdan chiqarish muddati sifatida 
xo‘jalik yurituvchi subyekt bilan boshqa yuridik shaxslar o‘rtasida ham, jismoniy 
shaxslar o‘rtasida ham 3 yil muddat qilib belgilangan. Ushbu muddatda 
to‘lanmagan yoki undirib olinmagan qarzlar xo‘jalik yurituvchi subyektning foyda 
va zararlariga olib boriladi. Muddati o‘tgan debitorlik va kreditorlik qarzlarini 
foyda va zararlar qatoriga olib borish shartlari amaldagi normativ-huquqiy 
hujjatlarda qat’iy belgilangan. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin