R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  “Sharq” fermer xo‘jaligini asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasining



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə128/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

7.7-jadval 
“Sharq” fermer xo‘jaligini asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasining 
tahlili 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
O‘tgan 
yil 
Hisobot 
yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 

Asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati, ming 
so‘mda 
83432 
101185 
+17753 

Ekin maydoni, ga 
300 
300 


Ishlab chiqarish xodimlari soni, kishi 
63 
65 
+2 

Asosiy vositalar bilan ta’minlanish darajasi, ming 
so‘m 
278 
337 
+59 

Asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi, ming 
so‘m 
1324 
1557 
+233 
7.7-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “Sharq” fermer xo‘jaligida asosiy 
vositalar bilan ta’minlanish darajasi o‘tgan yili 278 ming so‘m bo‘lgan bo‘lsa, bu 
ko‘rsatkich hisobot yilida 337 ming so‘mni tashkil qilgan. Demak, hisobot yilida 
ushbu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 59 ming so‘mga ko‘paygan. 
Fermer xo‘jaligida asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi esa o‘tgan yili 


177 
1324 ming so‘mni tashkil qilgan bo‘lsa, hisobot yilida 1557 ming so‘mga teng 
bo‘lgan. Ya’ni, o‘tgan yilga nisbatan bu ko‘rsatkich 233 ming so‘mga ko‘paygan. 
Albatta, fermer xo‘jaligida asosiy vositalar bilan ta’minlanish va qurollanish 
darajalarining o‘tgan yilga nisbatan ko‘payishini ijobiy holat sifatida baholash 
mumkin. Biroq, ushbu o‘zgarishlarni sabablarini omilli tahlil qilish orqali aniqlash 
lozim. Chunki, bunday o‘zgarishga qanday omillar ta’sir ko‘rsatganini o‘rganish 
asosida ularning ta’sir darajalarini aniqlash moliyaviy tahlilda muhim ahamiyatga 
ega hisoblanadi. Shu bois, ushbu ko‘rsatkichlardan biri bo‘lgan asosiy vositalar 
bilan qurollanish darajasi va uning o‘zgarishiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar tahliliga 
to‘xtalib o‘tamiz. 
Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, asosiy vositalar bilan qurollanish 
koeffitsiyenti asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatini xodimlarning o‘rtacha yillik 
soniga bo‘lish orqali aniqlanadi. Aniqlangan natija bir xodim hisobiga to‘g‘ri 
keladigan asosiy vositalar hajmini ifodalaydi. Bu bog‘lanishni quyidagicha 
matematik formula ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
Kq = AV / X, (7.1) 
Bunda: Kq – asosiy vositalar bilan qurollanish koeffitsiyenti; AV – asosiy vositalarning 
o‘rtacha yillik qiymati; X – xodimlarning o‘rtacha yillik soni. 
Ushbu formuladan ko‘rinadiki, asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi 
(koeffitsiyenti)ning o‘zgarishiga quyidagi ikki omil ta’sir ko‘rsatadi: 
-
asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘zgarishi; 
-
xodimlarning o‘rtacha yillik sonining o‘zgarishi. 
Mazkur omillarning ta’sirini “Qayta hisoblash” usuli orqali aniqlash 
mumkin. Buning uchun fermer xo‘jaligida shartli bir xodimga to‘g‘ri keladigan 
asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatini aniqlab olish zarur. Shartli 
ko‘rsatkichni aniqlash uchun hisobot yilidagi asosiy vositalar o‘rtacha yillik 
qiymatini o‘tgan yildagi xodimlar o‘rtacha yillik soniga bo‘lish kerak: 
Kq
sh
= AV
1
/ X
0
= 101185 / 63 = 1606 ming so‘m. 
Shundan 
so‘ng, 
asosiy 
vositalar 
bilan 
qurollanish 
darajasi 
(koeffitsiyenti)ning o‘zgarishiga omillar ta’sirini hisob-kitob qilib aniqlashimiz 


178 
mumkin. Ya’ni, fermer xo‘jalikda asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi 
(koeffitsiyenti)ning o‘zgarishiga asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining 
o‘zgarishining ta’sirini aniqlash uchun shartli ko‘rsatkichdan uning o‘tgan yildagi 
ko‘rsatkichini chegirib tashlash kerak: 
∆K
AV
= (AV
1
/ X
0
) – (AV
0
/ X
0
) = 1606 – 1324 = +282 ming so‘m. 
Demak, asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymatining o‘tgan yilga 
nisbatan 17753 ming so‘mga ko‘payishi bir xodimga to‘g‘ri keladigan asosiy 
vositalarning o‘rtacha yillik qiymatini 282 ming so‘mga ortishiga olib kelgan. 
Ikkinchi omil xodimlar o‘rtacha yillik sonining o‘zgarishini ta’sirini aniqlash 
uchun hisobot yilidagi ko‘rsatkichdan shartli ko‘rsatkichni chegirib tashlash lozim: 
∆K
X
= (AV
1
/ X
1
) – (AV
1
/ X
0
) = 1557 – 1606 = -49 ming so‘m. 
Hisob-kitoblardan ko‘rinadiki, xodimlar o‘rtacha yillik sonining o‘tgan yilga 
nisbatan 2 kishiga ko‘payishi, bir xodimga to‘g‘ri keladigan asosiy vositalarning 
o‘rtacha yillik qiymatini 49 ming so‘mga kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan. Shunday 
bo‘lsada, o‘tgan yilga nisbatan asosiy vositalar o‘rtacha yillik qiymatining o‘sish 
salmog‘ining yuqori bo‘lganligi, mazkur kamayish qiymatini to‘liq qoplagan holda 
fermer xo‘jaligida xodimlarning asosiy vositalar bilan qurollanish darajasi o‘tgan 
yilga nisbatan 233 ming so‘mga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan. Bunday 
ko‘rsatkichni fermer xo‘jaligi faoliyati uchun ijobiy holat sifatida baholashimiz 
mumkin. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin