R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil


-jadval  Asosiy vositalarning tasniflanishi



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

7.1-jadval 
Asosiy vositalarning tasniflanishi 
№ 
Tasniflash belgisi 
Ko‘rsatkichlar 

Asosiy vositalarning iqtisodiy 
mazmuni bo‘yicha 
-yer 
- binolar 
- inshootlar 
- uzatuvchi moslamalar 
- mashina va asbob uskunalar 
- mebel va ofis jihozlari 
- kompyuter jihozlari va hisoblash texnikasi 
- transport vositalari 
- ishchi va mahsuldor hayvonlar 
- ko‘p yillik ekinlar 
- ishlab chiqarish inventarlari va boshqa asosiy 
vositalar 
Asosiy vositalarning ishlab 
chiqarishda qatnashishi bo‘yicha 
- ishlab chiqarish faoliyatidagi asosiy vositalar 
- noishlab chiqarish faoliyatidagi asosiy vositalar 

Asosiy vositalardan foydalanish 
jarayonida qatnashuviga ko‘ra 
- foydalanishdagi asosiy vositalar 
- foydalanishdan olib qo‘yilgan (konservasiya 
qilingan) asosiy vositalar 
3 Asosiy vositalarning ishlab chiqarish 
jarayonidagi qatnashishi bo‘yicha 
- aktiv asosiy vositalar 
- passiv asosiy vositalar 

Asosiy vositalarning mulkiy 
egaligiga ko‘ra 
- o‘ziga tegishli asosiy vositalar 
- ijaraga olingan asosiy vositalar 
Bundan tashqari yana boshqa xususiyatlari bo‘yicha ham asosiy vositalarni 
tasniflash mumkin. 
Asosiy vositalar tarkibi ko‘rib chiqilgandan so‘ng, uning tarkibiy tuzilishiga 
baho beriladi. Ya’ni, asosiy ishlab chiqarish faoliyatida foydalanyotgan asosiy 
vositalarning jami asosiy vositalardagi salmog‘i, noishlab chiqarish faoliyatida 
foydalanilayotgan asosiy vositalar salmog‘i, ularning tarkibida mavjud bo‘lgan 
asosiy vosita turlari bo‘yicha har birining salmog‘i o‘rganiladi. 
O‘z navbatida asosiy vositalarning tarkibi, ularning tuzilishini o‘rganish 
bilan bir qatorda dinamik o‘zgarishlariga ham baho berib boriladi. Asosiy 


170 
vositalarning dinamikasi deganda ularning davrlar (yillar) bo‘yicha o‘zgarishlari 
tushuniladi. Dinamik o‘zgarishlar asosida xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy 
vositalari yillar bo‘yicha mutloq va nisbiy o‘zgarishlariga baho beriladi. Quyidagi 
jadval ma’lumotlari asosida “Sharq” fermer xo‘jaligining asosiy vositalari 
tarkibiga, tuzilishiga va dinamik o‘zgarishiga baho berish mumkin (7.2-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin