O’qitishning interfaol metodlari Reja



Yüklə 1,25 Mb.
səhifə1/8
tarix23.05.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#120400
  1   2   3   4   5   6   7   8
Interfaol ta’lim metodlari


O’qitishning interfaol metodlari


Reja;



  1. Zamonaviy ta’lim-tarbiya – jamiyat taraqqiyotining muhim asosi

  2. Interfaol ta’lim metodlari

  3. Ayrim interfaol ta’lim metodlarining turli shakllardag

  4. O’qitishning interfaol usullari



Zamonaviy ta’lim-tarbiya – jamiyat taraqqiyotining muhim asosi
Istiqlol yillarida mamlakatimizda ta’lim tizimi tubdan isloh etilib, ertangi kunimizning munosib davomchilari bo‘lgan barkamol avlodni voyaga yetkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida qabul qilingan sohaga oid qonunlar, farmonlar, davlat dasturlariga binoan ko‘plab ta’lim muassasalari yangidan qurildi, ta’mirlandi, eng zamonaviy o‘quv anjomlari bilan ta’minlandi.

Mamlakatimizdagi maktabgacha ta’lim muassasalarida olib borilayotgan islohotlar, umumta’lim maktablarida ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishning zamonaviy usullari, kelgusidagi rejalar xususida O‘zA muxbiri O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirining birinchi o‘rinbosari Baxtiyor Doniyorov bilan suhbatlashdi.


– O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ota-onalar, pedagoglar, butun xalqimizni mamnun etdi. Mazkur qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?


– 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan keng ko‘lamli kompleks tadbirlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadigan mazkur qaror hech kimdan kam bo‘lmagan navqiron avlodning har tomonlama sog‘lom, yuksak ma’naviyatli bo‘lib kamol topishi yo‘lidagi muhim hujjatdir. Unda bolalarni maktabga tayyorlash darajasini tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta’lim dasturlarini tatbiq etish, bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish belgilangan. 2200 maktabgacha ta’lim muassasasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, qishloq joylarda yangi maktabgacha ta’lim muassasalari qurish, ularni zamonaviy talablarga javob beradigan inventar, jihozlar, o‘quv-metodik qo‘llanma va multimediali vositalar bilan ta’minlash rejalashtirilgan. Yangi loyiha asosida bunyod etiladigan muassasalarda qulay sharoitga ega yozgi ayvonchalar, suzish basseynlarini qurish ko‘zda tutilgan. Ushbu tadbirlarni amalga oshirish uchun jami 2,2 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.


Dastur doirasida 5-6 yoshli bolalarni maktab ta’limiga tayyorlash bo‘yicha muqobil shakllarni yaratish va rivojlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshiriladi. Mamlakatimiz maktabgacha ta’lim muassasalarida 6 ming 100 qisqa muddatli guruh tashkil etiladi. Ularni, birinchi navbatda, qishloq joylarda tashkil etishga e’tibor qaratiladi. Bunday guruhlarda maktabgacha yoshdagi bolalar uchun turli rivojlantiruvchi amaliy mashg‘ulotlar olib boriladi. Shu asosda har yili 305 mingdan ortiq 5-6 yoshdagi bolani maktab ta’limiga tayyorlash imkoniyati yaratiladi.


Bundan tashqari, maktabgacha ta’limga qamrab olinmagan 3-6 yoshli bolalarning ota-onalarini metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash va ular bilan tushuntirish ishlarini olib borish orqali maktab ta’limiga tayyorlashning muqobil tizimi ham joriy etiladi. Qaror bilan belgilangan kompleks tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi 1,5 barobarga oshadi. 2021-yilga kelib mamlakatimizda maktabgacha ta’lim muassasalari 1 million 109 mingdan ortiq bolani qamrab olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.


2017-yilda ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalangan holda maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimi uchun muqobil dasturlar ishlab chiqilib, amaliyotga tatbiq qilinadi. Yangilangan dasturlar bolalarni maktabga yanada sifatli tayyorlashga, ularning intellektual qobiliyati va mantiqiy fikrlash salohiyatini yuksaltirishga, oldingidan farqli ravishda yozish va o‘qishni yanada yaxshiroq o‘rganishiga xizmat qiladi.


– Prezidentimiz mamlakatimizni 2016-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017-yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasida o‘quv reja va dasturlarni tubdan qayta ko‘rib chiqish masalasiga alohida e’tibor qaratdi. Bu boradagi vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan rejalashtirilayotgan ishlar xususida ham to‘xtalsangiz.


– Fan va texnika yutuqlarini, zamonaviy axborot texnologiyalari yangiliklarini inobatga olgan holda umumta’lim maktablari va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari uchun 18 umumta’lim fanidan davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari takomillashtirildi. Ushbu davlat ta’lim standartlari asosida bosqichma-bosqich darslik va o‘quv-metodik majmualarning yangi avlodini ishlab chiqish ko‘zda tutilmoqda.


Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlarini takomillashtirishda umume’tirof etilgan xalqaro me’yorlardan keng foydalaniladi.


Ta’lim mazmuni umumiy o‘rta ta’limning o‘quv dasturlariga kiritilgan mavzular asosida ta’limning barcha turlarida uzviylik, uzluksizlik va davriylikni ta’minlaydi. O‘qituvchi, o‘quvchi va ota-onalar uchun o‘quv-metodik materiallar, multimediali axborot-ta’lim resurslari ishlab chiqilib, o‘quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etiladi.


Ta’lim-tarbiya jarayoniga prinsipial yangi yondashuvning joriy etilishi orqali o‘quvchilarda olgan bilimlarini amaliyotda to‘g‘ri qo‘llay olish, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lish, mustaqil ijodiy fikrlash kabi ko‘nikmalar rivojlantiriladi.


– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 7-fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi farmoni bilan taraqqiyotimizning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan ustuvor yo‘nalishlari aniq belgilab berildi. Harakatlar strategiyasi ijrosi doirasida ta’lim tizimida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar, belgilangan vazifalar haqida ma’lumot bersangiz.


– Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning besh ustuvor yo‘nalishi – davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish, qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish, ijtimoiy sohani taraqqiy ettirish, xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish bo‘yicha aniq, hayotiy islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari belgilab berilgan. Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yo‘nalishdan to‘rtinchisi ijtimoiy sohani rivojlantirishga qaratilgan. Aholi farovonligini ta’minlash, bandlik, salomatlikni muhofaza qilish, uy-joy masalalari qatoridan ta’lim-tarbiya tizimini taraqqiy ettirish masalasi ham o‘rin olgan.


Farmonga binoan ta’lim va ilm-fan sohasini yanada rivojlantirish borasida kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Bunda xalq ta’limi tizimida keng islohotlarni amalga oshirish orqali ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, yangi maktab binolari barpo etish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, ularni zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va o‘quv-metodik qo‘llanmalar bilan to‘liq ta’minlash kabi qator masalalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan. Umumiy o‘rta ta’lim sifatini tubdan oshirishda qator fanlar, jumladan, chet tillar, matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya fanlarini chuqurlashtirilgan tarzda o‘qitishga alohida e’tibor qaratiladi.


– Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturi doirasidagi vazifalar ijrosi, ya’ni ota-onalar, pedagoglar bilan muloqot, ularni qiynayotgan muammolarni aniqlash va o‘z vaqtida hal etish masalalari xalq ta’limi tizimida qanday amalga oshiriladi?


– Xalq ta’limi vazirligi jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlash, xususan, har bir fuqaroning axborot olishga bo‘lgan qonuniy huquqlarini ta’minlash masalasiga doimiy e’tibor qaratib kelmoqda. Xalq ta’limi vazirligi faoliyatining ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash, yurtdoshlarimizning sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan ko‘rib chiqish, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatchilik fikrini o‘rganish maqsadida 1006 qisqa raqamli “ishonch telefoni”dan tashqari, 2016-yilning 28-noyabridan xalq ta’limi vazirining virtual qabulxonasi (www.vazir.uzedu.uz) ishga tushirildi.


Xalq ta’limi vazirligiga, shu jumladan, virtual qabulxonaga murojaatlar amaldagi qonun talablari asosida qabul qilinib, o‘rnatilgan tartibda va qonun bilan belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqilmoqda. Raqamlarni tahlil etadigan bo‘lsak, 2016-yilda Xalq ta’limi vazirligiga fuqarolardan 5,5 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Shuning 1 ming 218 tasi Bosh vazirning virtual qabulxonasi orqali kelgan. 3 ming 764 murojaatga o‘rnatilgan tartibda javob qaytarildi, 1 ming 481 murojaat bo‘yicha fuqarolarga tushuntirish ishlari berildi. 380 murojaat o‘rganilmoqda, 151 tasi asosli rad etildi.


Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari vazirlik rahbariyatining doimiy nazoratiga olingan bo‘lib, ishlab chiqarish va hay’at yig‘ilishlarida murojaatlar hamda ularda ko‘tarilayotgan muammolar muhokama qilib borilmoqda. Murojaatlar mazmuni tahlil etilib, eng ko‘p ariza, shikoyat va takliflar kelib tushayotgan masalalar – ish bilan ta’minlash, ta’lim muassasasiga o‘qishga kirish va joylashtirish, maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati, ta’lim-tarbiya mazmunini takomillashtirish, maktablarda dars taqsimoti bo‘yicha muammolarning oldini olish choralari ko‘rilayotir. Murojaatlar geografiyasi tahlil qilinib, murojaatlar nisbatan ko‘p kelib tushayotgan hududlarda “Sayyor qabul kunlari”, “Ochiq eshiklar kuni” kabi tadbirlar o‘tkazilmoqda.




Interfaol ta’lim metodlari


Hozirgi vaqtda ta’lim jarayonida o’qitishning zamonaviy metodlari keng qo’llanilmoqda. O’qitishning zamonaviy metodlarini qo’llash o’qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Bu metodlarni har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq. An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda uni ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan turli-tuman metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish darajasi o’sishiga olib keladi.
Bugungi kunda bir qator rivojlangan mamlakatlarda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini kafolatlovchi zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash borasida katta tajriba asoslarini tashkil etuvchi metodlar interfaol metodlar nomi bilan yuritilmoqda. Interfaol ta’lim metodlari hozirda eng ko’p tarqalgan va barcha turdagi ta’lim muassasalarida keng qo’llanayotgan metodlardan hisoblanadi. Shu bilan birga, interfaol ta’lim metodlarining turlari ko’p bo’lib, ta’lim-tarbiya jarayonining deyarlik hamma vazifalarini amalga oshirish maqsadlari uchun moslari hozirda mavjud. Amaliyotda ulardan muayyan maqsadlar uchun moslarini ajratib tegishlicha qo’llash mumkin. Bu holat hozirda interfaol ta’lim metodlarini ma’lum maqsadlarni amalga oshirish uchun to’g’ri tanlash muammosini keltirib chiqargan.
Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag’batlantirib turilishi, o’quv materialini kichik-kichik bo’laklarga bo’lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo’naltiruvchi matn, loyiha, rolli o’yinlar kabi metodlarni qo’llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Interfaol metod biror faoliyat yoki muammoni o’zaro muloqotda, o’zaro bahs-munozarada fikrlash asnosida, hamjixdtlik bilan hal etishdir. Bu usulning afzalligi shundaki, butun faoliyat o’quvchi-talabani mustaqil fikrlashga o’rgatib, mustaqil hayotga tayyorlaydi.
O’qitishning interfaol usullarini tanlashda ta’lim maqsadi, ta’lim oluvchilarning soni va imkoniyatlari, o’quv muassasasining o’quv-moddiy sharoiti, ta’limning davomiyligi, o’qituvchining pedagogik mahorati va boshqalar e’tiborga olinadi.

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin