20
KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash
hamda innovatsion iqtisodiyotni barpo etish o‘z navbatida samarali uyg‘unlashgan
boshqaruvni talab etadi. Xususan, bu borada O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti
Sh.M.Mirziyoyev “... biz O‘zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirishni
maqsad qilib qo‘ygan ekanmiz, bunga faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va
innovasiya bilan erisha olamiz.
Buning uchun, avvalombor, tashabbuskor islohotchi bo‘lib
maydonga
chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini
tarbiyalashimiz zarur” deb ta’kidlab o‘tganlar
1
. Mazkur vazifaning ijrosini
ta’minlashda iqtisodiy fanlarni takomillashtirish va uning axborot ta’minotini
rivojlantirish
zaruriyatidan kelib chiqib, moliyaviy tahlil fanini mukammal
o‘rganish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Moliyaviy
tahlilning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatini
buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari orqali o‘tgan davrda,
tahlil
qilinayotgan vaqtda, erishilgan hamda kelgusida erishiladigan moliyaviy natijalar
va moliyaviy holatiga har tomonlama baho berish, shuningdek, xo‘jalik
faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab to‘g‘ri xulosalarni
shakllantirishdan
iborat.
Ushbu maqsadga erishishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifasi sifatida
xo‘jalik faoliyatini o‘rganish, uni yanada rivojlantirish, takomillashtirish,
mavjud
imkoniyatlardan
to‘liq foydalanish, erishilgan muvaffaqiyatlarni keng
jamoatchilikka ko‘rsata bilish va yo‘l quyilgan kamchiliklarning sabablarini
o‘rganish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli chora-
tadbirlarni ishlab chiqishga yordam berishdan iborat.
“Moliyaviy tahlil” fanidan tayyorlangan mazkur darslik 3 bo‘limdan iborat
bo‘lib, birinchi bo‘limi moliyaviy
tahlilning nazariy asoslariga, ikkinchi bo‘limi
moliyaviy tahlil va uchinchi bo‘limi esa agrar sohaning boshqa tarmoq korxonalari
1
Mirziyoyev Sh.M. “Azmu shijoatli xalqimiz tariximizning yangi sahifasini yaratishga qodir” nomli 2020 yil 24
yanvar kuni Oliy Majlisga navbatdagi Murojaatnomasi. “Xalq so‘zi” 2020 yil 25 yanvar, №19 (7521).
21
xo‘jalik faoliyatining tahliliga bag‘ishlangan. U 17 ta bobdan iborat bo‘lib,
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalarni o‘z ichiga oladi. Xususan, har bir
mavzu bo‘yicha nazorat savollari va testlari berilgan.
Darslikni tayyorlashda buxgalteriya hisobi va tahlil faoliyatiga doir
normativ-huquqiy hujjatlar, to‘plamlar va
boshqa tegishli manbalardan
foydalanildi. Darslikda keltirilgan buxgalteriya hisobi va hisoboti ma’lumotlari
shartli ravishda “Sharq” fermer xo‘jaligi, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan
jamiyat va Toshkent viloyati “Agrokimyohimoya” aksiyadorlik jamiyati (AJ)
ma’lumotlari sifatida olingan bo‘lib, rasmiy hisoblanmaydi. Mavzularni
o‘rganishda va yoritishda o‘quvchilarga tushunarli bo‘lishi uchun foydalanildi.
Darslik qo‘lyozmasini o‘qib, kamchiliklarini tuzatish hamda shakl va
mazmunini yaxshilash borasida bergan maslahatlari uchun taqrizchilar i.f.d.,
dotsent
K.R.Hotamov
va
i.f.n.,
dotsent
M.Yu.Raximovlarga
chuqur
minnatdorchiligimizni bildiramiz.
Mazkur darslik 5230900 – «Buxgalteriya hisobi va audit» bakalavriat ta’lim
yo‘nalishi talabalari va boshqa iqtisodiy yo‘nalishlarda
tahsil olayotgan talabalar
uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, darslik amaliyotdagi tadbirkorlar, iqtisodchi-
buxgalterlar va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarlari
uchun ham foydali deb
o‘ylaymiz.
Albatta, kitob kamchiliklardan holi bo‘lmasligi mumkin. Uni mazmun va
shakl jihatdan yaxshilash borasida bildiriladigan barcha fikr-mulohazalar va
takliflar uchun oldindan minnatdorchilik bildiramiz.
Mualliflar
Dostları ilə paylaş: