R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə239/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

14.9-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda ishlab chiqarilgan va sotilgan 
“A” mahsulot to‘g‘risida ma’lumot 
№ 
Ko‘rsatkichlar 
Hisobot yili 
O‘zgarishi 
(+;-) 
Reja 
Haqiqatda 

Ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori, dona 
30000 
28886 
-1114 

Sotilgan mahsulot miqdori, dona 
29855 
28791 
-1064 

Tovarlilik darajasi, % 
99,52 
99,67 
+0,15 

Bir birlik mahsulotning o‘rtacha sotish bahosi
so‘m 
5000 
5087 
+87 
14.9-jadval 
ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, “NAMUNA” mas’uliyati 
cheklangan jamiyatda rejaga nisbatan haqiqatda “A” turdagi sotilgan mahsulot 
miqdori 1064 donaga kamaygan. Albatta, bunday o‘zgarish jamiyat uchun ijobiy 
holat hisoblanmaydi. Ushbu o‘zgarishga omillar ta’sirini hisob-kitob qilib 
o‘rganganimizda quyidagi natijalarga ega bo‘lindi: 
- birinchi omil, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdorining rejaga nisbatan 
haqiqatda 1114 donaga kamayishi, sotilgan mahsulot miqdorini 1108 donaga 
kamayishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
±∆SM
m
= (M
1
– M
0
) × T
0
= (28886 – 30000) × 0,9952 = - 1108 dona 
Agar mahsulot ishlab chiqarish rejasi haqiqatda to‘liq bajarilganda edi, sotilgan 


333 
mahsulot miqdori 28791 dona emas, balki 29899 donani tashkil etgan bo‘lar edi. 
Mazkur imkoniyatdan “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyati hisobot 
davrida foydalana olmagan. 
- ikkinchi omil, tovarlilik darajasining rejaga nisbatan haqiqatda 0,15 foizga 
oshishi, sotilgan mahsulot miqdorini 44 donaga ko‘payishiga ta’sir ko‘rsatgan: 
±∆SM
t
= (T
1
– T
0
) × M
1
= (0,9967 – 0,9952) × 28886 = +44 dona 
Xuddi shunday tartibda sotilgan mahsulot fizik miqdori rejasi bajarilishining 
tahlili har bir mahsulot turi va umumiy korxona bo‘yicha ham amalga oshirilishi 
mumkin. 
Agarda hisobot yilida ishlab chiqarilgan mahsulot haqiqatda to‘liq 
sotilmagan taqdirda (bir qismi keyingi davrga o‘tganda), hisobot yilida sotilgan 
mahsulot miqdorining o‘zgarishiga quyidagi omillar ta’sir ko‘rsatadi: 
-
tayyor mahsulotning yil boshiga bo‘lgan qoldig‘ining o‘zgarishi
(T
yb1
- T
yb0
); 
-
hisobot yilida ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot hajmining o‘zgarishi
(TK
1
- TK
0
); 
-
tayyor mahsulotlarning boshqa sabablar bilan chiqib ketishi (TCh
1
- TCh
0

-
tayyor 
mahsulotning 
yil 
oxiriga 
bo‘lgan qoldig‘ining o‘zgarishi
(T
yo1
-T
yo0

Ushbu omillarning sotilgan mahsulot miqdorining (SM) o‘zgarishiga 
ta’sirini “Balansli bog‘lanish” usuli orqali aniqlash mumkin. Buning uchun 
avvalo tovar balansi tuziladi. Uni quyidagicha matematik formula (tovar balansi) 
ko‘rinishida ifodalash mumkin: 
TZ
yb
+ TK = SM + TCh + TZ
yo
, (14.4) 
Mazkur formulaga asosan har bir miqdorni qolganlarining algebrik yig‘indisi 
ko‘rinishida tasvirlash mumkin. Bunda sotilgan mahsulot miqdorini quyidagi 
funksional bog‘liqlikda ifodalash mumkin:
SM = TZ
yb
+ TK – TCh -TZ
yo
, (14.5) 
Yuqoridagi omillarning sotilgan mahsulot miqdoriga ta’siri “NAMUNA” 
mas’uliyati cheklangan jamiyat ma’lumotlari asosida tahlil qilib o‘rganganilganda 


334 
quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (14.10-jadval). 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   235   236   237   238   239   240   241   242   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin