R. D. Dusmuratov, A. S. Boltayev moliyaviy tahlil



Yüklə 5,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/307
tarix16.12.2023
ölçüsü5,36 Mb.
#181690
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   307
Молиявий таҳлил Дарслик қўлёзмаси

14.7-jadval 
“NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish 
maromiyligining tahlili 
O‘n kunliklar 
Mahsulot ishlab 
chiqarish, ming 
so‘m 
Mahsulot ulushi, % 
Maromiylik hisobiga 
ishlab chiqarilgan 
mahsulot 
Reja 
Haqiqatda 
Reja 
Haqiqatda 
Haqiqatda ishlab 
chiqarilgan 
mahsulotning 
rejaga nisbatan 
ulushi 
ming 
so‘m 
foizda 
I o‘n kunlik 
14000 
13468 
31,0 
28,0 
30,0 
13468 
30,0 
II o‘n kunlik 
15000 
16835 
33,0 
35,0 
37,0 
15000 
33,0 
III o‘n kunlik 16000 
17797 
36,0 
37,0 
40,0 
16000 
36,0 
Jami
45000 
48100 
100 
100 
107 
44468 
99 
14.7-jadval ma’lumotlari asosida “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan 
jamiyatning mahsulot ishlab chiqarish maromiyligiga baho berish mumkin. 
Ma’lumotlardan ko‘rinadiki, jamiyatda hisobot davrida mahsulot ishlab chiqarish 
maromiylik koeffitsiyenti 0,99 koeffitsiyentni tashkil etgan. Mahsulot ishlab 
chiqarish maromiyligining buzilishiga hisobot oyining birinchi o‘n kunligida 
rejada belgilangan 14000 ming so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi o‘rniga, 
haqiqatda 13468 ming so‘mlik, ya’ni 532 ming so‘m kam mahsulot ishlab 
chiqarilishi sabab bo‘lgan. Buning natijasida mahsulot ishlab chiqarish 
maromiyligi 0,01 (1-0,99) koeffitsiyentga bajarilmagan. Ya’ni, maromsizlik 
koeffitsiyenti 0,01 ga teng bo‘lgan.
Uni quyidagi tartibda hisob-kitob qilish asosida ham aniqlashimiz mumkin: 
K
ms 
= ((13436-14000)+(15000-15000)+(16000-16000)) : 45000 = -0,01 
Shunday bo‘lsada, “NAMUNA” mas’uliyati cheklangan jamiyatda hisobot 
oyining keyingi ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklari bo‘yicha mahsulot ishlab 
chiqarish rejalari ortig‘i bilan bajarilganligini ko‘rishimiz mumkin.
Variasiya koeffitsiyenti (K
v
) bir sutkalik (o‘n kunlik, oy, chorak) uchun 
rejada topshiriqdan o‘rtacha kvadrat chetga chiqishning o‘rtacha sutkalik (o‘rtacha 
o‘n kunlik, o‘rtacha oylik, o‘rtacha chorak) reja topshirig‘iga nisbati sifatida 
aniqlanadi: 


327 
K
v

√(𝑥− 𝑥)
2
/ 𝑛
𝑥
𝑟

√[ (13468−14000)
2
+ (16835−15000)
2
+ (17797− 16000)
2
]∶3
15000

1514,3
15000
= 0,1 
Bunda: 
(
x
 
— 
𝑥
)
2
 
— o‘rtacha o‘n kunlik topshiriqdan kvadratik chetga chiqish;

— jamlanadigan reja topshiriqlar soni; 
𝑥

— grafik bo‘yicha o‘rtacha o‘n kunlik topshiriq. 
Yuqoridagi 
hisob-kitoblardan 
ko‘rinadiki, 
variasiya 
koeffitsiyenti
0,1 koeffitsiyentni tashkil etadi. Bu o‘n kunliklar bo‘yicha mahsulot ishlab 
chiqarish rejasidan o‘rtacha 10 % ga chetga chiqayotganligidan dalolat beradi. 
Umuman olganda bunday natijalarni ijobiy baholasak bo‘ladi, chunki 
jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining buzilishi unchalik katta 
emas. Shunday bo‘lsada, jamiyat rahbariyati mahsulot ishlab chiqarish 
maromiyligini buzilishini oldini olish choralarini ko‘rishi lozim. Chunki, mahsulot 
ishlab chiqarish maromiyligining buzilishi mahsulot sifatining o‘zgarishiga, 
shartnomaviy majburiyatlarning o‘z vaqtida bajarilmasligiga, iqtisodiy jarimalar 
qo‘llanilishiga va mahsulot sotish hajmining o‘zgarishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi 
mumkin. 

Yüklə 5,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   307




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin