415
Ya’ni, sotish xarajatlari umumiy hajmi (SX) mutlaq ko‘rsatkichda,
sotish
xarajatlari darajasi (SXD) esa nisbiy ko‘rsatkich orqali ifodalanadi.
Sotish xarajatlari hajmining o‘zgarishiga yuqoridagi ikki omilning ta’sirini
«Ko‘rsatkichlar farqi» usuli yordamida aniqlaymiz. Ushbu usulda sotish xarajatlari
hajmining o‘zgarishiga omillar ta’siri quyidagicha aniqlanadi:
-
birinchi omil, ya’ni tovar aylanma hajmi o‘zgarishining ta’sirini aniqlash
uchun hisobot yilidagi haqiqiy tovar aylanma hajmidan (TA
1
) rejadagi yoki o‘tgan
yildagi tovar aylanma hajmini (TA
0
) chegirib tashlagan holda natijani rejadagi yoki
o‘tgan yildagi sotish xarajatlarining o‘rtacha darajasiga (SXD
0
) ko‘paytirish lozim:
±∆SX
TA
= (TA
1
– TA
0
) × SXD
0
-
ikkinchi omil, sotish xarajatlari o‘rtacha darajasi o‘zgarishining ta’sirini
aniqlash uchun esa hisobot yilidagi haqiqiy sotish xarajatlari o‘rtacha
darajasidan
(SXD
1
) rejadagi yoki o‘tgan yildagi sotish xarajatlari o‘rtacha darajasini (SXD
0
)
chegirish va natijani hisobot yilidagi haqiqiy tovar aylanmasi hajmiga (TA
1
)
ko‘paytirish kerak:
±∆SX
SXD
= (SXD
1
– SXD
0
) × TA
1
Shuni ta’kidlash lozimki, yuqoridagi omillar ta’sirining yig‘indisi natijaning
umumiy farqiga teng bo‘lishi lozim:
±∆SX = (±∆SX
TA
) + (±∆SX
SXD
)
Mazkur usul yordamida Toshkent viloyati «Agrokimyohimoya» AJda sotish
xarajatlari umumiy hajmining rejaga nisbatan o‘zgarishini
tahlil qilib
o‘rganganimizda quyidagi ma’lumotlarga ega bo‘lindi (17.9-jadval).
17.9-jadval
ma’lumotlaridan
ko‘rinadiki,
Toshkent
viloyati
«Agrokimyohimoya» AJda sotish xarajatlari reja bo‘yicha 409584 ming so‘mga
teng bo‘lgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich haqiqatda 449038 ming so‘mni tashkil qilgan.
Demak, sotish xarajatlarining umumiy hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 39454 ming
so‘mga oshgan. Bunday o‘zgarishga omillar ta’siri quyidagicha bo‘lgan:
birinchi omil, tovar aylanmasi hajmi rejaga nisbatan haqiqatda 149390 ming
so‘mga ko‘payishi, sotish xarajatlari umumiy hajmini 27637 ming so‘mga
416
oshishiga ta’sir ko‘rsatgan.
ikkinchi omil, sotish xarajatlari o‘rtacha darajasi
rejaga nisbatan haqiqatda
0,005 koeffitsiyentga yoki 0,5 foizga oshishi, sotish xarajatlari umumiy summasini
11817 ming so‘mga ko‘payishiga olib kelgan.
Dostları ilə paylaş: