48
2.2-rasm. Ko‘rsatkichlarning mazmuni bo‘yicha tasniflanishi
Miqdor ko‘rsatkichlarga bevosita ko‘rsatkichlar tizimida hajmni ifodalovchi
umumiy ko‘rsatkichlar kiradi. Xususan, mahsulot ishlab chiqarish (ish, xizmat)
hajmi, yer maydoni,
xodimlar soni, aholi soni kabi umumiy hajmni ifodalovchi
ko‘rsatkichlar kiradi.
Sifat ko‘rsatkichlariga esa moliya-xo‘jalik faoliyatining
samaradorligini
ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi. Bular jumlasiga mehnat unumdorligi, rentabellik,
daromadlilik, hosildorlik, samaradorlik kabi sifat ko‘rsatkichlari kiradi.
2.3. Ko‘rsatkichlarni foydalanish doirasi bo‘yicha tasniflash
Iqtisodiy jarayonlarni ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi
foydalanish doirasi
bo‘yicha ham tasniflanadi. Chunki, shunday ko‘rsatkichlar borki,
ular faoliyat
turidan qat’iy nazar barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarda bitta iqtisodiy
ko‘rsatkichni ifoda etadi.
Shuningdek, ayrim ko‘rsatkichlar ham borki,
ular faqat
ma’lum bir sohada qo‘llaniladi. Shu bois, ko‘rsatkichlarni foydalanish doirasi
bo‘yicha quyidagicha tasniflash mumkin (2.3-rasm):
Dostları ilə paylaş: