Respublikamiz Konstitutsiyasida mustaqillik sharofati tufayli so`z, matbuot va fikr erkinligini ta`minlashga
qaratilgan muhim qoidalar mustahkamlab qo`yildi. Ushbu konstitutsiyaviy qoidalarni ikki guruhga bo`lib
tasniflash mumkin.
Birinchi guruh
– fikr yuritish va so`z erkinligini inson va fuqaroning daxlsiz hamda ulardan sud qarorisiz
mahrum etishga yoki ularni cheklab qo`yishga hech kim haqli bo`lmagan shaxsiy huquq va erkinliklari
sifatida qaror toptiruvchi konstitutsiyaviy qoidalar.
Konstitutsiyaning
29-moddasi
da qayd etilganidek, har kim fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqiga
ega. Har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitusiyaviy
tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan
mustasnodir. Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli bo`lgan
taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: