Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida). O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati



Yüklə 94,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü94,16 Kb.
#181743
  1   2   3   4   5   6
1.Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).



Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda
O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni
(allomalarning ilmiy faoliyati misolida). 
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy
axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va
muammolar) Mustaqillik yillarida qishloq


REJA:
1. Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda
O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni
(allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
2. O‘zbekiston Respublikasida ommaviy
axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va
muammolar) Mustaqillik yillarida qishloq


O’rta Osiyo tarixiy voqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, 
madaniyat va ma’naviyatning markazlaridan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga
ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahonshumul ulug’ 
zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini
yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar, uning taraqqiyoti va
boyishiga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyoning madaniy merosi jahon
madaniyati va ma’rifatining zuviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan
ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 
yillik mustamlakachilik, 70 yillik totatitar tuzum hukmronligi davrida respublikamiz
yosh avlodi, Islom Karimov aytganidek, «...necha yillar bizni tariximizdan, dinmizdan, 
ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, - natijada ular o’z xalqning tarixini, 
uning boy tabiiy-ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madagiyatidan bahramand bo’lish, 
o’rganishdan mahrum bo’lib keldi».



Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-
axloqiy pand-nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab
yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, e’tibordan chetda qoldi. Bu esa
yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir o’tkazdi. Vaholanki, Islom
Karimov «O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li» kitobida
ta’kidlanidek: «...o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi
qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush
tarzini shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda».
Mustaqillik tufayli o’rganish, tahlil etish imkoniyatiga ega bo’lgach, 
ona zaminimiz ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish biz yoshlarning
vazifamiz, inchunun, o’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham 
bo’lmaydi.


IX-XV asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida shartli ravishda «Renessans» 
(uyg’onish) davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-
yashnashi bu davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib
shoirlar, buyuk davlat arboblari etishib chiqqan. Dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda
taraqqiy etishi keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi.
Bu jarayon
, ayniqsa halifa
Ma’mun davrida (813-133 yy.) Bag’dodda «Bayt-ul-hikma» (Donolar uyi) tashkil
etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-ximiya va ilmu
nujumga oid asarlar arab tiliga o’girildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan
mutafakkirlar al-Xorazmiy, al-Farg’oniy, al-Farobiy, Ibn Sino, al-Beruniy kabi
mutafakkirlar ham katta rol o’ynadilar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-e’tibori
bilan dunyoviy, gumanistik dunyoqarashi, antik davr madaniy merosiga murojaat
qilish, bamisoli uning qayta uyg’onishni anglatadi. Uyg’onish davri namoyondalari
qarashlari insonning cheksiz imkoniyatlariga, uning irodasiga, aql-idrokiga ishonib
qarashi bilan ajralib turadi.



Fanda Sharq va /arb uyg’onish davri tushunchalari ishlatiladi. Ular
umumiy, o’xshash tomonlari bilan birga, ma’lum farq, o’ziga xos
xususiyatlari jihatidan ham ajralib turadi. Avvalo ular davr nuqtai
nazaridan farqlanadi. Ilk Sharq uyg’onish davri IX-XII asrlarni, so’nggi
uyg’onish davri XIV-XV asrlarni o’z ichiga olsa, /arb uyg’onish davri
XV-XVII asrlarni o’z ichiga olishi bilan farqlanadi. /arb uyg’onish davri
uchun feodalizmga, dinga qarshi kurash xos bo’lsa, Sharqda
masalaning g’arbdagidek keskin qo’yilishini ko’rmaymiz.
Sharq va /arb uyg’onishi uchun umumiy xususiyatlar antik davrga
murojaat qilish, uni qayta tiriltirish, tabiiy fanlar rivoji, fanda
universallikni (qomusiylik), gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda
namoyon bo’ladi.


Sharq renessansi davri quyidagi umumiy xususiyatlarga ega: 1) madaniyat, 
dunyoviy fanlar va islom aqidashunoslikgining
taraqqiyoti
; 2) yunon, rum, fors, hind 
va boshqa madaniyatlar yutuqlariga suyanish; 3) astranomiya, matematika, 
minerologiya, jug’rofiya, kimyo va boshqa tabiiy fanlar rivoji; 4) uslubda
(metodologiya)- rastionalizm, mantiqning ustunligi; 5) insoniy do’stlik, yuksak
axloqiylikning targ’ib etilishi; 6) falsafaning keng darajada rivoj topishi; 7) adabiyot, 
she’riyat, ritorikaning (notiqlik) keng rivoji; 8) bilimdonlikning qomusiy xarakterda
ekanligi.
Bu davrga kelib, avvalo O’rta Osiyo, Eron, Iroq va Suriya ilmu-fan va madaniyatning
yirik o’chog’iga aylandi. Xorazm, Buxoro, Xirotda yirik ilmiy markazlar tashkil topdi. 
Xorazmiy, Farobiy, Ibn Sino, Farg’oniy, Beruniy, Imom al-Buxoriy, Imom Moturudiy, 
Imom Iso at-Termiziy, Hakim at-Termiziy, Axmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, 
Maxmud az-Zamaxshariy kabi O’rta Osiyolik olimlar va ulamolarning dongi butun
dunyoga taralgan edi.


O’rta Osiyo tarixiy vaqealarga g’oyat boy o’lka bo’lishi bilan birga azaldan ilm-fan, 
madaniyat va ma’naviyatning markazidan biri bo’lib kelgan. Bu o’lka dunyoga
ma’naviyat va ma’rifatning barcha sohalarida yuzlab, minglab jahoshumul ulug’ 
zotlar, davlat arboblarini tarbiyalab bergan. Umumbashariyat ma’rifatparvarligini
yaratishda buyuk ajdodlarimiz bevosita ishtirok etganlar uning taraqqiyoti va
boyishga ulkan hissa qo’shganlar. O’rta Osiyo madaniy merosi jahon madaniyati
va ma’rifatining uzviy ajralmas tarkibiy qismidir.
Endilikda jahon ma’naviyati va ma’rifati saltanatida o’z o’rinlariga ega bo’lgan
ulug’larimizni teran anglash, o’rganish va ulug’lash vaqti keldi. Afsuski, salkam 150 
yillik mustamlakachilik, 70 yillik totalitar tuzum hukumronligi davrida mamlakatimiz
navqiron avlodi, Islom Karimov aytganidek, necha yillar bizni tariximizdan, 
dinimizdan, ma’naviy merosimizdan g’ofil etishga urindilar, natijada ular o’z
xalqining tarixini, uning boy tabiiy ilmiy, ijtimoiy-falsafiy, axloqiy madaniyatdan
baxramand bo’lish, o’rganishdan maxrum bo’lib keldi1.



Ajdodlarimiz e’zozlab kelgan, asrlar qa’ridan olib o’tilgan falsafiy-axloqiy pand-
nasihatlar, qadriyatlar ataylab, maqsadni ko’zlab yurgizilgan siyosat qurboni bo’ldi, 
e’tibordan chetda qoldi. Bu esa yosh avlodning ma’naviyatiga salbiy ta’sir
o’tkazadi. Vaholanki, Islom Karimov “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” 
kitobida ta’kidlaganidek: “... o’tmishdagi allomalarning bebaho merosi
qanchadan-qancha avlodlarning ma’naviy-ruhiy ongini va turmush tarzini
shakllantirgan edi va u hamon ta’sir ko’rsatmoqda”2
Mustaqillik tufayli ona zaminimizning ma’naviy merosini chuqurroq o’rganish, taxlil
etish imkoniyatiga ega bo’ldik. O’z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham 
bo’lmaydi. Ona zaminimizda bundan necha asrlar avval yaratilib, to hanuz
yurtimizga ko’rk bag’ishlab turgan qadimiy obidalar, asori atiqalar xalqimizning
yuksak salohiyati, kuch-qudrati, bunyodkorlik an’analari haqida, Vatanimizning
shonli tarixi to’g’risida tasavvur va tushunchalar beradi, shu muqaddas diyorda
yashaydigan har bir inson qalbida g’urur-iftixor tuyg’ularini uyg’otadi.


IX-XII asrlarni Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida “Renessans” (Uyg’onish) 
davri deb atashadi. Ma’naviyat va ma’rifatning g’oyat gullab-yashnaganligi bu
davr uchun xarakterli bo’lgan. Bu davrda qomusiy ilm egalari, ajoyib shoirlar, buyuk
davlat arboblari etishib chiqqan. dunyoviy fanlarning tez sur’atlarda taraqqiy etishi
keng tarjimonlik faoliyatiga ta’sir etdi. Bu jarayon, ayniqsa, xalifa Ma’mun ibn Xarun
ar Rashid (813-833yy) davrida Bog’dodda “Bay tul-hikmat (Donishmandla uyi tashkil
etilgan paytda tezlashdi. Yunon falsafasi va tabobati, hind hisobi, al-Ximiya va ilmi
Nujumga oid asarlar arab tiliga o’grildi. Bunda Markaziy Osiyodan etishib chiqqan
mutafakkirlar Abbos ibn Said Javhariy, Axmad ibn Abdulloh Marvaziy, Axmad, al –
Farg’oniy, Muxammad al Xorazmiylar ham katta hissa qo’shganlar.
Renessans – uyg’onish davri madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati mohiyat-
ej’tibori bilan dunyoviy gumanistik dunyoqarashi, antik davr madiniy merosiga
murojaat qilish bamisoli uning qayta uyg’onishini anglatadi, tabiiy fanlar rivoji, 
fanda universallik (qomusiylik)ni, gumanizmni targ’ib etish va boshqalarda
namoyon bo’ladi.


•madaniyat, dunyoviy fanlar va islom aqidashunosligining
taraqqiyoti;
•astranomiya, matematika, minerologiya, jo’g’rofiya, kimyo
va boshqa
•yunon, rum, fors, hind va boshqa madaniyatlar yutuqlariga 
suyanii;
•tabiiy fanlar rivoji;
•falsafaning keng darajada rivoj topishi;
•adabiyot, she’riyat, ritorikaning keng miqyosda rivojlanishi;
•bilimdonlikning qomusiy xarakterda ekanligi.
•insoniy do’stlik, yuksak axloqiylikning targ’ib etilishi;
•uslub (metodologiya)da –ratsionalizm, mantiqning ustunligi;
Sharq renessansi davri quyidagi umumiy
xususiyatlarga ega:


O’rta Osiyoning ko’hna va hamisha navquron Buxoro, Xiva, Samarqand kabi
shaharlarida qadimdan fan, madaniyat va ma’naviyatning markazi bo’lib
kelganligi bilan ajralib turadi. O’rta Osiyo tabiiy-ilmiy tafakkuri rivojining boshlanishi
buyuk allomalar Muso Muhammad al-Xorazmiy, Axmad al-Farg’oniy, Abu Nasr 
Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali Ibn Sinolarning nomi bilan bog’liq.
Axmad al-Fag’oniy (798-861yy.) mashhur falakiyotshunos olim. Uning asosiy asarlari
“Falakiyot ilmining usullari haqida” kitob, “Axmad al-Farg’oniy jadvali”, “Usturlab
bilan amal qilish haqida” kitob, “Usturlab yasash haqida” qitob, “Simoviy harakatlar
va yulduzlar fanining majmuasi haqida” kitob va boshqalar. Axmad al-
Farg’oniyning “Astronomiya asoslari” kitobi o’sha davrdagi astronomiya sohasidagi
bilimlarning qomusi bo’lgan. Unda qadimgi falakiyotshunoslik bilimlari, uning
qoidalari, usullari bayon qilingan. Asar XII asrdayoq lotin tiliga tarjima etilib, ko’p
asrlar davomida Evropada astronomiya bo’yicha qo’llanma, darslik sifatida xizmat
qilib kelgan.


Beruniy yoshlarni ilmga o’rgatish jarayonida aqlga va tajribadan o’tgan bilimga
tayanish lozimligi to’g’risidagi g’oyani ilgari surgan holda, bolalar bilishi va
o’rganishi lozim bo’lgan fanlarni haqiqiy fanlar (til, adabiyot, falsafa, tarix, 
etnografiya, she’riyat, psixologiya, matematika, fizika, jug’rofiya, geodeziya, 
falakiyot, minerologiya, tibbiyot)ga bo’ladi. Bu fanlarning har biriga o’z davrigacha
bo’lgan bilimlarni umumlashtirib, o’zining yangi xulosalari bilan katta hissa qo’shdi.
Jumladan, Beruniy umuman til, til ilmi haqida gapirib, til kishilar o’rtasidagi aloqa va
fikr almashuvi vositasigina emas, balki til ilmi barcha fanlarning asosini o’rganishi
kaliti deyiladi.
Insonning eng oliy fazilati boshqalar haqida, ayniqsa, yoshlar haqida g’amxurlik
qilishdan iboratdir. Beruniy doimo xalqlarning do’stligini, inoq, ittifoq bo’lib yashashi
uchun kurashib keldi. U insoniyatga, u yaratgan madaniyatga qirg’in keltiruvchi
urushlarni qoraladi. Beruniy madaniy hamkorlik va ilm-ma’rifatning keng
tarqalishiga katta e’tibolr bergan allomadir.


Markaziy Osiyoda uyg’onish davrining eng mashhur mutafakkiri Abu Ali al-
Husayn ibn Abdulloh Ibn Sino (980-1037yy.) falsafa, tabobat, tabiatshunoslik, 
falakiyot, tilshunoslik, mantiq, adabiyot, pedagogika, psixologiya, fizologiya, fiqh, 
musiqa kabi fan sohilariga bag’ishlab 450 dan ziyod yozgan asarlari bilan jahon ilm-
fani rivojiga ulkan hissa qo’shgan va o’z davrida “Shayx-ar-rais” (Olimlar raisi) 
unvoni bilan taqdirlandi.
Olimning falsafaga oid asarlarining eng yirigi “Kitob ash-shifo” bo’lib, mantiq, 
fizika, matematika, metofizika va ilohiyot qismlarini o’z ichiga oladi. Mantiqning o’zi
9 kitob, fizika 8 kitob, matematika 4 kitob, ilohiyot 1 kitob, jami 22 ta kitobdan ibrat. 
“Kitob an-nojat”, “Ash-shifo”ning qisqartirilgan turi bo’lib, tabiat, ilohiyot, riyoziyot
qismlardan iboratdir. “Danishnoma” ham mantiq, ilohiyot, tabiat, geometriya, 
astranomiya, arifmetika, musiqa kabi qismlardan iborat. Salomon va Isbol” falsafiy
asar. Ibn Sino bilan Beruniyning yozishlari-fizikaga va falsafaga oid 18 ta maktub. 
Ibn Sinoning maktublariga Beruniyning e’tirozlari nomli risola chop etilgan.


Ibn Sino falsafada Aristotel ta’limoti izdan borib, Farobiy g’oyalarini yanada
kamolotga erishtirdi. Faylasuf Sharq allomalariga xos bo’lgan xususiyat, ya’ni axloq, 
odob, inson psixologiyasining kamolotiga alohida ahamiyat beradi.
Ayniqsa, Ibn Sinoning “Tib qonunlari” asarida talqin etilgan ta’lim-tarbiya
xususidagi fikrlar g’oyat muhimdir. U bola tarbiyasini tug’ilmasdan ona
qornidaligidanoq boshlash masalasiga alohida e’tibor beradi. Uning fikricha, bola 
tug’ilganidan boshlab esa ayoqqa turguncha ma’lum tartibda tarbiyalanib borishi
lozim. Bu tartib o’z vaqtida ovqatlantirish, cho’miltirish, yo’rgaklash, uxlatish kabi
muayyan tartib va qoidalardan iborat.
oz buzilishini keltirib chiqaradi. Masalan, g’azab kuchli qizdiradi, qayg’u kuchli
quritadi..”.
Ibn Sino bolani kamolotga erishishining birinchi mezoni hisoblangan ilmu
ma’rifatni egallashga da’vat etar ekan, ilmu ma’rafat insonni ma’naviy yuksaklikka
ko’taradi va jamiyat ravnaqining asosiy omili bo’lib xizmat qiladi, deydi.



Yüklə 94,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin