«Kechaning (bir qismida) uyg’onib o’zingiz uchun nafl (ibodat) bo’lgan namozni o’qing! Shoyadki, Parvardigoringiz sizni (Qiyomat kunida) maqtovli (ya’ni gunohkor ummatlaringizni shafoat qilib oqlaydigan) maqomda tiriltirur», deb Alloh taolo Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga kechalari turib tahajjud
namozi o’qishni tavsiya qilmoqda. Hatto bu namoz vahiyning birinchi nozil bo’lgan
«Muzammil» surasining ilk oyatlarida, «Kechaning yarmi o’tganda, uchdan biri o’tganda,
uchdan ikkisi o’tganda turgin va Allohga ibodat qil!» – deb payg’ambarlikning ilk
zamonlaridayoq tavsiya qilingan.
Ashobi kirom Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallamga nozil bo’lgan bu oyati
karimalarni eshitib, amal qilib, kechalarini toat-ibodat bilan ihyo qilardilar. Shundan
keyin uzun ibodatlarni yengillashtirish, ya’ni safarda, kasallik va turli sabablar bo’lgan
paytda yengil bajarishga doir oyatlar nozil bo’ldi.
Bu yerda biz uchun ma’naviy bir tashviq bor: modomiki, bu namoz dunyo va undagi
barcha narsalarni egallashdan afzal ekan va Alloh taolo unga juda ham katta mukofot
berar ekan, u holda soatlarimizni to’g’rilab qo’yib, tahajjud namoziga turishimiz lozim!
Hozir saharlikka turamiz. Saharlikda ham baraka bor, u ham sunnat. Bu saharlikka
turish odatimizni, inshaolloh ramazondan keyin ham davom ettiramiz. Kechalari turib
tahajjud namozini o’qiymiz va buni qo’ldan boy bermaymiz. Bu – birinchi. Ikkinchi:
musulmon kishi bomdod namozini masjidda o’qishi lozim! Olimlarimiz, oriflarimiz,
buyuklarimiz, «Bir inson butun kechani ibodat bilan o’tkazib, bomdod namozini ham
uyida o’qib yotishidan ko’ra butun kechani uyqu bilan o’tkazib, bomdod namozini
masjidda o’qigani xayrliroq», – deganlar. Chunki bomdod namozi fazilati benihoya
cheksiz namozlardan. Xufton namozi ham xuddi shunday. Bu ikki namozni ado etish
uchun munofiqlar jamoatga qatnasha olmaydilar. Kechasi kelish, ertalab vaqtli turish
ularga og’ir keladi.
Mo’’minlar uchun esa munofiqlar ahvoliga tushish to’g’ri kelmaydi va ular buni
xohlamaydilar ham. Mo’’minlar Payg’abarimiz sallallohu alayhi vasallamga va taqvodor
imon sohiblariga o’xshashni istaydi. Shuning uchun bomdod namozini masjidda o’qish
har bir mo’’minning asosiy vazifasi bo’lishi lozim! Tahajjud namozini uyida o’qishi va
bomdodga masjidga kelishi lozim.
Islomiy davrlarda mo’’minlar ertalab ish boshlardilar, bozorlar vaqtli ochilardi.
Hammaning ishi peshingacha qariyb tugab qolardi. Hamma kech tushmasdanoq o’z
qishlog’iga ravona bo’lardi. Oldinlari shunday bo’lgan. Ishlar hatto asrgacha tugab
bo’lardi. Ammo hozir zamon o’zgardi. Kechalari uxlashmaydi. Bomdod vaqtida uxlaydi,
namozga turolmaydi. Tahajjud u yoqda tursin, bomdod namoziga ham turolmaydi. Soat
to’qqiz-o’nlarda bozorga borsangiz ham ba’zi do’konlar yopiq bo’ladi. Bozor kunlari
kechasi uxlamaganliklari uchun chorsu bozorlari juda ham kech ochiladi. Holatlar
o’zgargan, ammo diniy jihatdan olib qarasa, unday emas.
«Payg’ambarimiz sallallohu alayhi vasallam kunning o’rtasida, peshinda uxlardilar». Bu