Hadislar
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
bunday deb aytganlar: «Ro‘za (tutmoqlik) do‘zax o‘tidan asrovchi vositadir! Binobarin,
ro‘za tutgan kishi haqorat so‘zlarini tilga olmasin, so‘zlashganda baqirmasin, birovni
masxara qilmasin! Agar biror kishi ro‘zador birlan urishsa yokim uni haqorat qilsa,
ro‘zador ikki bor: «Men ro‘zamen», desin! Allohga qasamyod qilib ayturmenkim,
ro‘zadorning og‘zidan kelgan bo‘y, Alloh nazdida mushk-anbar bo‘yidan ham
xushbo‘yroqdir, chunkim Alloh taolo: «Ro‘zador meni deb yeb-ichmas va meni deb ro‘za
Ramazon va taqvo. Mahmud As’ad Jo’shon
www.ziyouz.com
kutubxonasi
130
tutar, binobarin uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen va har bir yaxshilig‘i evaziga
mendan o‘n barobar mukofot olg‘usidir», – deydir».
* * *
Sahl raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Jannatda Rayyon nomli bir eshik bordir, –
deydilar Janob Rasululloh sallallohu alayhi va sallam, – bul eshikdan ro‘zani kanda
qilmay tutganlargina kirg‘aydirlar, xolos. Qiyomat kuni «Ro‘zadorlar qani?» deb nido
qiling‘aydir. Shunda ular o‘rinlaridan turib mazkur eshikdan kirishg‘aydir. So‘ng eshik
yopilg‘aydir. Ulardan boshqa birorta odam bu eshikdan kira olmas».
* * *
Kimki yolg‘on so‘zlamoqni tark etmasa va Alloh qaytargan narsalardan qaytmasa, ro‘za
tutib, yemay-ichmay qo‘ygani birlan ro‘zasi qabul bo‘lmag‘aydir. Alloh unga rahmat
nazarini tashlamag‘aydir.
* * *
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
bunday deganlar: «Alloh taolo: «Bandalarimning odamlar ko‘zi tushgulik barcha
qiladirgan ishlari (namoz o‘qimoqlari, xayr-ehson qilmoqlari, zakot bermoqlari) o‘zlari
uchundir, tutadirgan ro‘zalari ersa, men uchundir (Xudo uchun bo‘lmaganda erdi,
yashirincha yeb-ichib olmoq mumkin erdi, chunkim uni hech kim ko‘rmag‘aydir),
binobarin, uning mukofotini o‘zim berg‘aydirmen», – deydir. Ro‘za do‘zax o‘tidan
saqlovchi vositadir, agar sizlardan birortangiz ro‘zador bo‘lsangiz, gunoh bo‘ladirgan
so‘zlarni so‘zlamangiz, birov birlan janjallashmangiz, agar birov haqorat qilsa yokim
urishsa, men ro‘zadormen, deb aytingiz. Allohga qasam ichib ayturmenkim, ro‘zadorning
og‘zidan keladirgan bo‘y Allohning nazdida mushkdan ham xushbo‘yroqdir! Ro‘zador ikki
bor xursand bo‘lur, biri – og‘iz ochganda (ya’ni, iftor qilganda), ikkinchisi – ro‘za tutib,
yorug‘ yuz birlan Allohga yo‘liqqanda!».
* * *
Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Rasululloh sallallohu alayhi va sallam:
«Agar Ramazon kirsa, osmon eshiklari ochilib, do‘zax eshiklari berkitil-g‘aydir hamda
shaytonlar kishanlang‘aydir», – deganlar.
* * *
(Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy. Hadis. Al jomi’ as-sahih. (Ishonarli
to‘plam). 4-jildlik, 1-jild. Toshkent, «Qomuslar bosh tahririyati», 1997 y., 509-513-
betlar).
Online o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=776.0
Internet uchun Naqshbandiy tayyorlagan.
www.ziyouz.com
2007
Dostları ilə paylaş: |