www.ziyouz.com kutubxonasi
125
– Ha, berildi.
– U holda, o’ting!
Osmonlarning shunday xususiyatlari bor, hurmatli birodarlarim! Jabroilni savolga tutgan,
to’xta, turib tur, degan qorovul bor... Eshigi bor – osmonning eshigi bor... Bilmaymiz;
ko’rgan ko’radi, bilgan biladi. Bilganlar, ko’rganlar tushuntirmoqda: bu kecha – osmon
eshiklarining ochilish vaqti. Osmonning eshiklari ochilmoqda... «O’t, bolam!» – deganga
o’xshab.
Ikkinchisi: Alloh taolo dunyo osmoniga tushib, qullariga nido qiladi, ya’ni Alloh taolo
qullariga yaqinlashib: «Yo’qmi mendan afvini, mag’firatini istagan? Qani xohlasin –
mag’firat qilaman! Yo’qmi mendan biror narsa talab qiladigan! Qani xohlasin – talabini
beraman. Yo’qmi kasal bo’lib shifosini istagan? Shifo beraman! Yo’qmi shunday bo’lgan,
yo’qmi bunday bo’lgan?» – deb nido qiladi deb aytganlar Payg’ambarimiz sallallohu
alayhi vasallam o’zlarining bir hadisi shariflarida.
Qaysi vaqtgacha?
«To tong otgunicha...» Kechaning oxiri qaeridir? Tong vaqti. Tong yorishdimi, kecha ham tugaydi.
«U (kecha)da farishtalar va Ruh (ya’ni Jabroil alayhissalom) Parvardigorlarining izni-ixtiyorida (yil davomida qilinadigan) barcha ishlar bilan (osmondan zaminga) tushurlar. U (kecha) to tong otgunicha tinchlik- omonlikdir». Maloikalarning tushishi u futuhot ya’ni, ochilish qaysi vaqtgacha ekan? Tong otguncha.
Shunga ko’ra ko’zimiz bilan ko’ra olmasak: osmon bilan oshnoligimiz bo’lmasa,
taqvimdan tong vaqtini ko’ramiz. Tongdan oldinroq biror vaqtni belgilab turamiz, tahorat
olamiz, namoz o’qiymiz: «Men borman, ey Allohim, sening afvingni xohlagan! Men
borman, ey Rabbim, muhtoj bo’lgan! Men borman, ey Allohim, tilagi bo’lgan!» – deb biz
ham xohlaymiz.
Xohlash zamonidir. Chunki qullarining xohlaydigan, Allohning esa beradigan zamonidir.
Bu vaqtda ibodat qilish solihlarning, anbiyo va avliyoullohning odati. Inson Alloh bilan
tanho qolishlik zavqini o’rganishi lozim! Yolg’izlikdan uzoq-uzoqlarga qochmaslik kerak!
Odam kiyinib ko’chaga chiqsa, ketishda:
– Xotin, men ketdim!
– Qaerga ketyapsiz?
– Choyxonaga!
– Nega?
– Yolg’izlikdan zerikib ketdim!
Yanglish. Inson yolg’izlikni sevishi kerak. Yolg’izlikning mazasini tota bilish kerak: «Oh!
Ko’p shukurki, hech kimsa yo’q. Rabbim bilan tanho bir o’zim qoldim», – deb tafakkur
qilishi kerak. Yolg’izlikdan zavqlana bilish kerak. Yolg’izlik – ulug’ ruhlarning ozig’i.
Yolg’izlik – muhim narsa. Yolg’izlikda Parvardigori bilan aloqa bog’lash juda ham muhim.