Talabalarda kreativlik sifatlarini



Yüklə 191,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix16.12.2023
ölçüsü191,29 Kb.
#181971
  1   2   3


Innovative Developments in Sciences, Education and Humanities 
Hosted New York, USA 
https

econferencezone.org 
 
April 28
th
 2022 
74 
“TALABALARDA KREATIVLIK SIFATLARINI 
RIVOJLANTIRISHNING SAMARALI YO`LLARI” 
Muxamedova Guli Baxodirovna 
O`zbekiston Respublikasida Oliy va O`rta 
maxsus ta`lim vazirligi pedagogik innovatsiyalar, 
kasb-hunar ta`lim boshqaruv hamda pedagog kadrlarni 
qayta tayyorlash va ularning malakasini 
oshirish instituti 2-bosqich doktoranti 
Annotatsiya
: Ushbu maqolada talabalarda kreativlik sifatlarini rivojlantirishning samarali yoʻllari, kreativlik 
sifatlariga ega boʻlishlari uchun oʻquv va tarbiya jarayonida yangi gʻoyalarni yaratish haqidagi fikrlar yoritib 
berilgan. 
Kalit so`zlar
: kasbiy-ijodiy faoliyat, kreativ xarakter, mutaxassis, interfaol metod. 
Talaba shaxsining mutaxassis sifatida kasbiy kamol topishi, rivojlanishi o`z mohiyatiga ko`ra tizimli ijodiy 
jarayon tarzida namoyon bo`ladi. Ijodkor shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uning ichki va tashqi olami 
o`zgarishining o`zaro mos kelishi, ijtimoiy-itstisodiy shart-sharoitlar samda inson ontogenezi - tuzilishidan 
boshlab to umrining oxiriga qadar uzluksizlik, vorisiylikni taqozo etadigan faoliyat mazmuniga bog`liq. 
Maʼlumki, kasbiy tajriba bilim, ko`nikma va malakalarning integratsiyasi sifatida aks etadi. Biroq, kasbiy-
ijodiy faoliyat ko`nikmalarining uzlashtirilishi nafakat amaliy ko`nikma va malakalarning integratsiyasi
mutaxassis sifatida faoliyatni samarali tashkil etish usul va vositalarini ishlab chikishni, shu bilan birga kasbiy 
ijodkorlik metodologiyasidan xabardor bo`lish, ijodiy tafakkurni rivojlantirish va kreativ xarakterga ega 
shaxsiy sifatlarning yetarli darajada uzlashtirilishini talab etadi. Kreativlik (lot., ing. «create» - yaratish, 
«creative» yaratuvchi, ijodkor) - individning yangi g`oyalarni ishlab chiqarishga tayyorligini tavsiflovchi 
xamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati maʼnosini ifodalaydi. Ijodkor 
shaxsning shakllanishini shaxsning o`zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy maxsulotlarni 
yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin. Ushbu jarayonning surʼati va qamrovi biologik va 
ijtimoiy omillar, shaxsning faolligi va kreativ sifatlari, shuningdek, mavjud shart-sharoit, xayotiy muxim va 
kasbiy shartlangan xodisalarga bog`liq. Zamonaviy sharoitda pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo`lishi 
taqozo etiladi. Pedagogning kreativlik sifatlariga ega bo`lish uning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy 
quvvatini, kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga yo`naltiradi. Oliy taʼlim tizimida o`qish faoliyatida 
bo`lgan talabalar kreativlik sifatlariga ega bo`lishlari uchun ularda o`quv va tarbiya jarayonlarida anʼanaviy 
yondashishdan farqli yangi g`oyalar xaqida fikr yuritishi, o`ziga xoslik, tashabbuskorlik talab etiladi. 
Binobarin, kreativlik sifatlariga ega bo`lajak pedagog kasbiy faoliyatini tashkil etishda ijodiy yondashish
yangi, ilg`or, talabalarning o`quv faoliyati, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladigan g`oyalarni 
yaratishda faollik ko`rsatish, ilg`or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o`rganish, shuningdek, 
xamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo`lishga eʼtibor 
qaratadi. Odatda pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo`lishlari pedagogik muammolarni xal qilishga 
intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o`zaro ijodiy xamkorlikka erishishlari 
orqali taʼminlanadi. Pedagog o`z-o`zidan ijodkor bo`lib qolmaydi. Uning ijodkorlik qobiliyati maʼlum vaqt 
ichida izchil o`qib-o`rganish, o`z ustida ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib 
boradi. Xar qanday mutaxassisda bo`lgani kabi bo`lajak pedagoglarning kreativlik qobiliyatiga ega bo`lishlari 
uchun talabalik yillarida poydevor qo`yiladi va kasbiy faoliyatni tashkil etishda izchil rivojlantirib boriladi. 
Bunda pedagogning o`zini o`zi ijodiy faoliyatga yo`naltirishi va bu faoliyatni samarali tashkil eta olishi muxim 
axamiyatga ega. Pedagog ijodiy faoliyatni tashkil etishda muammoli masalalarni yechish, muammoli 
vaziyatlarni taxlil qilish, shuningdek, pedagogik xarakterdagi ijod maxsulotlarini yaratishga aloxida eʼtibor 
qaratishi zarur. Muammoli masala va vaziyatlarni xal qilar ekan, pedagogning masala yechimini topishga 



Yüklə 191,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin