Эркин иқтисодий ҳудудлар



Yüklə 4,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə230/281
tarix16.12.2023
ölçüsü4,42 Mb.
#182174
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   281
ERKINIQTISODIYHUDUDLAR

Imtiyozli aksiya 
– dividend olingan foydaga qarab emas, balki oldindan 
belgilangan qat‟iy foizlarda beriladigan aksiya.
 
Investitsion faollik 
– turli iqtisodiy subyektlarning daromad olish maqsadida 
milliy yoki xorijiy iqtisodiyotlarga investitsiya resurslarini kiritishga intilishi. 
Investitsiya
(lot. investio – o„rash) – iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida o„z 


363 
mamlakatida yoki xorijda turli tarmoqlarga, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarga, 
innovatsiya, tadbirkorlik loyihalariga uzoq muddatli kapital kiritish (qo„yish). 
Pulning vaqtga bog„liq qiymati nazariyasiga ko„ra, investitsiya kelajakda naf olish 
maqsadida mablag„lar qo„yishdir. Investitsiya kapitalni muayyan muddatga 
bog„lashni yoki band qilishni bildiradi. Bundan asosiy maqsad kapital qiymatini 
saqlab qolish yoki kapital qiymatini vaqt mobaynida o„stirib borishdir. Iqtisodiy 
mazmuni jihatdan investitsiya turli faoliyatlarga safarbar etilgan moddiy, nomoddiy 
boyliklar va ularga bo„lgan huquqlarni aks ettiradi.
Investitsiya dasturi
– respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy 
rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral xomashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat 
resurslaridan oqilona foydalanish yo„li bilan respublika ayrim tarmoqlari va 
mintaqalarini tarkibiy o„zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini 
amalga oshirishga yo„naltirilgan bir-biri bilan o„zaro bog„langan chora-tadbirlar 
majmui. O„zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturi respublikani ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish istiqbolining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya 
siyosatining ustuvor yo„nalishlarini aks ettiradi.
 
Investitsiya muhiti 

 
1) investitsiyalar jozibadorligi hamda xavf-xatar 
darajasini belgilab beruvchi ijtimoiy-iqtisodiy, moliyaviy va siyosiy omillar majmui; 
2) xorijiy investitsiyalarning risklilik darajasini va ulardan mamlakatda samarali 
foydalanish imkoniyatlarini oldindan belgilaydigan iqtisodiy, siyosiy, yuridik va 
ijtimoiy omillar yig„indisi. 

Yüklə 4,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   226   227   228   229   230   231   232   233   ...   281




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin