Tayanch iboralar: Erkin iqtisodiy hududlar, qonun, huquqiy asos, xorijiy investitsiya, imtiyoz,
preferensiyalar, texnologiya, ishlab chiqarish.
Mazkur paragraf bo„yicha umumiy xulosalar: 4.
Jahon amaliyotida EIHlar faoliyatini huquqiy tartibga solish maxsus qonun
hujjatlari bilan amalga oshiriladi. Bunda har bir mamlakat xalqaro xuquqiy
me‟yorlarga amal qilgan holda EIHlar faoliyatini tartibga solib boradi.
5.
EIHlarni tashkil etish va faoliyatini huquqiy tartibga solish bo„yicha
dastlabki rasmiy qonuniy hujjat birini bo„lib 1934-yilda AQShda qabul qilingan.
Shuningdek, Xitoyda EIHlar faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish bo„yicha shu
kunga qabar maxsus qonun hujjati mavjud bo„lmagan. Bu esa EIHlar faoliyatini
maxsus qonun hujjati bo„lmagan taqdirda ham tartibga solish mumkinligini
ko„rsatadi.
6.
EIHlar faoliyatini maxsus qonun hujjati bo„lmagan taqdirda boshqa hududlar
vqa ularda faoliyat ko„rsatuvchi xo„jalik subyektlariga oid qonun hujjatlari bilan,
shuningdek, EIHlar faoliyatiga doir alohida me‟yoriy hujjatlar bilan ham tartibga
solib turish mumkin. Buni Xitoy tajribalari tasdiqlay oladi.
Nazorat uchun savollar: 1.
EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishning huquqiy asoslarini
yaratishdan maqsad nima?
2.
EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishda dastlabki qonun hujjati
qachon va qaysi davlatda qabul qilingan?
3.
EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishning maxsus qonun hujjati
bo„lmagan davlat qaysi?
4.
EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga qo„yishning maxsus qonun hujjati
bo„lmagan taqdirda davlat EIHlar faoliyatini tarday tartibga solib turadi?
5.
Rossiya Federatsiyasida EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga
qo„yishning huquqiy asosi qachon qabul qilingan?
6.
Belorus Respublikasida EIHlarni tashkil etish va faoliyatini yo„lga
qo„yishning huquqiy asosi qachon qabul qilingan?