42
sertifikatlangan qisqartirishlarini sotib olishni nazarda
tutuvchi investitsiya
loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish uchun asos yaratadi.
Kioto Protokoli – Birlashgan Millatlar Tashkilotining iqlim o„zgarishi
to„g„risidagi Hadli Konvensiyasi (IO„HK) 1997-yil 11-dekabrda qabul qilingan,
O„zbekiston Respublikasi tomonidan 1999-yil 20-avgustda ratifikatsiya qilingan va
2005-yil 16-fevraldan boshlab kuchga kirgan bo„lib, “parnik effekti”ni hosil qiluvchi
gazlarni atmosferaga chiqarishni qisqartirish mexanizmlarini belgilovchi hujjat
hisoblanadi.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 6-dekabrdagi PQ-525-son
Qaroriga muvofiq Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo„yicha
(MRM)
Idoralararo kengash
tashkil etilgan. O„zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va
sanoat vazirligi Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi bo„yicha
Milliy
organ
hisoblanadi.
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida investitsiya
loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish quyidagilarni o„z ichiga oladi.
Birinchi bosqichda loyiha tashabbuskori tomonidan MRM Milliy organiga
yozma
ariza kiritiladi, arizaga MRM bo„yicha nazarda tutilayotgan investitsiya
loyihasi to„g„risidagi umumiy axborot ilova qilinadi. Loyiha bo„yicha buyurtmanoma
O„zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo„mitasi bilan kelishiladi.
Zarurat bo„lganda, loyiha bo„yicha buyurtmanomaga kiritish uchun MRM Milliy
organi tomonidan loyiha bo„yicha qo„shimcha axborot va hujjatlar so„rab olinishi
mumkin. MRM Milliy organi loyiha bo„yicha buyurtmanoma taqdim etilgan vaqtdan
boshlab ikki hafta muddatda loyihani MRM doirasida barqaror rivojlanish milliy
mezonlariga muvofiq amalga oshirish mumkinligini ko„rib chiqadi. Loyihani MRM
doirasida amalga oshirish mumkinligi to„g„risidagi masala ijobiy ko„rib
chiqilgan
taqdirda MRM Milliy organi Idoralararo kengashga loyiha bo„yicha buyurtmanomani
ma‟qullash uchun loyihani amalga oshirish mexanizmi bo„yicha xulosa hamda
loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash bo„yicha tanlov hujjatlariga asosiy
talablar bilan birga kiritadi. Idoralararo kengash taklifni taqdim etilgan hujjatlar
asosida ko„rib chiqadi va loyihani amalga oshirish mumkinligi to„g„risida yohud
loyihani puxtalashtirish zarurligi to„g„risida qaror qabul qiladi. Loyihani amalga
oshirish mumkinligi to„g„risida qaror qabul qilingan taqdirda
Idoralararo kengash
tomonidan, zarurat bo„lganda, ayni bir vaqtda investor tanlash bo„yicha tanlov
komissiyasi tarkibi, tanlovni o„tkazish muddatlari va loyihani amalga oshirish uchun
investor tanlash bo„yicha tanlov hujjatlariga talablar tasdiqlanadi. Idoralararo kengash
tomonidan loyihani amalga oshirish to„g„risida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda
MRM Milliy organi uch kun muddatda loyiha tashabbuskorini rasmiy ravishda
xabardor qiladi, xabarnomada loyihani amalga oshirishning tavsiya etilayotgan
mexanizmini hamda loyihani amalga oshirish uchun investor tanlash bo„yicha tanlov
hujjatlariga asosiy talablarni ko„rsatadi. Loyihani xalqaro moliya institutlari orqali
amalga oshirish mexanizmini tanlashda loyiha-texnik hujjatlarni (LTH)
tayyorlash,
investorlarni, vakolatli operativ organlarni va chiqindilarning sertifikatlangan
qisqartirishlari xaridorlarini tanlash tegishli xalqaro moliya institutlari tomonidan
belgilangan tartibotlarga muvofiq amalga oshiriladi. MRM Milliy organi tomonidan
43
tanlov asosida tanlab olish zarurligi ko„rsatilgan taqdirda loyiha tashabbuskori
loyihani amalga oshirish uchun Idoralararo kengash tomonidan belgilanadigan
muddatlar va talablarga muvofiq investor tanlash bo„yicha tanlov e‟lon qiladi.
Ikkinchi bosqichda tashabbuskor tomonidan MRM Milliy organiga yozma ariza
kiritiladi, unga quyidagilar ilova qilinadi:
- muzokaralar davomida erishilgan dastlabki
va yakuniy qiyosiy jadvallar,
loyiha tashabbuskori tomonidan tanlangan taklif ko„rsatilgan holdagi tanlov
qatnashchilari takliflari;
- MRM tartibotlariga muvofiq ishlab chiqilgan rus va ingliz tillaridagi loyiha-
texnik hujjatlar;
- loyihani amalga oshirishning oylar bo„yicha jadvali;
- Gidrometeorologiya xizmati markazining loyiha bo„yicha ijobiy xulosasi;
- O„zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo„mitasining loyiha
bo„yicha ijobiy ekologik xulosasi.
Quyidagilar Idoralararo kengash tomonidan loyihani baholashning asosiy
mezonlari hisoblanadi:
- loyihani amalga oshirishning umumiy iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va
samaradorligi;
- loyihaning ekologiya talablariga muvofiqligi;
- texnologik asbob-uskunalarning zamonaviy sifat standartlariga muvofiqligi.
Idoralararo kengash ikki hafta muddatda takliflarni taqdim etilgan hujjatlar
asosida ko„rib chiqadi va loyihani amalga oshirishning mumkinligi to„g„risida qaror
qabul qiladi. MRM bo„yicha loyiha amalga oshirilishi mo„ljallanayotgan investitsiya
loyihasiga qo„shimcha deb hisoblangan taqdirda asosiy
investitsiya loyihasini
tayyorlash va ekspertizadan o„tkazish tartibi ana shunday loyihalar uchun tadbiq
etiladigan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Asosiy investitsiya loyihasi bo„yicha dastlabki texnik-iqtisodiy asoslash
tasdiqlangungacha yohud O„zbekiston Respublikasi va Xalqaro moliya institutlari
o„rtasida o„zaro hamfikrlik to„g„risidagi memorandum imzolangungacha loyiha
bo„yicha buyurtmanoma berish bosqichida MRM bo„yicha loyiha komponentini
amalga oshirish yuzasidan Idoralararo kengashning ijobiy qarorini olish zarur.
Idoralararo kengashning loyihani amalga oshirish to„g„risida
ijobiy qarori qabul
qilingan taqdirda MRM Milliy organi loyiha tashabbuskorini rasmiy ravishda
xabardor qiladi va IO„HK Ijro etuvchi kengashiga loyiha bo„yicha ma‟qullash xati
jo„natadi. MRM Milliy organidan ma‟qullash xati olingandan keyin MRM loyihasi
tashabbuskori validatsiya (loyihani tasdiqlash to„g„risidagi qaror) qilish va
keyinchalik loyihani IO„HK Ijro etuvchi kengashida MRM tartibotlariga muvofiq
ro„yxatdan o„tkazish uchun tegishli Vakolatli organni tanlash bo„yicha mas‟ul
hisoblanadi. Loyiha-texnik hujjatlar ekspertizadan ijobiy o„tkazilganda va Vakolatli
operativ
organ
tomonidan
tasdiqlanganda
loyiha
tashabbuskori
Vazirlar
Mahkamasining tegishli Axborot-tahlil departamentiga
MRM loyihasini amalga
oshirish to„g„risida Hukumat qarori loyihasini kiritadi. MRM loyihasi tashabbuskori
shuningdek, chiqindilar chiqarishning kamayishi monitoringi, MRM talablariga
muvofiq chiqindilar chiqarishning qisqarishini tasdiqlash va sertifikatlash bo„yicha
44
tadbirlarning bajarilishi uchun javob beradi. Musaffo rivojlanish mexanizmi bo„yicha
investitsiya loyihalariga nisbatan qo„llanadigan Barqaror rivojlanish milliy mezonlari
quyidagi 2.1-rasmda aks ettirilgan.
Dostları ilə paylaş: