45
qilmoqda:
1. “Xitoy va xorijiy kapitalidagi payli qo„shma korxonalar to„g„risida”gi XXR
Qonuni (03.09.2016 yil) va uni tadbiq etish bo„yicha Nizom.
2. “Kooperatsion (shartnomali) qo„shma korxonalar to„g„risida”gi XXR Qonuni
(
03.09.2016) va uni tadbiq etish bo„yicha Nizom.
3. “Xorij kapitali korxonasi to„g„risida”gi XXR Qonuni (12.04.1986 yil –
oxirgi
o„zgarishlar bilan).
4. “Xorijiy investitsiyalarni rag„batlantirish to„g„risida”gi XXR Davlat Kengashi
Nizomi (11.10.1986 yil – oxirgi o„zgarishlar bilan).
5. “Tashqi savdo to„g„risida”gi XXR Qonuni (12.05.1994 yil – oxirgi
o„zgarishlar bilan).
6. “Xitoy va xorijiy kapitalidagi payli qo„shma korxonalar umumiy
investitsiyalar hajmi va Ustav kapitali nisbati to„g„risidagi Vaqtinchalik Nizom”,
01.03.1987 yil (XXR Bosh savdo-sanoato boshqarmasi tomonidan chop etilgan).
7. “Xorijiy
korxonalarning
doimiy
vakolatlarini
ro„yxatdan
o„tkazish
to„g„risidagi Nizom” (XXR Davlat Kengashi Qarori bilan tasdiqlangan, №584, 19-
noyabr 2010 y.)
2017-yildan boshlab Xitoyda “Sanoat tarmog„ida
xorijiy investitsiyalar
yo„nalishlari”ning umummilliy ro„yxati amal qiladi. Unda xorijiy investitsiyalar
uchun 348 ta rag„batlantirish, 35 ta cheklovchi va 28 ta man etilgan tarmoqlari o„rin
olgan. Ular qatorida 2017 yil iyun oyidan boshlab XXR Davlat Kengashi
Devonxonasi Xabarnomasi bilan xorijiy investitsiyalarning
turli cheklanishlar bilan
bog„liq 39 ta tarmoqdan iborat 11 ta eksperimental erkin savdo zonalari uchun
alohida ro„yxat (“salbiy ro„yxat”) kuchga kiritildi. Erkin savdo zonalaridagi boshqa
tarmoqlar esa xorijiy investorlar uchun ochiq hisoblanadi.
Kelgusida xorijiy investiyalar uchun milliy darajadagi
iqtisodiyot tarmoqlarini,
jumladan, xizmatlar ko„rsatish, ishlab chiqarish va tog„-kon sanoati sohalarini ochish
ko„zda tutilmoqda.
2017-yil davomida XXRda erkin savdo hududlarini rivojlantirish bo„yicha
quyidagi me‟yoriy hujjatlar qabul qilindi:
1. XXR Davlat Kengashining Xabarnomasi, №23, 30.03.2017 yil – “Xitoy
(Shanxay) eksperimental erkin savdo hududi (ShESH)da ochiqlik va islohotlarning
har tomonlama chuqurlashtirilgan siyosatini nashr etish to„g„risida”.
Mazkur
dasturning
maqsadi
ShESHni
2020-yilga
borib
savdo
va
investitsiyalash, haqqoniy va samarali nazorat tizimi
va qulay biznes muhitining
umumqabul qilingan xalqaro qoidalariga muvofiq keluvchi jahon darajasidagi yuqori
klassli erkin savdo hududiga aylantirish, shuningdek, “Pudin Sintsyu”
tumani va
Shanxay shahrida to„lig„icha keng qamrovli uchish islohotlarini amalga oshirish
tajribasini yoyishdan iborat.
2. XXR Davlat Kengashining Xabarnomasi, №51 05.06.2017 yil – “Erkin savdo
hududlariga xorijiy investitsiyalar kirishini maxsus tartibga solish chora-tadbirlari
(salbiy ro„yxat) nashri to„g„risida” (10.07.2017 yildan kuchga kirgan) – 40 ta faoliyat
turi (oldingi (salbiy ro„yxat) nashrga nisbatan solishtirganda 10 ta faoliyat turi va 27
ta maxsus tartibga solish hisobdan chiqarilgan) 95
ta maxsus tartibga solishni
46
(cheklangan va man etilgan) belgilab beradi.
Man etilgan faoliyat turlari xorijiy investitsiyalar uchun yopilgan. Cheklangan
sohalarda xorijiy investitsiyalar faoliyat olib borishlari uchun ruxsatnoma olish talab
etiladi. “Salbiy ro„yxat”da ko„rsatilmagan faoliyat sohasidagi xorijiy investitsiyalar
xitoylik va xorijiy investorlar tengligi tamoyili asosida erkin
faoliyat olib borishlari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: